265 UZBEKISTAN | www.caajsr.uz organizmlarning individual va tarixiy rivojlanishining hozirgi mazmunining ta'limi
biologiya tanishtirish, asosiy bosqichlarini asosiy bosqichlarini tanishtirish, biologiya
ta'lim mazmunining hozirgi ijtimoiy hayot va fan texnika yutuqlari bilan bog'lanishini
ta'minlash, o'quvchilar o'zlari va o'zgalarning salomatliklarini saqlashi, sog'lom turmush
tarzigi rioya qilishga yo'naltirish, tabiat va uning barcha boyliklariga oqilona
munosabatda bo'lish fazilatlarini yosh avlod ongiga singdirish, biologik bilimlar
zaminida mahalliy o'simlik va hayvon turlari, seleksiya yutuqlari, qadmda yashab ijo
qilgan buyuk allomalari va innavatsion yondashish faol va interfaol metodlarga hamda
fanlararo bog'lanishlarga tayangan holda zamonaviy pedagogik va axborot
texnologiyalardan keng foydalanish o'quvchi shaxsiga yo'naltirilganiga alohida e'tibor
qaratiladi. Ayniqsa, tabiiy fanlardagi uzviy bog'liqlik masalasi o'qituvining oldiga juda
katta mas'uliyat yuklaydi. Chunki biologiya fani o'qituvchisi o'tayotgan mavzu kimyo
bilan bog'liq bo'lsa, o'qituvchidan kimyo faniga bog'lab tushintirishni talab etadi. Biz
farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma'naviy sog'lom o'sishi, balki ularning eng
zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo'lgan, uyg'un rivojlangan insonlar bo'lib, XXI
asr talablariga to'liq javob beradigan barkamol avlod bo'lib etishi uchun barcha
imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz. Shu
maqsadda ta'limning samaradorligini oshirish, shaxsning ta'lim markazida bo'lishi va
yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta'minlash uchun ta'lim muassasalariga yaxshi
tayyorgarlik ko'rgan va o'z sohasidagi bilimlarni mustahkam egallashdan tashqari,
zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol usullar, ulardan o'quv va tarbiyaviy
mashg'ulotlarni tashkil etishda foydalanish qoidalarini biladigan o'qituvchilar kerak.
Buning uchun barcha fan o'qituvchilarini yangi pedagogik texnologiyalar va interfaol
usullar bilan qurollantirish va ular egallagan bilimlarni o'quv-tarbiyaviy mashg'ulotlarda
qo'llash malakalarini uzluksiz oshirib borishlari lozim. Mamlakatimizda biologik
ta'limning uzluksizligini ta'minlash va uni chuqur o'zlashtirish uchun o'qitish jarayonida
o'qituvchi ayrim muammolarga duch kelishi muqarrar.
1. Barcha o'quvchilarni dars jarayoniga to'la jalb qilish muammosi, chunki
o'quvchilar darsda to'la qatnashishlari mumkin, ammo darsda barcha o'quvchilar
tushuna olayotganligini hech kim to'la kafolatlay olmaydi, mana shu joyda
o'qituvchining darsda qanday pedagogik texnologiyalardan foydalanishi asosiy
ahamiyat kasb etadi.
2. Darsda o'quvchi tushungandek bo'lishi, o'qituvchi savoliga javob berishligi
mumkin, lekin ayrim biologik jarayonlarni tushunib tasavvur qilish, hayoti mobaynida
duch kelganida bu bilimlardan qay darajada foydalana olish malakalariga ega
bo'layotganligi o'qituvchi uchun ham mavhum bo'lib qoladi. Bunday muammoni hal
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2