Vositalari



Yüklə 193,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix15.06.2023
ölçüsü193,58 Kb.
#130595
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Vt916MTYscZ31W81F487CVjnx6q5OYe1BeSO6wYn

O‘zlashtirish darajalari 
O‘zlashtirishning uchta darajasini ajratish mumkin. 
1-daraja – bilish va tushunish (tanib olish faoliyati). O‘quvchilar uni 
ob’ektlar, jarayonlar yoki harakatlar haqida ilgari o‘zlashtirilgan ma’lumotlarni 
qayta idrok etgandagina amalga oshirishi mumkin. 
2-daraja – qo‘llash (algoritm). Ilgari o‘rganilgan, reproduktiv, algoritmik 
harakatlarni qo‘llash. O‘quvchilar mazkur amalni bajarish bo‘yicha oldin 
o‘zlashtirgan ma’lumotlari asosida mustaqil ravishda uni qayta bajara oladilar. 
3-daraja – mulohaza yuritish (ijodiy). Nostandart muammolarni hal 
qilish uchun ilgari olingan bilim va ko‘nikmalarni qo‘llash. Bu fikrlash 
uchun samarali harakatdir. Bu jarayon natijasida o‘quvchilar sub’ektiv (faqat 
o‘zlari uchun) yangi ma’lumotlarni o‘zlashtirishadi, ya’ni evristik faoliyatni 
amalga oshirishadi. Shuningdek, ular yangi ma’lumotlarni o‘zlashtirishadi. Bunda 
ular tadqiqotchilik faoliyatini amalga oshirib, o‘zlariga ma’lum bo‘lgan sohada 
"qoidalarsiz" harakat qilib, yangi boshqa qoidalarni yaratishadi.
Maqsadni belgilash faoliyati jarayonida o‘qituvchi ushbu darsning 
o‘rganish ob’ekti bo‘lgan mazmun elementlarini aniqlaydi; har bir element uchun 
standart talablari, vaqt miqdori, o‘quvchilarning xususiyatlarini hisobga olgan 
holda uni o‘zlashtirish darajasi va aniqlashtirilgan maqsadlarni belgilaydi; o‘quv 
maqsadlarni shakllantiradi va ularga erishish uchun zarur bo‘lgan harakat usullari 
va shakllarini tanlaydi. 
Baholashning o‘quv maqsadlariga muvofiqligi 
Ta’lim natijalarini tekshirish va baholash o‘quv maqsadlariga yo‘naltirilgan 
bo‘lishi kerak. Pedagogik amaliyotda baholashning o‘quv maqsadlariga muvofiq 
kelmaslik 
holatlari 
keng 
tarqalgan. Masalan, 
ta’lim 
standartiga 
muvofiq mazmunnning qaysidir elementi qo‘llash (algoritmik) darajasida 
o‘zlashtirilishi kerak. Lekin, baholash topshiriqlari berilgan javoblardan to‘g‘risini 
tanlash testlaridan iborat bo‘lib, u faqat bilish va tushunish darajasini tekshirayapti.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, baholash mezonlari aynan ta’lim 
standartlari talablarining zarrachalaridan iborat bo‘lgan o‘quv maqsadlaridan kelib 


chiqib tuzilishi, baholash topshiriqlari esa maqsadga erishganlikni aniqlaydigan 
bo‘lishi lozim.

Yüklə 193,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin