Sakkizinchi davr – XIX oxiri va XX asr Turkistonning Rossiya
davlati tomonidan mustamlakaga aylantirilgan va totalitar davlat
davri madaniyati va san’ati
XIX asr keyingi asr estetika va san’atini tubdan o‘zgarishiga
zamin yaratdi. XX asr san’ati umumiy ko‘p asrlik O‘zbekiston
madaniyati va san’ati tarixining uzviy bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi.
Ayni vaqtda bu davr badiiy madaniyati oldingi bosqichlar san’atidan
keskin farq qiladi. Teatr, rangtasvir, haykaltaroshlik, opera va balet,
simfonik musiqa va kompozitorlik, kinematografiya va televideniye
singari san’atning yangi noan’anaviy Yevropacha shakllari yuzaga
keladi va rivojlanadi. O‘tgan asrda O‘zbekistondagi badiiy ja-
rayon murakkab va xilma-xil bo‘lib, ichki jo‘shqinlikka, davriy xu-
susiyatlarga boy edi.
Bir tomondan bu vaqtda shafqatsiz stalincha qatag‘onlar, sotsia-
listik realizm aqidalarining singdirilishida qoralangan siyosatning
san’atga keskin salbiy ta’siri kuzatiladi. Milliy-tarixiy o‘z-o‘zini
ang lashning tabiiy ko‘rinishlari bilan kurash davom etadi, unga
hoki miyat o‘tmishni adovatli ilohiylashtirish deb qaradi. Shu bilan
birga chindanam mashhur me’morlarimiz, rassomlarimiz, aktyor-
larimiz, rejissyorlarimiz, bastakorlarimizning daholari yorqin o‘z
32
sintezi hisoblanadi. Bu madaniyatga Markaziy Osiyo xalqlari ham
o‘zining hissasini qo‘shgan. Zardo‘shtiylik ahmoniylarlarning
davlat dini va sifatida qabul qilinishi bilan birga G‘arbga ham
keng yoyila boshladi. Ahmoniylar san’atining Suza va Persipoldagi
ulkan yodgorligi qurilishiga Markaziy Osiyo mintaqasidan ko‘plab
xomashyo keltirilgan. Saroylar qurilishi Baqtriyadan oltin, Sug‘ddan
lojuvard va qimmatli toshlar, Xorazmdan feruza olib borilgan.
1877-yilda Tojikistonning janubidan topilgan Amudaryo xazinasi
madaniy sintezning yorqin misolidir. Markaziy Osiyo xalqlarining
madaniyat munosabatlari juda kengaydi, shuningdek, madaniy
qadriyatning boyishi va turli madaniyatlarning o‘zaro ta’siri jarayoni
esa o‘z madaniyatlarini juda tez rivojlanishi va boyishiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatdi.
Ahmoniylar imperiyasi va Markaziy Osiyo yerlari yunon-make-
donlar tomonidan bosib olingan Markaziy Osiyo madaniyatida
ellinizm elementlari kirib keldi. Ellinistik jarayon salavkiylar
davlatidan mustaqil bo‘lgan Parfiya va Yunon-Baqtriyada o‘zining
yuqori rivoji bilan ajralib turadi. Yunon-Baqtriya davlati yunonlar
mahalliy sintezi qisqa vaqtda o‘zining ijobiy natijalarini berdi,
sharharlar soni tez kunlarda o‘sdi, dehqonchilik, chorvachilik,
ayniqsa hunarmandchilik rivojlanib bordi. Markaziy Osiyo mintaqasi
buyuk ipak yo‘li bo‘lib, o‘sgan xalqaro savdoning markazi sifatida
o‘ta muhim o‘rin egalladi. Tovar-pul munosabatlarini o‘sishida
Baqtriya shohlarining o‘z pullarini zarb qilishi xalqaro savdoning
rivojiga ijobiy ta’sir qilish bilan birga, yuksak badiiy darajasi bilan
ham ajralib turadi.
Yunon-Baqtriya davridagi Oyxonum (Shimoliy Afg‘oniston),
Saksonaxur va Taxtisangin (Tojikiston ), Dalvarzintepa, Yorqo‘rg‘on
(O‘zbekiston) kabi shaharlar qurildi. Yunon harbiy manzilgohlarining
aholisi turmush tarzi va madaniyatlari aks ettiruvchi ellinistik uslublar
Yunon-Baqtriya sharharlarida ochib o‘rganildi. Inshootlar tosh, xom
va pishiq g‘ishtdan tiklangan. Ustunlar korinf usulida ishlangan.
Saroy va ibodat majmualari, gimnaziya, teatr binolari ochib
tekshirilganda ustunlar attik bazalltar, yaproqlari, palmetallar, cheti
naqshlangan cherepitsa-antifikslar singari unsirlarni qo‘llanilishida
aks etadi.
17
hisoblanadi. Neolitning so‘nggi bosqichlari ma’lum darajada etnik
birliklarning shakllanishuvi bilan bog‘liq madaniyat hisoblanadi.
Shuning uchun ham neolit davrini ilk neolit, rivojlangan neolit va
so‘nggi neolit deb nomlanuvchi davrlarga bo‘lib o‘rganiladi. Ilk
neolit ba’zan, mezolit (gr. Mezzo-o‘rta), epialeolit (gr. Ere – so‘nggi)
va protoneolit (gr. Protoz-birinchi) deb ham ataladi. Neolit davriga
kelib o‘q-yoy ibtidoiy odamning asosiy quroli bo‘lib qolgan. Uning
paydo bo‘lishi ovchilikning rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Shuningdek
bu davrda madaniyat tarixida buyuk hodisa ro‘y bergan, ya’ni birinchi
hayvon qo‘lga o‘rgatila boshlangan. Eng sodda ko‘rinishdagi sopol
idishlar ishlab chiqarila boshlangan, u esa yangi ishlab chiqarish-
kulolchilikning rivojlanishiga turtki bergan.
Neolit davrida kashf etilgan qurollardan yana biri – bumerang
bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida ovchilik ham jang, hujum, ham mudofaa,
ham qo‘l, dam otish quroli vazifasini bajargan. Bu bumerang qattiq
yog‘ochning egri bo‘lagidan ishlangan va aerodinamika qonuniga
ko‘ra harakatlangan. Bu qurol qadimgi misrliklar, avstraliyaliklar
va nemislarning asosiy qurollaridan hisoblangan. Puflab otiladigan
qurol ham ibtidoiy davr odamlarining o‘ziga xos kashfiyotidir. U
Indoneziyada SUMPITAN, Janubiy Amerikada esa SARBAKAI
nomi bilan mashhur bo‘lgan. Bu qurol bir vaqtni o‘zida ham
ovchilik ham harbiy qurol bo‘lib, silliq bambuk bo‘lagidan
ishlangan. Unga 25-30 metr masofaga uchuvchi zaharlangan o‘qlar
solib puflangan. Shuningdek, bu davrda ham ovchilik ham harbiy
maqsadlarda ishlatiladigan SOPKON va PALAXMON kabilar ham
keng tarqalgan. Bu qurollar Janubiy Amerikada, Polineziya, Osiyo
mamlakatlari, shu jumladan Markazny Osiyo xalqlari orasida ham
keng tarqalgan. Xullas, inson mehnati ishlab chiqarish qurollari,
shuningdek, umuman madaniyat rivojlanishining asosini tashkil
etadi. Ibtidoiy davrda mehnat nihoyat darajada og‘ir bo‘lgan.
Shell davri odami bizning ko‘zimizga juda ham sodda bo‘lib
ko‘rinuvchi keskichni tayyorlash uchun qanchalik mashaqqatli
mehnat qilganligini tasavvur qilishimiz juda ham qiyin. Oddiy
nayza, ayniqsa, bumerang, o‘q-yoy, tarashlangan va parmalangan
bolta uzoq vaqt davomida qunt bilan mehnat qilishni talab qilgan.
Ketma-ket keladigan ashell, muste, orin’yak-salyutr va madlen
madaniyatlari yirik hayvonlarni ovlash ayniqsa, rivojlanganligini
18
ko‘rsatadi. Madlen madaniyati davrining oxiriga kelib dehqonchilik
bilan bir qatorda ovchilik ham keng rivojlana boshlagan. Ibtidoiy
ovchilikning dastlabki paydo bo‘lgan vaqtlaridayoq turli xil ommaviy
ov usullari bir tomondan, hayvonni o‘rab olish, quvlash, ikkinchi
tomondan esa turli xil tuzoqlar qopqog‘iga o‘xshash ovchilik
qurollari, qush ovlaydigan turlar juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan
ibtidoiy ovchilikda hayvon yoki qush tovushiga taqlid qilish yoki
o‘sha ov qilinayotgan hayvon terisini yopinib unga yaqinlashish
ancha keng tarqalgan. Ashell davridan boshlab qo‘lga o‘rgatilgan
it endi odamning ov vaqtidagi sodiq yordamchisi va yo‘ldoshiga
aylangan. Itning qo‘lga o‘rgatilishi odamga uch tomondan foyda
keltirgan, birinchidan, it ovda juda asqotgan bo‘lsa, ikkinchidan, it
inson yashaydigan manzillarni qo‘riqlagan, xavfdan ogoh qilgan,
uchinchi tomondan esa ayrim qabilalarning ko‘chib yurishi paytida
transport vazifasini o‘tagan.
Dehqonchilik iqlim sharoitiga qarab turli joylarda turlicha
davrlarda rivojlangan. Masalan, iqlim mo‘tadil va janubiy hududlarda
esa birmuncha keyinroq rivojlangan. Arxeologik izlanishlar deh-
qon chilik paleolitdayoq, aniqrog‘i orin’yak-salyutr davrida paydo
bo‘lganligini ko‘rsatadi. Dehqonchilikda motiga (ketmon vazi-
fasini bajaruvchi qurol) tayoqlar, belkuraklar, toshdan yasalgan
boltalardan keng ko‘lamda foydalanilgan. Dehqonchilikning yanada
yuksalishiga yovvoyi hayvonlarning qo‘lga o‘rgatilishi muhim
ahamiyat kasb etgan. Qo‘lga o‘rgatilgan hayvonlar kishilarga juda
katta foyda keltirgan. Birinchidan, ulardan qo‘shimcha mehnat kuchi
sifatida foydalanilgan bo‘lsa, ikkinchidan, uy sharoitida o‘rgangan
hayvonlar o‘zidan nasl qoldirgan. Ayrim hayvonlar hatto oziq-ovqat
vazifasini ham o‘tagan. Har xil hayvon turlarini xonakilashtirish
juda mashaqqatli ish bo‘lgan va bu jarayon uzoq vaqt davom etgan.
Chunki yer yuzida yashagan 140 ming hayvon turidan bor-yo‘g‘i 47
turinigina xonakilashtirganlar. Uy hayvonlarini urchitib ko‘paytirish
xo‘jalikning muhim tarmog‘iga aylangan. Uy hayvonlari odamga
go‘sht, teri, jun, yog‘, suyak, sut bergan, yuk tashigan va yerni
haydagan va nihoyat o‘g‘it bergan.
Odamning eng dastlabki turar-joylari g‘orlar va daraxtlarning
ko
vaklari bo‘lgan. Paleolit davriga oid arxeologik yodgorliklar
ham kishilarning turar-joylari g‘or bo‘lganligini tasdiqlaydi.
31
sifatida ko‘tariladi. Yasna kitobidan zardushtiylikning e’tiqod ramzi
haqida deyiladiki: «Qasam, ezgu fikrni, ezgu so‘zni, ezgu faoliyat
majburiyatlarini bajarishni talab qiladi».
Zardo‘shtiylik birinchi bo‘lib, esxatalogik ta’limoti rivojlantirish
yaratilgan, bunga muvofiq jahon tarixi 12 ming-yilni tashkil qiladi.
Bu muddat tugashi bilan ezgulik va yovuzlik kuchlarini hal qiluvchi
yovuzlik jang boshlanadi. Bugun olamni erigan metall oqimi o‘q
qiladi. Biroq xaloskor saosh’yant halok bo‘lgan dunyoni va barcha
marhumlarni tiriltiradi, barcha gunohkorlarni do‘zaxdan chiqarib
Ahurumazdaning ideal hukmronligida abadiy hayot kechiradi. Shu
tariqa zardo‘shtiylikda birinchi bo‘lib oxiratdagi jazo, marhumlarning
tirilishi so‘roq kuni g‘oyalar Doro I ming Bexustun yovuzida va
Kserksning Persepoldagi yozuvida ham qayd qilinadi. Zardo‘shtiylik
Markaziy Old Osiyo hududlarida ming-yillar davomida hukmron
din bo‘lib keldi va shubhasiz, bu din xristianlik va islom kabi jahon
dinlarining shakllanishida katta o‘rin tutadi.
Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi va madaniyatning mustaqil rivoj-
lanishi Eron ahmoniylari tomonidan birinchi yirik bosqinchi tufayli
to‘xtab qoldi. Sug‘d, Baqtriya, Xorazm mil. avv. VI-IV asrlarda
ahmoniylar davlati tarkibiga kirgan. Markaziy Osiyo xalqlarining
madaniyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ahmoniylar davrida xalqaro
savdoning rivojlanishi uchun qulay sharoitning vujudga kelishi
Markaziy Osiyo shaharlarining taraqqiyotiga imkon tug‘ildi. Ahmo-
niylar hukmronligida mamlakatlarga sayyohlar va olimlar borishi
mumkin edi. Xuddi shu davrda Sharq mamlakatlarga Gerodot,
Demokrit va boshqalar sayohat qilgan. Ahmoniylar imperiyasidagi
yirik shaharlar – Suza, Persepol, Memfis, Nippur, Bobilda turli
joylardan xususan, Xorazm, Baqtriya, Sug‘ddan chiqqan kishilar,
saklarning harbiy aholisi yashagan.
O‘z navbatida mil.avv. V asrda Oks daryosining o‘ng sohilida
Miletlik yunonlarning manzilgohi tashkil topadi. Shu tariqa Ah-
moniylar imperiyasi tarkibida Markaziy Osiyo xalqlari forslar,
midiyaliklar, bobilliklar, misrliklar, yunonlar, hindlar bilan yaqin
munosabatda bo‘lish madaniyatining ham o‘zaro ta’siriga imkon
yaratdi.
Ahmoniylar imperiyasi madaniyati ham ko‘pgina mamlakat
xalqlari yaratgan ilmiy bilimlar, diniy e’tiqodlar, san’at yutuqlarining
30
Zardo‘sht va Axuramazada o‘rtasida suhbat, yo‘l-yo‘riq va ko‘rsat-
malar mazmunida bo‘lib, zulmat va yovuzdik xudosi Axrimanni
boshqaruvchi yomonlik kuchlarini qaytarish haqida.
2. Visprat-«hamma hukmdor», bu kitobda ibodat namozlari
to‘plangan.
3. Yasna-«ibodat», Marosim kitobi xudolarga sig‘inish va
murojatdan iborat. Yasnadagi «Got»lar nomli 17 bob zardo‘shtning
muqaddas qo‘shiqlaridir.
4. Yasht-«Qadrlash», «Hamdu-sano» kitobi xudolarni sharaflovchi
qadimgi gimnlar va ezgulik xudolariga yovuzlikka qarshi kurash
yordam beruvchi kuchlar haqida.
Bundan tashqari «Avesto» majmuaga «Kichik Avesto» ham
man sub, u Avesto tilida yozilgan bo‘lib, ibodat kalimalari joylash-
gan. Ko‘pchilik olimlar Zardo‘sht yuksak axloqiy idealdagi va
ishontiruvchi fikrlari bilan birinchi haq payg‘ambar ekanligini ta’kid-
laydilar. Zardo‘sht ta’limotiga muvofiq barcha quruqlikning o‘zgar-
mas ibtidosi Arta bo‘lib, «Avesto»da haqiqat, olov ruh deyiladi.
Axuramazda tartibli saqlanuvchi osmon xudosi yorug‘lik va ezgulik
hisoblangan (oxura-xo‘shayish, ega, mazda-idrokli, bilimdon).
Axuramazdaning o‘g‘li-Atar (olov), uning vatani bulutlardek quri-
gan suvlar, uning makoni-hududsiz yog‘du. Axuramazda 6 ta ruhni-
yordamchilarni yaratdi (amesh spenta): ezgu aql, yaxshi tartib,
layoqatli qudrat, olijanob mo‘minlik, sog‘lomlik va boqiylik. Unga
Ax rimaning zulmat qo‘shini – devlar, urushlar timsoli, ochlik, kasal-
lik, adovat va boshqa yovuz kuchlar qarama-qarshi turadi. Olam
va barcha insoniyat hayotining asosida ezgulik o‘rtasidagi azaliy
kurash yotadi.
Zardo‘sht ta’limotining ulug‘ligi shundaki, u har bir kishiga
tanlash imkonini beradi. Har kim ham yovuzlikni yo‘q etish va
ezgulikni hukmron bo‘lishida ishtirok etishi mumkin, bu ishda barcha
bir xilda tengdir. Shu tariqa yerda ilgari bo‘lmagan jannat – oltin
asr tiklanadi. Unda sovuq ham, jazirama ham, qarilik ham, o‘lim
ham bo‘lmaydi. Yovuzlik bilan kurashda har kishining asosiy quroli
mehnat bo‘lgan. Zardo‘shtiylik axloqli kishidan kamtarin va halol
meva eksa, u haqiqat tarqatadi. Videvdat kitobining «Dehqonchilik
fazilati haqida» bobidan olingan. Fikr, so‘z va ishda taqvodorlik,
ishchanlik, halollik, xolislik yuksak axloqning asosiy talabalari
19
Tasmaniyaliklar daraxt kovaklarida yashaganlar. Lekin g‘orlar ham,
daraxt kovaklari ham tabiat tomonidan berilgan tabiiy boshpanadir.
Ular dan foydalanish madaniyat tarixida taraqqiyot hodisasi hisob-
lanmaydi. Chunki madaniy taraqqiyot kishi mehnati natijasida
vujudga keltirilgan u yoki bu predmet orqali belgilanadi.
Ibtidoiy odamlarning turar-joylari xilma-xil bo‘lib, ularning
rivojlanishi uch bosqichga bo‘linadi. Insoniyatning eng dastlabki
turar-joylari shamolni to‘sib turadigan g‘or va yerdan kavlangan
o‘radan iborat bo‘lgan. Masalan, tasmaniyaliklar, avstraliyaliklar va
boshqa bir qator qabilalarning eng asosiy boshpanasi daraxt shohlari
bilan to‘silgan g‘or bo‘lgan. Bir muncha vaqt o‘tgandan so‘ng yer
usti va yer osti turar-joylari paydo bo‘la boshlagan. Chayla yer usti
boshpanasi hisoblangan bo‘lsa, yerto‘la yer osti boshpanasi bo‘lgan.
Chayla va kapalar asosan xoda, shoh-shabba, barg, loy, po‘stloq,
poxol, teri va boshqalardan qurilgan. Keyinchalik chayla va kapaning
takomillashuvi kigiz o‘tovlarning vujudga kelishiga olib kelgan.
Yerto‘la qadimgi kishilarning yerni kavlab undan boshpana sifatida
foydalanishidir. Nihoyat, turar-joylarning rivojlanishidagi uchinchi
bosqichda loy devorli uylar paydo bo‘la boshlaydi. Natijada qadim
ajdodlarimizning muqim qarorgohlari – qishloqlar va keyinchalik
shaharlari vujudga kela boradi. So‘nggi neolit davriga kelib g‘ildirak
kashf etilgan. G‘ildirak dastlab yahlit yog‘och doiradan iborat
bo‘lgan. Qadim ajdodlarimiz qayiqni kashf etgunlariga qadar, suv
ustida oqib ketayotgan daraxtlardan foydalanganlar. Keyinchalik ikki
yoki bir qancha daraxt tanasini bir-biriga bog‘lab, sol yasaganlar.
Vaqtlar o‘tishi bilan yog‘ochni o‘yib qayiq yasaganlar, hayvon
terilaridan qayiq yasashda keng foydalanganlar.
Tafakkur dastlabki vaqtlarda qanchalik chegaralangan bo‘lmasin,
ma’lum darajadagi xulosalar, tushuncha va tasavvurlar ifodasi bo‘lib,
kuzatish va tajribaning maxsuli sifatida vujudga kelgan. Birgalashib
mehnat qilish, kuzatish, tajriba, ong, tafakkur, fikr, til tushuncha,
bilim – bularning barchasi o‘zaro ajralmas aloqada bo‘ladi hamda
bir-birini taqozo qiladi va odamni hayvondan ajratuvchi, uni tabiat
ustidan g‘olib qiluvchi belgilardir. Bularning barchasi madaniyatning
g‘olibona taraqqiy etishi uchun asos bo‘lgan.
Mehnat jarayonida kuzatish va tajriba orttirish natijasida
yangidan-yangi tasavvurlar va tushunchalar paydo bo‘lgan, tafakkur
20
ham, til ham rivojlangan. Yangi so‘zlar paydo bo‘lib, so‘zlarning
ma’naviy mazmuni boyigan, grammatik shakllari rivojlanib borgan.
Fikrni anglatishning sodda usullaridan biri – «signallar tili»
hisoblanadi va biron bir xabarni belgilar yordami bilan ifodalash
vazifasini bajaradi. Masalan, avstraliyaliklar o‘z joylarini tashlab
ketganlarida oyoqlari bilan qumga chiziq chizganlar va chiziqning
uchiga xivich tiqib qo‘yganlar. Chiziqning yo‘nalishi va uning
uzunligi shu guruhning qaysi tomonga va qancha masofaga
ketganligini ko‘rsatadi. Bu belgi guruhlarining kechikib qolgan
a’zolari va mehmonlar uchun qilingan: «Signallar tili»ga turli xil
belgilar – egilgan yoki sindirilgan novdalar, alohida qo‘yilgan
toshlar, ovlanadigan o‘ljani ko‘rsatish, dushmanning paydo bo‘lishi
yoki xavf-xatardan ogoh qilish kabi turli xil belgilar kirgan. Bu
signallar ba’zan ma’ lum marta qichqirish, ko‘pincha sun’iy tovush
chiqarish, masalan, baraban chalish yordami bilan, shuningdek olov
yoki tutun va boshqalar yordami bilan berilgan. Biror xabar, fikr
yoki tuyg‘uni ifodalash uchun ma’lum bir buyumni sovg‘a qilishni
«ramziy fikrlar tili» yoki signallar tiliga kiritish mumkin. Masalan,
Shimoliy Amerika hindlarida tomagauk (suyil) yuborish urush e’lon
qilishning ramziy belgisi hisoblangan. Tomagauk dushmanga alohida
elchi bilan yuborilgan, u tomagaukni dushmanga olib borib, yerga
qo‘ygan. Agar qarshi tomon tomagaukni yerdan ko‘tarsa, urishishga
rozi ekanligi bildirilgan. Xullas, «signallar tili» muhim madaniy-
tarixiy rol o‘ynagan, xususan harbiy va mudofaa ishlarida muhim
ahamiyat kasb etgan.
Ibtidoiy meditsina davolashning folbinlik, sehrgarlik va jodu-
garlik usullariga asoslangan. Lekin juda qadim zamonlardayoq
ay rim o‘simliklarning, mineral moddalarning davolash xususiyati
kashf etilgan. Etnografik ma’lumotlarga ko‘ra, maxsus tayyorlangan
tarki biy dorilardan ham masalan, nastoykalar, qaynatma dorilar, suri-
ladigan va kukun holidagi dorilarni ishlatganlar. Qustiradigan va ich
bo‘shashtiradigan vositalar qo‘llanilgan. Silash va uqalashdan keng
ko‘lamda foydalanilgan, sovuq va issiq gidroterapeyani ham yaxshi
bilganlar, parhezning ahamiyati ham ma’lum bo‘lgan. Ibtidoiy
davrda kichik va katta xirurgiya, ochishni to‘xtatish, qon olish usuli,
badandagi ortiqcha to‘siqlarni olib tashlash, singan joylarni tuzatish,
hatto amputatsiya ham ma’lum bo‘lgan. Hammom ham ibtidoiy
29
ichida hunarmandlar mavzeyi joylashgan. Ayrim shaharlarda saroy
qoldiq laridan qal’alar topilgan. Qadimgi davlatlar xo‘jaligining aso-
siy sohasi hisoblangan dehqonchilik taraqqiyotining darajasi ha qida
ko‘p tarmoqli sug‘orish tizimining mavjudligi bunga dalildir. Mar-
kaziy Osiyo xalqlarining qadimgi Sharq mamlakatlari bilan yaqin
aloqalar o‘rnatgan.
Midiya va Ossuriyaning siyosiy tarixida faol ishtirok etib, hunar-
mandchilik buyumlari va xomashyo bilan (lojuvard, oltin, mis)
savdo sotiq qilingan. Bu haqida Ossuriya va Qadimgi Yunon yozma
man balarida gapiriladi. Xususan Baqtriyaning yirik shaharlari, ko‘p
sonli aholisi haqida Baqtriya shohi Oksiartning afsonaviy boyligi
haqida Ktesiy Knidiskiy (mil.avv. V-IV asrlar) yozib qoldirgan.
Ko‘chmanchi massagetlarning udumi va turmush tarzi haqida
mashhur qadimgi yunon tarixchisi Geradot mil.avv. V asrda yozib
qoldirgan. U massagetlarning harbiy qurollari (kamon-yoyi, nayza
oyboltasi) oltindan bezak sifatida, misdan qurol va sovut uchun
keng foydalanishni ta’kidlaydi. Gerodotning yozishicha, massagetlar
yagona ma’bud quyoshiga topinib, otni qurbonlik qilganlar.
Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlarining ma’naviy madaniyati
haqidagi bilimlarning bebaho manbasi Avesto hisoblangan. Avesto
so‘zining mazmuni umumiy izohga ega emas, ko‘pincha asosiy
matn sifatida tarjima qilindi. Avesto dunyoning eng qadimgi
dinlaridan bo‘lgan zardo‘shtiylik tarafdorlari uchun muqaddas
kalima hisoblanib, payg‘ambar Zardo‘sht to‘planganlarga undan
va’z o‘qigan. Uning hayoti davri mil.avv. IX-VI-VI asrlar atrofida
deyiladi. Avesto va uning boshqa matnlarining to‘planishi ko‘p
asrlar davomida amalga oshirilgan. Avestoning eng qadimgi
matnlari mil.avv. II minginchi-yillarga taalluqli. Avestoning millodiy
VII asrga tegishli bo‘lgan to‘plami juda turlicha mazmundagi 21
kitobidan iborat bo‘lib, o‘sha davrning barcha bilimlari jamlangan.
Zardushtiylik an’analariga ko‘ra bu yodgorlik ezgulik va yorug‘lik
xudosi Axuramazdaning Zaratushtra vaxiysi hisoblanadi. Biroq
unda qadimgi mifalogik tasavvurlar ham tasvirlanadi. Shuningdek,
diniy yo‘l-yo‘riq payg‘ambar davridan keyin Zardushtiylikning
rivojlangan e’tiqod ramzi yuzaga keldi. Hozirgacha Avestoning
ayrim qismigina, faqat 4 kitobi saqlanib qolgan:
1. Videvdat-«Devlarga qarshi qonunlar», bu kitobda asosan
28
Markaziy Osiyo madaniyatining o‘ziga xosligining ikkinchi
jihati mintaqaning o‘ta qulay jo‘g‘rofiy o‘rnashganligi bilan bog‘liq.
Mintaqa Mesopatomiya, Hindiston va Xitoy kabi uchta buyuk sharq
sivilizatsiyasi bilan bevosita chegaradosh bo‘lib g‘arb sivilizatsiyasi
beshinchi-Gretsiya va Rim bilan aloqada rivojlangan. Bunday
aloqalarning muqarrarligi Markaziy Osiyo madaniyati vositachiligi
missiyasini bajarishga sabab bo‘ldi, ya’ni iqtisodiy sohalarda eng
avvalo xalqaro savdoda va madaniy sohalarda ham Markaziy Osiyo,
G‘arb va Sharq o‘rtasida bog‘lovchi ko‘prik vazifasini bajardi.
Xususan Markaziy Osiyo hududi orqali buddizm butun dunyoga
yoyildi, Hindiston va Xitoyga ellinistik ko‘rinishlari o‘tdi, sharqdan
g‘arbga va g‘arbdan sharqga madaniy boyliklar (bilim, dunyoviy
g‘oya, kashfiyot, badiiy asarlar) ning almashib turishida Markaziy
Osiyo muhim vositachi bo‘lib xizmat qildi.
Markaziy Osiyo madaniyatining buyuk vositachilik missiyasi
boshqa madaniy qadriyatlarini yangilash, o‘zlashtirish, mahorati va
qayta ishlash kabi jihatlarimiz bo‘lmas edi. Bu madaniyat qadimdanoq
yangi hodisalarni o‘zlashtirsh va moslashtirish mahoratiga ega bo‘ldi.
Garchi boshqa qadimgi sharq madaniyatlaridagi kabi Markaziy Osiyo
madaniyatida ham an’analar keng o‘rin egallasada, aytarli xarakter
kasb etmaydi, ya’niki, uzluksiz madaniyat yangilanish va taraqqiyot
jarayoniga to‘siq bo‘lmaydi. Shuningdek, an’analarning mustahkam
hukmronligi tarixiy vaziyatga ham to‘sqinlik qilganliklarini
ta’kidlash kerak. Mintaqa orqali katta bosqinchilik yurishlar,
xalqlarining ko‘chishlari yuz bergan bo‘lib, bu Markaziy Osiyo
xalqlarining tarixi davomida bir necha bor madaniyatni sezilarli
o‘zgarishlar olib keldi. Afsuski ko‘pincha urushlar Markaziy Osiyo
madaniyatining qadimgi taraqqiyot davrlarining behisob dalillarini
yo‘q qiladi. Arxeolog qazilma ma’lumotlar va yozma manbalar mil.
avv. I ming-yillik boshlarida vujudga kelgan Markaziy Osiyoning
ilk davlatlari Sug‘d, Baqtriya va Xorazm madaniyati haqida biroz
ma’lumotlar beradi. Mil. avv. VIII-VII asrlarga oid Afrofsiyob
(Samarqand), Surxondaryo vohasidagi Qiziltepa, Qashqadaryo
vohasidagi Uzunqir, Xorazmdagi Qizilqir kabi qadimgi shaharlarda
o‘tkazilgan tadqiqotlar murakkab ijtimoiy tuzilma va madaniyatning
yuqori rivojlanganligini ko‘rsatadi. Bu shaharlar mudofaa devorlari
va suv ta’minotidan iborat kuchli istehkomlarimizga ega bo‘lib,
21
davrda kashf etilgan.
Ibtidoiy odamning to‘plagan bilimi qanchalik bo‘lishidan qat’iy
nazar, u hali bilmagan tabiat hodisalari mavjudligicha qolgan. Ki-
shilar sababini bilmaydigan bu hodisalar ularning hayoti uchun
mu him ahamiyatga ega bo‘lgan va o‘z navbatida uni bilish talab
qilin gan. Shu sababli ibtidoiy odam bu sohadagi kamchiliklarni
to‘ldi rish, o‘zining ojizliklari o‘rnini to‘ldirish, o‘z tajribalaridan
chek kada qolgan hodisalarga javob topishga urina boshlagan. Nati-
jada jumboq bo‘lib tuyulgan tabiat hodisalariga qarama-qarshi
tasavvur va tushunchalarni yarata boshlaganlar. Diniy tasavvurlar
ishlab chiqarish kuchlari va jamiyat taraqqiyotida urug‘chilik tuzumi
paydo bo‘lgan bosqichda vujudga kelgan.
Ibtidoiy odam o‘zini tabiatdan ajratmaydi va tabiat kuchlari
hamda hodisalari bilan aynan bir narsa deb hisoblaydi. Ibtidoiy jamoa
tuzumi davridagi diniy tasavvurlarning ilk shakllari quyidagilarga
bo‘linadi:
a) animizm;
b) totemizm;
d) magiya (afsungarlik, sehrgarlik);
e) fetishizm;
f) shomonizm.
Dostları ilə paylaş: |