160
madaniyatning eng nozik va murakkab masalasidir. Hozirgi davrda
dinimizga aynan madaniyat yetishmayapti. Islom dini sobiq sho‘rolar
davrida taqiqlangani uchun mustaqillik sharoitida uning tiklanishiga
keng imkoniyatlar yaratib berildi. Atomdan atomelektrostansiyasi va
atom bombasi tayyorlash mumkin. Dinni niqob qilib, vatanimizga
nur emas, yovuzlik-terrorchilik olib keladiganlar paydo bo‘ldi.
Bu kasallikning oldini olish uchun unga qarshi immunitet hosil
qilish lozim bo‘lmoqda. Birinchi Prezidentimiz aytganidek, “Biz
farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota-bobola-
rimizning muqaddas diniga sog‘lom munosabatni qaror toptirishimiz,
...ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur. Ana
shunda johil aqidaparastlarning “da’vati” ham, axloqni rad etadigan,
biz uchun mutlaqo begona g‘oyalar ham ularga ta’sirini o‘tkaza
olmaydi”.
Milliy g‘oyaning shakllanishi va taraqqiy etishi, eng avvalo, ma-
daniy-ma’rifiy xodimlarga, ziyolilar, jumladan, olimlar, yozuvchilar,
san’atkorlar, ijodkorlar, tarbiyachilar, ma’rifatchilar (professor-
o‘qituvchilar) kabilarga bog‘liq. Ular chin ko‘ngildan, faol mehnat
qilishsa, jamiyatda ezgulik g‘oyalari g‘alaba qozonadi. Bu ishda har
kimning o‘z vazifasi bor. Agar olimlar milliy g‘oyani shakllantirish
bo‘yicha tadqiqotlar, yozuvchilar millatni birlashtiruvchi g‘oyalarni
tarannum etuvchi badiiy asarlar, san’atkorlar ezgulikka, milliy
taraqqiyotga xizmat qiluvchi ijod mahsullarini yaratishsa, madaniyat
xodimlari, jumladan, kutubxonachilar, muzey, klub va istirohat bog‘i
xodimlari joylarda milliy mafkura targ‘iboti, maktab o‘qituvchilari
o‘quvchilar ongi va qalbiga insonparvarlik va millatparvarlik g‘oya
va tuyg‘ularini singdirish bilan faol shug‘ullanishsa, tabiiy tarzda
jamiyat olg‘a dadil qadam tashlaydi. O‘z moddiy muammolari bilan
band bo‘lib qolgan ziyolilar ma’naviy sohada, jumladan, milliy
g‘oya va mafkurani yaratish va targ‘ib qilishda yaxshi natijalarga
erisha olmay qoladilar. Ma’naviyatsiz, milliy g‘oya, mafkurasiz esa
jamiyat olg‘a siljiy olmaydi. Jamiyatni ezgu maqsadga yetaklovchi
milliy g‘oyani shakllantirish va rivojlantirish ziyolilarning muhim
vazifasi ekan, davlat ularning faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlab turishi,
ularga moddiy va ma’naviy sharoitlar, qulayliklar yaratmog‘i katta
ahamiyatga ega.
Xullas, milliy g‘oya va mafkuraga tayangan o‘zbek madaniyati
145
bo‘rttirib tasvirlashga qaratildi.
Millat, xalq va Vatan tarixini yoritib beruvchi asarlarning mual-
liflariga “o‘tmishni qo‘msovchi, “o‘tmishni ideallashtiruvchi” kabi
ayblar qo‘yildi. Yozilgan asarlar partiya organlari senzurasi tomo-
nidan qattiq tekshirilar va rahbariyatga yoqmagan “zararli ele-
mentlar” uchun ijodiy organlar va mualliflar badnom qilinar edi.
Dostları ilə paylaş: