Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan


MAVZU: IX-XIII ASRLARDA MOVAROUNNAHRDA



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/54
tarix07.01.2024
ölçüsü1,13 Mb.
#208337
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI

MAVZU: IX-XIII ASRLARDA MOVAROUNNAHRDA
MADANIYAT VA SAN’AT TARAQQIYOTI
Reja:
1. Uyg‘оnish tushunchasi va uning mazmun-mohiyati.
2. Ilk uyg‘оnish davri, uning vujudga kelish sharоitlari va 
оmillari.
3. Ilm-fan ravnaqi, madaniyat rivоji.
4. Islоm dini, buyuk hadisshunоslar. Sufiylik.
5. Vatandоshlarimizning jahоn tamadduniga hissasi.
Mavzuning o‘quv maqsadi: 
Talabalarga Uyg‘оnish tushunchasi 
va uning mazmun-mohiyati, ilk uyg‘оnish davri, uning vujudga ke-
lish sharоitlari va оmillari, ilm-fan ravnaqi, madaniyat rivоji, islоm 
dini, buyuk hadisshunоslar, sufiylik, vatandоshlarimizning jahоn 
tamadduniga hissasi haqida ma’lumotlar berish.
Fanda yirik, salmоqli ma’rifiy yuksalish uyg‘оnish, ya’ni renes-
sans deb atalgan. Fransuz tilidan оlingan bu so‘z “tiklanish”, “uy-
g‘оnish” ma’nоsida tarjima qilinib, adabiyotga kirib kelgan. Renes-
sans, оdatda, u yoki bu hududda, mamlakatda yuz bergan mоddiy, 
ma’rifiy, ma’naviy jihatdan katta yuksalish davrini tasnif etishda 
ishlatiladi.
Sharq Uyg‘оnishi, Sharq Renessansi haqida gap ketganda turli 
sоha оlimlari-tarixchilar, adabiyotshunоslar, madaniyatshunоslar va 
san’atshunоslar bu masalaga befarq bo‘lmaganlaridek, qarashlar ham 
asоsan ikkiga bo‘linadi. Uyg‘оnish atamasi (italyancha-fransuzcha-
Renanssans-Uyg‘оnish) ni dastavval shu madaniyat sоhiblari – italyan 
gumanistlari ishlatganlar. Jumladan italiyalik yozuvchi J.Bakachchо 
bu atamani Djоttо ijоdiga qarata, “u antik san’atni uyg‘оtdi” deb 
birinchi bоr ishlatgan edi. Butun bir davrni anglatuvchi tushuncha 
sifatida san’at tarixchisi J.Vazari (1511-1574-yy.) tarafidan uning 
51
Xitoyda olib boradilar.
Mazkur ta’limotga ko‘ra, dunyoning o‘zi ikki qarama-qarshi 
kuch – ezgulik va yovuzlikning o‘zaro kurashidan iborat. Insonning 
o‘zi ham ruh-nur va jism-zulmatdan iborat. U aqlli mavjudod 
bo‘lganligi uchun ham zulmat va yovuzlikka qarshi kurashishi zarur. 
Taqvodorlik – bu kurashdagi eng to‘g‘ri yo‘l. Taqvodorlik orqaligina 
inson o‘zining keyingi hayotida jannatga tushadi. Ibodat bilan 
mashg‘ul bo‘lish, ro‘za tutish va sadaqa-ehson berish moniylikning 
asosiy talablari hisoblanadi. Turk xoqonligi davrida moniylik 
So‘g‘diyona, Tohariston, so‘ngra, Sharqiy Turkiston va Xitoyda 
keng tarqaladi. Sharqiy Turkiston va Xitoyda keng tarqalishida 
so‘g‘diyonalik missionerlarning roli benihoya katta bo‘lgan. VIII 
asrda uyg‘ur xoqonlari moniylikni davlat dini deb e’lon qiladilar. 
Xitoy imperatorlari esa so‘g‘dlarga Xitoy hududlarida ibodatxonalar 
qurishga va moniylikni targ‘ib qilishga ruhsat beradi.
Moniy va uning izdoshlari o‘z ta’limotlarini targ‘ib qilishda 
san’atga, ayniqsa, uning musiqa va tasviriy san’at turlariga alohida 
e’tibor beradilar. Ular musiqa va tasviriy san’atning inson ruhiyatiga 
chuqurroq kirib borishi, dindorning nozik tuyg‘ularini o‘zgartirishi va 
ag‘dar-to‘ntar qilib yubora olish qudratiga alohida e’tibor beradilar. 
Shu boisdan ular diniy marosimlarni o‘tkazishda musiqa san’atidan 
keng foydalanadilar. Ibodatxonalarni bezashda esa tasviriy san’atga 
alohida o‘rin ajratadilar, diniy sujetlardan keng foydalanishadi. 
Bu bilan Markaziy Osiyo va unga yondosh bo‘lgan mintaqalar va 
davlatlar, jumladan sharqiy Turkiston va Xitoyda musiqa va tasviriy 
san’atning rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadilar. 
Shuni alohida qayd etish lozimki, Turk xoqonligi davridagi 
haykaltaroshlik va qo‘shiqchilik san’atlarining rivojlanishida bud-
daviylik va zardushtiylikning o‘rni ham beqiyos katta bo‘lgan. Sababi, 
buddaviylikda Budda ibodatxonalari va stupalar bezagida nafaqat 
terrakota haykalchalar, balki relyefli va gorelyefli haykallardan ham 
keng ko‘lamda foydalanilgan. Mazkur haykallarda Budda va uning 
izdoshlari hisoblangan bodhisatvalarning haykallari yaratilib ibodat 
xonalarga joylashtirilgan.
Zardushtiylik dini esa qo‘shiqchilik san’atining rivojiga beqiyos 
darajada katta ta’sir ko‘rsatgan. Chunki, zardushtiylar ibodatida 
Ahuramazda va boshqa ezgu kuchlar qo‘shiq bo‘lib kuylanuvchi 


52
goxlar (qo‘shiqlar) orqali madh etilgan. Yovuz ruhlarga la’natlar 
o‘qilgan. Boshqacha qilib aytganda, diniy madhiyalar va goxlarni 
birgalashib kuylash diniy marosimlar hamda bayramlarning sho‘x-
shodon va zavqli o‘tishini ta’minlagan.
Oltoy hamda Janubiy Sibirdan ko‘chib kelgan turkiy qavmlar 
o‘rtasida shomonga e’tiqod qilish ham saqlanib qolingan. Chunki 
ko‘chmanchi chorvador qavmlarda hali urug‘ jamoasi an’analari 
saqlab qolingan edi. Xuddi shuningdek, tuproq, suv, olov va havoni 
yaratgan Ko‘k tangriga e’tiqod qilish, unga atab ot, sigir, va qo‘y 
qurbonlik qilish marosimi ancha muhim bo‘lgan. Shu o‘rinda nima 
sababdan buddaviylik Markaziy Osiyo xalqlarining mustahkam diniy 
e’tiqodiga aylanmadi, degan savol tug‘iladi. Axir buddaviylik hatto 
turkiy sulola-Kushonlar tomonidan davlat dini deb e’lon qilingan 
edi-ku?
Turklar azaldan tabiatning ayovsiz qarama-qarshiligi ostida 
yashaganlar. Ular iqlim sharoiti birmuncha mo‘tadil bo‘lgan hind-
larga nisbatan injiq tabiat hodisalari va turli urushqoq qavmlar 
orasida yashaganlar. Ularning yumshoq ko‘ngil bo‘lishi, yovga 
rahm-shafqat qilishi o‘lim bilan baravar bo‘lgan. Shimolning 
ayovsiz sovuqlariga, tabiatning turli xil sinovlari va har qanday 
qiyinchiliklarga dosh bera oladigan mustahkam iroda talab qilinar 
edi. Shu boisdan ham turklar o‘z mijozlariga to‘g‘ri kelmagan 
Hindiston dinlarini qabul qilishga mutlaqo urinishmagan. Xususan, 
Budda dini VI – VIII asrlar davomida Markaziy Osiyoda tarqala 
boshlagan edi. Biroq Ko‘k Turk hukmdori Bilga xoqon va uning 
vaziri To‘nyuquq bu dinni yumshoqlik va miskinlikni targ‘ib etgani, 
jangu jadalni va hayvon so‘yishni man qilgani, xullas, turklarning 
hayot tarzlariga mos kelmagani uchun rad etdilar. Chunki Budda 
din millatning harb qudratini buzib, Chin (Xitoy) xavfiga yo‘l 
ochishi mumkin edi. Shuning uchun ham turklar har bir ishda milliy 
xususiyat, ehtiyoj va andishalardan kelib chiqib ish qilishardi. Ayni 
choqda IX asr arab mutafakkiri Johizning: «Moni dinini qabul etgan 
uyg‘urlar jang qobilyatini yo‘qotdi – degan ta’kidini eslamoq joiz.
Shomoniy turklar jang asnosida dushmanni o‘ldirishni gunoh 
emas, balki savob hisoblashardi. Shuning uchun ham Ko‘k turk 
xoqonlari va beklari o‘ldirilgan yog‘iy (dushman) urug‘larining 
chirkin haykallarini (balballarini) o‘z mozorlari yoniga tiklashib, 
61
bo‘lib xizmat qilar edi. Arablarda katta hajmli surat bоsish uncha 
rivоjlanmagan edi. Buning sabablaridan biri shu ediki, Qur’оn 
musulmоnlarning ko‘p xudоlikka (“butparastlik”) qaytishidan 
qo‘rqib kishilar va hayvоnlarning suratlarini sоlishni taqiqlagan edi.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin