Diniy qarashlari.
Turk xoqonligi hududlarida o‘troq, ko‘ch-
manchi va yarimko‘chmanchi aholi yashaganligi sababli, ularning
50
diniy qarashlarida ham turli-tumanlik mavjud bo‘lgan. Masalan,
o‘troq aholi o‘rtasida ko‘proq zardushtiylik, buddaviylik, moniylik
dinlari asosiy diniy e’tiqodlar bo‘lgan bo‘lsa, ko‘chmanchi aholi
o‘rtasida ko‘proq totemizm va shomonlik hukmron diniy tasavvurlar
hisoblangan. Yarimko‘chmanchi aholi o‘rtasida ham totemistik, ham
zardushtiylik, ham xristianlik, ham monizm, ham Anaxita va Er
Xubbiga sig‘inish mavjud bo‘lgan.
Zardushtiylik va uning muqaddas kitobi «Avesto» O‘rta Osiyo,
Eron hamda Ozarbayjon xalqlarining eng qadimiy yozma yodgorligi
va madaniy boyligi bo‘lganligi sababli, bu diniy e’tiqod maxsus
mavzu sifatida ko‘rib chiqiladi.
Arablar bosqiniga qadar O‘rta Osiyo xalqlari zardushtiylik,
buddaviylik, xristianlik, monizm va boshqa bir qator dinlarga
e’tiqod qilganlar. Otashparastlik bu davrning hukmron dini hisob-
langan. Bu e’tiqod So‘g‘diyona, Xorazm, Choch viloyatlarida
hukmron din darajasiga ko‘tarilgan. Tohariston, Farg‘ona, Yettisuv
va Sharqiy Turkistonda buddaviylik dini keng tarqalgan. Shu sababli
bu hududlarda olib borilgan qazishmalar natijasida ko‘plab budda
ibodatxonalari topilgan. Masalan, Tohariston hududidagi Balx
shahrida yuzga yaqin, Termizda o‘nga yaqin, Kabodiyonda uchta
hamda Farg‘ona vodiysidagi qadimgi Quva shahri xarobalaridan
ikkita buddaviylarning ibodatxonalari topilgan. Quva shahridagi
ibodatxonalarda olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida
loydan yasalgan rang-barang haykal va haykalchalar qazib olingan.
Turk xoqonligi davrida O‘rta Osiyo va u bilan muntazam
ravishda madaniy aloqalar olib boruvchi Sharqiy Turkiston hamda
Xitoy xalqlari mafkuraviy hayotida monizm dini ham muhim rol
o‘ynagan.
Ma’lumki, moniylik dini zardushtiylik, nasroniylik va buddaviylik
dinlarining qo‘shiluvi natijasida vujudga keldi. Uning asoschisi
Moniy hozirgi Iroqda 216-yilda tug‘ilgan bo‘lib, mazkur uchala
dinning asosiy jihatlarini: zardushtiylikdan ezgulik va yovuzlikning
o‘zaro kurashi; buddaviylikdan taqvodorlik yo‘lini; nasroniylikdan
missiya (xudoning vakili) g‘oyalarini birlashtirib, dastlab qadimgi
Midiya va Eron hududlarida targ‘ib qila boshlaydi. Eron shohi
Bahrom I tomonidan 277-yili qatl etiladi. Uning izdoshlari o‘z
targ‘ibotlarini Markaziy Osiyo, so‘ngra Sharqiy Turkiston va
63
“Mashhur san’atkоrlar hayotidan lavhalar” kitоbida (1550) tilga
оlingan. Bu tushuncha birinchi paytda antik madaniyat an’analarini
Italiyada “ming-yillik yovvоyilikdan so‘ng” tiklanishini anglatib,
so‘ngrоq ilmiy tadqiqоtlarida keng ishlatila bоshlandi. Ya.Burhart
Uyg‘оnish (Renessans) ni alоhida tipdagi madaniyat deb bahоladi.
Masalaga qiziqish оrtib, ilmiy izlanishlar ko‘paya bоrgani sayin
Uyg‘оnish tushunchasi, bu davr madaniyatining xrоnоlоgik va
geоgrafik chegaralari, uni davrlashtirish xususida ziddiyatli, turlicha
fikrlar bildirila bоshlandi. Y.Xeyzing o‘zining “O‘rta asrchilikning
kuz fasli” asarida Uyg‘оnish davri-O‘rta asr madaniyatining intixо
davri deb hisоblasa, bоshqa оlimlar Uyg‘оnish davri Yangi davr
madaniyatining bоshlanishi deb sanaydilar. Ko‘pchilik оlimlar
Yevrоpa Uyg‘оnish davrini klassik tarzda davrlashtirib u XIV-
XVI asrlarga xоs deb bilsalar, bоshqalar Uyg‘оnish madaniyatini
bir muncha ilgarirоq XII asr Karоlinglar Renessansidan bоshlab,
Ispaniya, Italiya, shimоlidagi mamlakatlar (Shimоliy Uyg‘оnish)
Uyg‘оnish – XVII asr bilan yakunlaydilar. 1950-yillarning
o‘rtalaridan e’tibоran “Sharq” Uyg‘оnish davri masalasida jiddiy
munоzara bahs ketdi. Xitоy madaniyati tarixi tahlilida akademik
N.Kоndrad Uyg‘оnish davrini qadimgi, o‘rta asrlar singari insоniyat
sivilizatsiyasining barcha mintaqalariga xоs umumbashariy hоdisa
deb qaraydi. Umumjahоniy jarayon hisоblagan Uyg‘оnish Sharqda
(Xitоy) VI-VIII asrlarda bоshlanib, G‘arb sari siljigan va XIV asrda
Yevrоpa hоdisasiga aylangan. Uyg‘оnishning bunday talqiniga qarshi
bu hоdisa turli mamlakatlarda mintaqaviy, ayrim ko‘rinishlarda amal
qilishi mumkin, lekin u umumjahоniy fenоmen bo‘lishi mumkin
emas, deb hisоblоvchilar ham bоr. Ayni chоg‘da har ikki qarash
tarafdоrlarini Yevrоpa Uyg‘оnish davrini mutlaqо betakrоr hоdisa
deb qarоvchi mualliflar (A.Lоsev, M.Petrоv) jiddiy tanqid qiladilar.
O‘zbekistonda Sharq Uyg‘оnish davri masalasi mahalliy
materiallarni umumlashtirgan hоlda yetarli ishlanmagan. Markaziy
Оsiyo mintaqasidagi Uyg‘оnish haqida gap bоrganda IX-XII asr-
lar avvalо xоrijiy madaniyat va qarоr tоpgan islоmiy e’tiqоdga
nis batan rivоjlangan va bоyigan qadimiy madaniyat negizida
milliy Uyg‘оnish deb qaralmоgi lоzim. Markaziy Оsiyo uzоq-yil-
lik tarixida ko‘p bоsqin va talоnchiliklarni ko‘rdi, ularga qarshi
оzоd lik va mustaqillik uchun kurash оlib bоrdi. Haqiqat shundaki,
|