Vii bob. Tashqi siyosatning konstitutsiyaviy asoslari l-§. Tashqi s iy o s a t yuritish davlatn in g muhim va zifa si


-§. Fuqarolarning huquqlarini himoya qilish



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/13
tarix28.11.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#168282
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
9bqW0oZeB8akWUt4FUsZTmYD6yJtkXyew5ttwpcn

5-§. Fuqarolarning huquqlarini himoya qilish
S h axs fuqaro bo'lgach, fuqaro va davlat o'rtasida m a ’lum mu­
nosabatlar orqali uzviy bog'lanish vujudga keladi. Bu bog'liqlik 
o'zaro huquq va majburiyatlar orqali m u sta h k am lan ad i.
Fuqaroning davlat oldidagi majburiyatlari u n in g Konstitutsiya 
va qonunlarda belgilangan burchlari orqali am alg a oshirilsa, o'z 
navbatida, davlatning fuqaro oldidagi majburiyatlari ham Konsti- 
tutsiyada belgilangan m a s ’uliyati orqali am alga oshiriladi.
D av latn ing fuqaro oldidagi m a s ’ulligi konstitutsiyaviy tuzum 
prinsiplari darajasiga ko'tarilganligi (2-modda) m a m lak a t ichkari- 
sida ham, tashqarida ham davlat faoliyatini fuqarolarning huquqla­
rini, m anfaatini him oyalashga yo'naltirishga asos bo'ladi.
K onstitutsiyaning 22-moddasida bu m asalani qonuniy ifodasi 
o'z o'rnini topgan. Unga asosan, “O 'zbekiston Respublikasi o'z 
hududida ham, u n in g tashqarisida ham o'z fuqarolarini huquqiy 
himoya qilish va ularga homiylik ko'rsatishni kafolatlaydi”.
Fuqarolarni m am lakat hududida himoya qilish turli vositalar 
orqali am a lg a oshiriladi. Bular:
- fuqarolar huquq va erkinliklarining Konstitutsiya va qonun- 
larda belgilab qo'yilishi;
- fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ta ’minlovchi, buzilgan 
huquqlarni tiklovchi davlat org an lar tizim ining o'rnatilishi;
138
www.ziyouz.com kutubxonasi



fuqarolarning huquqlarini himoya qiluvchi nodavlat tuzilma- 
lari faoliyatiga ko'maklashish.
Avval aytilganidek, fuqarolar huquqlarini ta ’minlashda sud 
organlarining faoliyati alohidadir. “Sudlar to‘g ‘risida”gi Qonunda 
sudlarning asosiy vazifasi fuqarolar huquqlarini himoya qilish deb 
ko'rsatilgan. Boshqa davlat organlarining faoliyatiga tegishli qo- 
nunlarda ham fuqarolarning huquqlari, xavfsizligini ta ’minlash 
vazifasi mavjudligini ko‘ramiz.
K onstitutsiyaning 100-moddasida, mahalliy hokimiyat organ- 
lari ixtiyoriga kiritilgan vazifalar qatorida, fuqarolarning xavfsiz­
ligini t a ’m inlash ko‘rsatilgan, bu “Mahalliy davlat hokimiyati 
to‘g ‘risida”gi Q on u n d a yanada kengroq ifodalangan. 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi, Adliya 
vazirligi tarkibida inson huquqlarini himoya qiluvchi maxsus tuzil- 
malar tashkil qilingan va ular samarali faoliyat ko'rsatmoqda.
2011-yil 23-avgustdagi “O'zbekiston Respublikasi Adliya va­
zirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g ‘ri- 
sida”gi O 'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorida norma ijod- 
korligi va huquqni qo'llash amaliyoti sohasida fuqarolarning kons­
titutsiyaviy huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, Adliya 
vazirligining asosiy vazifalaridan qilib belgilandi.
O 'zbekistonda fuqarolar huquqlarini himoya qiluvchi milliy 
institutlar tizimi yaratilgan. Oliy Majlisning inson huquqlari bo'yi- 
cha vakili (O m budsm an) va Inson huquqlari bo'yicha О zbekiston 
Respublikasi milliy markazi inson huquqlarini himoya qilishda 
muhim rol o'ynovchi milliy institutlardandir.
O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari, manfaatlari 
nafaqat m am lakat ichkarisida, balki, boshqa mamlakatlar hudu- 
dida ham davlat tomonidan himoya qilinadi. Bu vazifani bevosita 
0 ‘zbekistonning chet mamlakatlardagi diplomatik va konsullik 
idoralari bajaradi. O'zbekiston fuqarolari chet ellarda surishtiruv, 
tergov, sud organlari tomonidan javobgarlikka tortilsa, davlat ular­
ni huquqiy himoya qilish, advokatlar bilan ta ’minlash choralarini 
ko'rish mumkin.

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin