bosqichli nazorat materiallariga o‘zgartirishlar kiritishi va ularni uslubiy
birlashmalar muhokamasidan o‘tkazib, joriy etishlari mumkin;
yakuniy nazorat – o‘qish tugallangandan
keyin davlat attestatsiyasi
shaklida o‘tkaziladi.
O‘quvchilarning bilim saviyasini baholash va yakuniy reyting
ko‘rsatkichlarini aniqlashning amaldagi qoidalari
Baholash tizimida o‘quvchining har bir fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi
ballar orqali ifodalanadi.
Har bir nazorat turi qanday shaklda o‘tkazilishidan qat’i nazar, besh (5)
ballik (“5”, “4”, “3”, “2”, “1”) usulda butun sonlar yordamida baholanadi.
O‘quvchilarning har bir nazorat turi bo‘yicha bilimini baholash va reyting
ko‘rsatkichini aniqlash ularning o‘quv fani mavzusi bo‘yicha
tasavvurga ega
bo‘lishi, mavzuning mohiyatini tushunib yetishi va aytib bera olishi, olgan
bilimlarini amalda qo‘llay olishi, mustaqil
mushohada yurita olishi, ijodiy fikrlay
olishi va xulosa qabul qila olishi, masalalar hamda mustaqil ishlarni bajarishi kabi
mezonlarga qarab amalga oshiriladi.
Haftasiga 1 soatdan ortiq o‘qitiladigan o‘quv fanlari bo‘yicha:
chorak davomida joriy va oraliq nazoratlarda olingan ballar asosida
choraklik baho;
choraklik baholar va bosqichli nazoratda olingan
ball asosida yillik baho
aniqlanadi.
Bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan o‘quv fanlari bo‘yicha yillik baholar
choraklik baholarga qarab belgilanadi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun choraklik (yarim
yillik) baholar asosida yillik baho, shuningdek yakuniy
nazoratda olingan ball va
yillik baho asosida yakuniy baho aniqlanadi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi belgilanmagan o‘quv fanlari bo‘yicha yillik
baho yakuniy baho hisoblanadi. Yakuniy baholar bitiruvchiga beriladigan umumiy
o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaga qayd etiladi.
Baholash o‘quvchini sinfdan-sinfga o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.
O‘quvchini keyingi sinfga o‘tkazish ijobiy baho olgan taqdirda amalga
oshiriladi. Maktab pedagogika kengashi qarori bilan o‘quvchilar qoniqarsiz baholar
bilan sinfdan-sinfga o‘tkazilishi mumkin.
O‘quvchilarning o‘quv yili davomida nazorat turlari bo‘yicha olgan ballari
hamda yillik (yakuniy) baholari asosida har bir o‘quv
fanidan yillik reyting
ko‘rsatkichi aniqlanadi:
Bunda o‘quvchining yillik (yakuniy) bahosi:
“5” bo‘lganda – 86, 90, 95 va 100 reyting ko‘rsatkich ballaridan biri;
“4” bo‘lganda – 71, 75, 80 va 85 reyting ko‘rsatkich ballaridan biri;
“3” bo‘lganda – 56, 60, 65 va 70 reyting ko‘rsatkich ballaridan biri
qo‘yiladi.
Yillik reyting ko‘rsatkich ballari yuqorida qayd etilgan ballardan iborat
bo‘lib, uni belgilashda boshqa
raqamlardan foydalanilmaydi, minimal 55 ball
bundan mustasno.
Agar o‘qituvchi o‘quvchining yillik reyting ko‘rsatkich balini 56 balldan
kamligini e’tirof etsa, u holda o‘quvchining yillik reyting bali minimal 55 ball etib
belgilanadi.
O‘quvchining yillik reyting ko‘rsatkich ballarini aniqlash usuli o‘quv fani
xususiyatidan kelib chiqqan holda o‘qituvchi tomonidan belgilanadi.
O‘quvchilarning nazorat turlari bo‘yicha olgan ballari hamda choraklik
(yarim yillik) va yillik (yakuniy)
baholari, shuningdek, yillik reyting ko‘rsatkich
ballari sinf jurnaliga qayd etiladi.
O‘quvchining choraklik (yarim yillik), yillik (yakuniy) baholari va yillik
reyting ko‘rsatkich ballari uning tabelida qayd etiladi.
Dostları ilə paylaş: