5-9- siniflarda o‘tkaziladigan yozma ishlar DTSda ko‘rsatilgan hajmda amalga oshiriladi
Sinfi
Diktant
Insho (matn)
5
85-95
96-120
8-10
11-15
6
95-105
121-130
10-12
16-18
7
105-125
125-130
12-15
19-20
8
125-140
141-160
15-20
21-25
9
140-160
160-180
20-25
26-30
Diktant matnidagi sо‘zlar miqdorini belgilashda undagi barcha sо‘zlar hisobga olinadi. О‘qituvchi diktant mavzui va maqsadini hisobga olib, matndagi sо‘zlar miqdorini sinf о‘quvchilarining umumiy о‘zlashtirish darajasiga qarab orttirishi yoki kamaytirishi mumkin.
Diktantni baholashda quyidagicha mezon belgilanadi: «5» ball: a) mutlaqo xatosiz yozilgan; b) qо‘pol bо‘lmagan bitta imlo yoki bitta ishorat xatosi bо‘lgan diktantga qо‘yiladi.
«4» ball: ikkita imlo va ikkita ishorat xatosi bо‘lgan diktantga qо‘yiladi. Xatolar nisbati о‘zgarishi mumkin, lekin ularning umumiy miqdori tо‘rttadan, imlo xato esa ikkitadan oshmasligi kerak.
«3» ball: tо‘rtta imlo hamda tо‘rtta ishorat xatosi bо‘lgan diktantga qо‘yiladi. Xatolar nisbati 3 imlo, 5 ishorat xato va boshqa kо‘rinishlarda ham bо‘lishi mumkin. Ammo imlo xato miqdori 4 tadan oshmasligi shart.
«2» ball: 7 tagacha imlo va 7 ta ishorat xatosi bо‘lgan diktantga qо‘yiladi.
Xatolar miqdori 15 tadan ortsa, «1» ball qо‘yiladi.
Eslatma: 1. Diktantlardagi xatolar nisbatan turlicha kо‘rinishda bо‘lishiga qaramay, baholashda imlo xatolar miqdori asosiy chegara sanaladi.
Agar diktantdagi tuzatishlar miqdori beshtadan ortiq bо‘lsa, baho bir ballga pasayadi.
Takroriy va tasodifiy xatolar: - tushunmoq, qutulmoq, turg‘unlik, sukunat kabi so‘zlar barcha o‘rinlarda
to‘g‘ri yozilib, bir o‘rinda tushinmoqtarzida ishlatilsa, tasodifiy xato sanaladi;
agar qutulmoq so‘zi besh o‘rinda qutilmoq tarzida qo‘llansa, takroriy xato
hisoblanadi;
- 1441 o‘rnida 1941 yozib qo‘yilsa, tasodifiy xato hisoblanadi.
Takroriy va tasodifiy xatolar yozma ishda tuzatiladi, lekin jiddiy xato hisoblanmaydi. Ya’ni baholash mezoni va me’yoriga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatmaydi.
Yozma ishda xatolarning belgilanishi Umumiy о‘rta ta’lim maktablarida yozma ishni tekshirishda xatolar tagiga chizish hamda daftar hoshiyasiga belgilar chiqarish yо‘li bilan kо‘rsatiladi va hisobga olinadi. Xatolarni kо‘rsatish uchun:
imlo xatosi ostiga ikki chiziq (=)
tinish belgilardagi xato ostiga bir chiziq (-)
uslubiy xato ostiga tо‘lqinli chiziq (~) chiziladi. Daftar hoshiyasiga esa quyidagi shartli belgilar qо‘yiladi:
yozma ishni tekshirishda chiroyli jumla, juda о‘rnida keltirilgan dalil rо‘parasidagi daftar hoshiyasiga qavs ichida undov belgisi (!) qо‘yish bilan tahsin yoki maqtovni; nо‘noq, tushunarsiz, notо‘g‘ri jumlalar, noо‘rin dalillar rо‘parasidagi daftar hoshiyasiga qavs ichida sо‘roq belgisi (?) qо‘yish bilan e’tiroz yoki tushunarsizlikni bildirish mumkin. Ish tekshirib bо‘linganidan keyin xatolar tasniflanib, ularning soni, masalan, imloviy - 2 ta, ishoraviy - 3 ta, uslubiy -1 ta kabi kо‘rsatilishi mumkin.