266 UZBEKISTAN | www.caajsr.uz qilishda sinfdan tashqari ishlar, to'garak mashg'ulotlari masala va misollar ishlashning
ahamiyati katta hisoblanadi.
Interfaol usullardan dars jarayonida foydalanilganda barcha ishtirokchilar
faollashuvi kuzatiladi. Bunda o'quvchilar o'zaro fikr almashib, hamkorlikda ishlaydilar.
Passiv usul ,Faol usul, Interfaol usul Subekt-obekt, ya'ni o'qituvchi gapiradi tushuntiradi, o'quvchi tinglaydi, so'rasa
javob beradi Subekt- subekt O'qituvchi boshqaradi O'qituvchi savol beradi, o'quvchilar
individual javob beradi. (Berilgan ma'lumotlar bo'yicha) Subekt- subekt munosabat.
O'qituvchi tashkil etadi, Boshqaradi. Berilgan savol va topshiriqlar bo'yicha
o'quvchilar birgalikda, mustaqil ishlaydi, fikrlarini jamlaydi, bayon qiladi, himoya
qiladi. O'zaro birgalikda ishlaydi. Qiziqishlari ortadi. Ta'lim jarayonida qo'llanilishiga
ko'ra, interfaol usullar bir qancha afzalliklargava kamchiliklarga ega. Mazkur
kamchiliklarni bartaraf etish uchun qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishini talab
etadi. Jumladan:
• Eng muhimi, o'qituvchi o'z ustida tinimsiz ish olib borib, mutaxassisligi bo'yicha
ilmiy yangiliklardan boxabar bo'lishi bilan bir qatorda kasbiy mahoratini doimiy oshirib
borishi;
• Vaqtdan samarali foydalanish uchun ko'rgazmalardan, xususan, zamonaviy
pedagogik va axborot texnologiyalarni ta'lim tizimiga qo'llashi;
• Nazoratni to'laligini ta'minlash uchun dars jarayonida hamkorlik
texnologiyasining kichik guruharda o'qitish va komandada o'qitish usullaridan
foydalanish, o'z-o'zini va o'zaro nazoratni yo'lga qo'yish lozim;
Interfaol usullardan foydalanishdagi kamchiliklarni bartaraf etishda yuqorida qayd
etilgan tavsiyalardan foydalanilsa biologiya ta'limining samaradorligi ortib, yosh
avlodni biologik bilimlarni o'zlashtirishida va ularni komil inson sifatida kamol
topishida muhim ahamiyat kasb etadi. Amaliy metodlar guruhiga kuzatish, tajribani
tashkil etish va o‘tkazish, amaliy ishni bajarish metodlari kirib, ular mos holda,
obyektlarni tanib olish va aniqlash, kuzatish va tajribalar o‘tkazish, o‘quvchilarga
amaliy ishning borishini bayon qilish, amaliy ishlarni bajarish rejasini tuzish, amaliy ish
topshiriqlarini bajarilishini nazorat qilish, topshiriqlarni bajarish natijalarini tahlil qilish,
o‘z-o‘zini nazorat qilish, amaliy ish, kuzatish va tajribalarni yakunlash va
rasmiylashtirish uslublaridan iborat bo‘ladi. Muammoli izlanish metodlari muammoli
vaziyatlarni yaratish, muammoli savollar zanjirini tuzish, muammoli topshiriqlar tuzish
va tajribalar o‘tkazish, muammoli vaziyatlarni hal etish yuzasidan o‘quv farazlarini
hosil qilish, o‘quv farazlarini isbotlash, obyektlarni taqqoslash, mantiqiy mulohaza
yuritish, o‘quv-tadqiqot tajribalarini o‘tkazish, o‘quv xulosalari va umumlashmalarini
ta’riflash uslublarini o‘z ichiga oladi.
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2