v) o‘quvchilarning
bilimlari, ko‘nikma va kompetensiyalarini
baholashda
haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholash tamoyillariga rioya etilishini
ta’minlash;
g) o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarning shakllanishini
muntazam ravishda tahlil qilib borish;
d) o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va kompetensiya darajalarini
taqqoslash va ta’lim jarayonida o‘zaro musobaqa muhitini yaratish;
e) o‘quvchilarni ta’limning keyingi bosqichiga tayyorlash,
kasb tanlashga
yo‘llash ishlarini mukammallashtirish;
j) o‘quvchilar bilimlari, ko‘nikma va kompetensiyalarni shakllanishida
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bo‘shliqlarning
oldini olish, ularni aniqlash va
bosqichma-bosqich bartaraf etilishini amalga oshirish;
z) o‘quvchining to‘laqonli bilim olishi uchun unga eng maqbul pedagogik,
didaktik, psixologik sharoitni yaratish;
i) o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarning mustahkamlab
borilishini ta’minlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlash, ruhlantirish va
ilhomlantirish.
Baholash tizimining amaldagi nazorat turlari
O‘quvchilarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim
standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o‘tkazish
nazarda tutiladi:
joriy nazorat – so‘rovlar, nazorat ishlari
yoki testlar tarzida
o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va kompetensiyalari muntazam nazorat
qilinadi;
oraliq nazorat – chorak tamom bo‘lganda va o‘quv
dasturining tegishli
bo‘limi
tugallangandan
keyin
o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va
kompetensiyalarini baholash uchun amalga oshiriladi. U yozma nazorat ishi yoki
testlar shaklida o‘tkaziladi. Ushbu nazoratda foydalaniladigan materiallar o‘quv
fani o‘qituvchisi tomonidan tayyorlanadi.
Oraliq nazoratda nazorat ishlarining miqdori va mavzulari o‘quv dasturiga
asoslangan mavzuiy rejada belgilanadi hamda muddati va shakli ko‘rsatiladi;
Dostları ilə paylaş: