Vi semestr uchun o’quv materiallari 1-Mavzu: Diktant va uning turlari



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə89/98
tarix05.10.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#152405
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   98
yozma ishlar

2-topshiriq. Yozma ishlarni punktuatsiya bilan bog‘liqligini ifodalovchi slayd tayyorlang.

Eslatma! Tinish belgilari mavzusi o‘rta umumta’lim maktablarining 5-,8-, 9-sinflarida sintaksis bo‘limi mavzulari bilan bog‘lab o‘rgatiladi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 1-bosqichida tinish belgilari, ularning tarixi, ishlatilishi haqida batafsil (5 soat) ma’lumotlar beriladi.
Punktuatsiya o‘qitishda diktant o‘tkazish orqali o‘quvchilarning xatosiz yozish malakasini takomillashtirish o‘z ahamiyati bilan ajralib turadi. Bu usul orqali tinish belgilarining qo‘yilishi intonatsiya, pauza, logik urg‘uga ham bog‘liq ekanligini yanada puxta o‘zlashtirib oladilar.
O‘quvchilarning yozma ishlarida uchraydigan punktuatsion xatolarning quyidagi tiplari uchraydi: 1) kerakli tinish belgisini qo‘ymaslik; 2) tinish belgisini ortiqcha qo‘llash; 3) tinish belgilarini qorishtirish: birining o‘rniga boshqasini qo‘llash; 4) belgilardan birini tushirib qoldirish; 5) tinish belgilarini ishlatishda izchillikning yo‘qligi. Masalan, ayni bir xil konstruksiyada bir safar tinish belgisini qo‘yib (Unga ayting: biz do‘stlikni qadrlaymiz), ikkinchi safar xuddi shunday tipdagi gaplarda boshq tinish belgisini qo‘yish (xalqqa ayting, men aslo o‘lganim yo‘q, Yov qo‘liga taslim ham bo‘lganim yo‘q).
O‘quvchilarning punktuatsion xatolarini tahlil qilishni quyidagicha tashkil etish mumkin:

  1. u yoki bu punktuatsion qoida yuzasidan xatoga yo‘l qo‘yilgan o‘quvchilardan birirtasi doskaga chaqirtiriladi va o‘sha gapni ifodali o‘qish talab qilinadim so‘ng bu gap diktovka bilan yozdiriladi, o‘quvchi ma’lum bir tinish belgisini ishlatishda nima uchun xato qilgani, xatoning sababi izohlanadi;

  2. yuqorida ko‘rsatilgan punktuatsion qoidaga mos keladigan misol topib, uni har bir o‘quvchi o‘z daftariga ovoz chiqarmasdan, diktovkasiz yozadi. Undan so‘ng o‘qituvchi rahbarligida bu gaplardan ba’zilari tekshirib ko‘riladi;

  3. o‘quvchiga nazorat ishi vaqtida xato qilgan punktuatsion qoida eslatiladi, undan so‘ng bu qoidaga amal qilib, o‘quvchi o‘z xatosini to‘g‘rilaydi;

  4. nazorat ishi paytida ko‘proq xato qilgan o‘quvchilarga individual topshiriq, qolgan o‘quvchilarga, nazorat ishidagi punktuatsion xatolarning umumiy xarateriga qarab, uy vazifasi topshiriladi.


Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin