Volume-7, Issue-1, April 2022 614 ichimlik suvning inson hayotidagi ahamiyati



Yüklə 41,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix07.01.2024
ölçüsü41,2 Kb.
#202638
1   2   3   4   5
614-617 (1)

Suvsizlanish belgilari: 
charchoq, bosh va mushaklardagi og‘riqlar, og‘iz va 
ko‘z qurishi, issiq havoni ko‘tara olmaslik, peshob rangining to‘q tus olishi. 
Xo‘sh, inson qancha suv ichishi kerak? Semizlikni davolash bilan 
shug‘ullanuvchi mutaxassislarning ta'kidlashicha, sog‘lom inson kuniga kamida 8-
10 stakan suv ichishi kerak. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish yoki issiq 
haroratda bundan-da ko‘p suv ichish tavsiya etiladi. Ortiqcha vaznga ega inson esa 
har ortiqcha 10 kilogramm uchun qo‘shimcha 1 stakandan suv ichishi kerak bo‘ladi. 
Shuni yodda tutish lozimki, kuchli chanqoq organizmning suvsizlanishidan dalolat 
beradi, shuning uchun faqatgina chanqoqni his qilganda emas, muntazam ravishda 
suv ichish zarur. 
Bolalar qancha suv ichishi kerak? Germaniyadagi Bolalar oziqlanishini 
o‘rganuvchi ilmiy-tadqiqot instituti izlanishlari natijasida ma'lum bo‘lishicha, 1 
yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar kam suyuqlik ichishar ekan. Bola bu yoshda 
deyarli 1 litr suyuqlik ichishi kerak, bu taom bilan iste'mol qilinadigan suyuqlikdan 
tashqari. Biroq bolalar bundan kam suv ichishar ekan. Bolalar ichishi uchun eng 
optimal suyuqlik - bu toza ichimlik suvi.
Suvning o‘rnini ichimliklar bilan to‘ldirish mumkinmi? Suvga aralashtirilgan 
mevali va sabzavotli sharbatlar organizmning suyuqlikka bo‘lgan talabini qondiradi, 
biroq ularda kaloriyalar mavjud. Sut va shakarli ichimliklarni o‘zlashtirish uchun 


“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 

Volume-7, Issue-1, April - 2022
 
617 
esa organizmga oddiy suv kerak bo‘ladi. Choy, qahva va alkogol yengil peshob 
haydovchi ta'sirga ega, shuning uchun ulardan keyin suyuqlik o‘rnini to‘ldirish 
uchun organizmga suv kerak bo‘ladi. Suvdek qadrli suyuqlik o‘rnini hech nima bosa 
olmaydi! 

Yüklə 41,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin