146
ne’matki, ajdodlar tomonidan yaratilgan madaniy-ma’naviy merosga
xalq milliy ruhiyati orqali nazar tashlashga,
uning sarchashmalarini
qalban his qila bilish, xalqona milliy va diniy e’tiqodlarga chuqur
ehtirom ila qarash imkoniyatini yaratib berdi.
Milliy istiqlolning mohiyatiga tushunib yetilgan taqdirdagina
kishilarda chin vatanparvarlik hissi uyg‘onadi, nafaqat o‘tmish ma-
daniy merosini,
balki zamonaviy, qolaversa, xalqning kelajak ma-
daniyati va ma’naviyati masalalarini ham chuqurroq anglab yetish
hissi paydo bo‘ladi. Milliy istiqlol shunday qudratli kuchga egaki, o‘z
millati,
xalqi va elatining taqdiri, madaniyati va milliy qadriyatlari
uchun kurash har bir fuqaroning insoniy e’tiqodiga aylandi. O‘z
navbatida, milliy madaniyatning taraqqiyoti har bir insonning
zamonaviy taraqqiyot oqimiga qo‘shilib ketishiga yordam berdi.
Dostları ilə paylaş: