52
goxlar (qo‘shiqlar) orqali madh etilgan. Yovuz ruhlarga la’natlar
o‘qilgan.
Boshqacha qilib aytganda, diniy madhiyalar va goxlarni
birgalashib kuylash diniy marosimlar hamda bayramlarning sho‘x-
shodon va zavqli o‘tishini ta’minlagan.
Oltoy hamda Janubiy Sibirdan ko‘chib kelgan turkiy qavmlar
o‘rtasida shomonga e’tiqod qilish ham saqlanib qolingan. Chunki
ko‘chmanchi chorvador qavmlarda hali urug‘ jamoasi an’analari
saqlab qolingan edi. Xuddi shuningdek, tuproq, suv, olov va havoni
yaratgan Ko‘k tangriga e’tiqod qilish, unga atab ot, sigir, va qo‘y
qurbonlik qilish marosimi ancha muhim bo‘lgan. Shu o‘rinda nima
sababdan buddaviylik Markaziy Osiyo xalqlarining mustahkam diniy
e’tiqodiga aylanmadi, degan savol tug‘iladi. Axir buddaviylik hatto
turkiy sulola-Kushonlar tomonidan davlat dini deb e’lon
qilingan
edi-ku?
Turklar azaldan tabiatning ayovsiz qarama-qarshiligi ostida
yashaganlar. Ular iqlim sharoiti birmuncha mo‘tadil bo‘lgan hind-
larga nisbatan injiq tabiat hodisalari va turli urushqoq qavmlar
orasida yashaganlar. Ularning yumshoq ko‘ngil bo‘lishi, yovga
rahm-shafqat qilishi o‘lim bilan baravar bo‘lgan. Shimolning
ayovsiz sovuqlariga, tabiatning turli xil sinovlari va har qanday
qiyinchiliklarga dosh bera oladigan mustahkam iroda talab qilinar
edi. Shu boisdan ham turklar o‘z mijozlariga to‘g‘ri kelmagan
Hindiston dinlarini qabul qilishga mutlaqo urinishmagan. Xususan,
Budda dini VI – VIII asrlar davomida
Markaziy Osiyoda tarqala
boshlagan edi. Biroq Ko‘k Turk hukmdori Bilga xoqon va uning
vaziri To‘nyuquq bu dinni yumshoqlik va miskinlikni targ‘ib etgani,
jangu jadalni va hayvon so‘yishni man qilgani, xullas, turklarning
hayot tarzlariga mos kelmagani uchun rad etdilar. Chunki Budda
din millatning harb qudratini buzib, Chin (Xitoy) xavfiga yo‘l
ochishi mumkin edi. Shuning uchun ham turklar har bir ishda milliy
xususiyat, ehtiyoj va andishalardan kelib chiqib ish qilishardi. Ayni
choqda IX asr arab mutafakkiri Johizning: «Moni
dinini qabul etgan
uyg‘urlar jang qobilyatini yo‘qotdi – degan ta’kidini eslamoq joiz.
Shomoniy turklar jang asnosida dushmanni o‘ldirishni gunoh
emas, balki savob hisoblashardi. Shuning uchun ham Ko‘k turk
xoqonlari va beklari o‘ldirilgan yog‘iy (dushman) urug‘larining
chirkin haykallarini (balballarini) o‘z mozorlari yoniga tiklashib,
61
bo‘lib xizmat qilar edi. Arablarda katta hajmli surat bоsish uncha
rivоjlanmagan edi. Buning sabablaridan biri shu ediki, Qur’оn
musulmоnlarning ko‘p xudоlikka (“butparastlik”) qaytishidan
qo‘rqib kishilar va hayvоnlarning suratlarini sоlishni taqiqlagan edi.
Dostları ilə paylaş: