Adabiyotlar: O.Madayev, A.Sobirov, Z.Xolmanova, Sh.Toshmirzayeva, G.Ziyodullayeva, M.Shamsiyeva. Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant. -Toshkent “Turon zamin ziyo”, 2017.
G‘ulomov A., Qodirov M. Ona tili o‘qitish mеtodikasi. – T: Fan va texnologiyalar, 2012.
Kompetensiyaga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi: Ona tili, adabiyot, o‘zbek tili (5-9 sinflar). Toshkent. 2016.
To‘xliyеv B., Shamsiyеva M., Ziyodova T. O‘zbеk tili o‘qitish mеtodikasi. – T.: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi. 2010.
25-Mavzu:Yozma ish darslarini loyihalashtirish.O‘quvchilarning og‘zaki, yozma va bog‘lanishli nutqini o‘stirish mazmuni
I bosqich.Talabalar 6 ta kichik guruhlarga bo‘linadi va har bir guruhga quyidagi savollar tarqatiladi:
1-variant. Yozma ishlarni o‘tkazishda fonetika bo‘limi bilan aloqadorlik haqida qanday fikrdasiz?
2-variant. Yozma ishlarni o‘tkazishda morfologiya bo‘limi bilan aloqadorlik haqida nimalarni bilasiz?
3-variant. Yozma ishlarni o‘tkazishda sintaksis va punktuatsiya bo‘limlari bilan aloqadorlik haqida qanday fikrdasiz?
4-variant. Yozma ishlarni o‘tkazishda morfemika bo‘limi bilan aloqadorlik haqida gapiring.
5-variant. Yozma ishlarni o‘tkazishda uslubiyat bilan aloqadorlik haqida qanday fikrdasiz?
6-variant. Yozma ishlarni o‘tkazishda leksikologiya bo‘limi bilan aloqadorlikni sharhlang.
II bosqich. Har bir guruh a’zosi yozma ishlarni tilshunoslik bo‘limlari bilan bog‘lab o‘rgatishga oid Klaster chizmasini tayyorlaydi. Namuna:
III bosqich. Guruh a’zolari quyidagi topshiriqlarni bajarishadi: 1-topshiriq. Matnni o‘qing. Tinish belgilarining yozuvdagi o‘rni haqida fikr yuriting.
Bir kuni gazeta muharrirlaridan biri havaskor shoirdan xat oldi. Shoir o‘ta mazmunsiz she’r yozib, tagiga xat ham ilova qilib qo‘ygan ekan:
— Tinish belgilarini qo‘ymadim, uzr, o‘zingiz qo‘yib olarsiz. Fig‘oni falakka chiqqan muharrir darhol havaskor shoirga javob xati yo‘lladi:
— Kelgusi safar tinish belgilarining o‘zini qo‘yib yuboravering, so‘zlarini o‘zim topib qo‘yarman.