“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-7, Issue-1, April - 2022 615 birga esa barcha zararli moddalar ham organizmdan tashqariga chiqariladi. Agar suv
kam ichilsa, u holda buyraklar uni tejashiga va organizmda ushlab turishiga to‘g‘ri
keladi. Bunday holatlarda kamroq peshob hosil bo‘ladi, bu esa buyraklar faoliyatiga
salbiy ta'sir ko‘rsatadi.
Qon Qonga tushuvchi barcha zararli moddalar limfani "utilizatsiya" qiladi. Limfa
o‘lik hujayralar va boshqa chiqindilarni to‘playdi, ularni limfa to‘qimalariga
yetkazadi, bu yerda esa ular filtrlanadi, keyin esa qayta ishlash uchun jigar va
buyraklarga yo‘llanadi. Normal suv balansi limfaga bunday mas'uliyatli ishning
uddasidan chiqishga yordam beradi.
Bo‘g‘inlar Artrit ko‘pchilikka azob beradi, biroq bu kasallikning ko‘p holatlarda
organizmning surunkali suvsizlanishi natijasida kelib chiqishini hamma ham
bilmaydi. Organizmga surunkali ravishda suv yetishmasa, bo‘g‘inlar jiddiy zarar
ko‘radi va bu artritga olib keladi.
Badantarbiya qilish Badantarbiya bilan shug‘ullanayotgan paytda yetarlicha suv iste'mol qilmaslik
yaxshi emas. Zero buning natijasida inson tez charchab qoladi, harakatlar
koordinatsiyasi buziladi va hatto mushaklar konvulsiyalari yuzaga kelishi mumkin.
Nima uchun bunday bo‘ladi? Inson faol harakatlangan vaqtida ko‘proq terlaydi -
undagi qon miqdori kamayadi. Agar suyuqlik yetishmovchiligi to‘ldirilmasa, yurak
faoliyatida buzilish kuzatiladi. Shu bois organizm suvsizlanishining oldini olish
uchun jismoniy mashqlarga kirishishdan avval, shug‘ullanish davomida va undan
keyin suv ichish kerak bo‘ladi.
Suvning yetarlicha iste'mol qilinmasligi organizmning suvsizlanishiga olib
keladi. Suvsizlangan organizm organlarni zararli moddalardan to‘liq tozalay
olmaydi, ular qonga kelib tushadi va bu so‘zsiz terining holatida o‘z aksini topadi.
Teri rangpar, dag‘al tus olib, unda husnbuzarlar paydo bo‘ladi, son va dumba
sohalarida esa tsellyulit paydo bo‘lib, tovon va tirsaklar terisining qurishi kuzatiladi.