Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan


MAVZU: MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/54
tarix07.01.2024
ölçüsü1,13 Mb.
#208337
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI

MAVZU: MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA 
MADANIY HAYOT VA SAN’AT
Reja:
1. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining qo‘lga kiritilishi. 
2. Madaniyat sohasida milliy g‘oya ifodasi.
3. Mustaqillik-yillarida ma’naviy va tarixiy merosning 
tiklanishi.
4. O‘zbekistonda madaniyat va san’at taraqqiyoti.
Mavzuning o‘quv maqsadi: 
Talabalarga O‘zbekiston Respublikasi 
davlat mustaqilligini qo‘lga kiritishi, uning tarixiy ahamiyati, 
mustaqillik-yillarida O‘zbekistonda madaniyat, san’at va ilm-fan 
sohalarida qo‘lga kiritilgan yutuqlar haqida ma’lumot berish.
Har bir ijtimoiy tuzum o‘zi uchun qulay madaniyat tizimini 
yaratadi. Mustabid sovet tuzumi davrida kommunistik mafkuraga 
xizmat qiladigan yagona markazlashtirilgan madaniyat tizimi yaratilib, 
unga kommunistik partiya rahbarlik qilar edi. Sovetlarga madaniyat 
asosan kommunistik g‘oyalarni targ‘ib qilish, o‘z hokimiyatini 
mustahkamlash uchun kerak edi. Kommunistlar mamlakatda o‘ziga 
xizmat qiladigan va mavqeyini mustahkamlaydigan sotsialistik 
madaniyatni rivojlantirish uchun mablag‘ini ayamasdi.
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy, siyosiy islohotlarni amalga 
oshirish bilan bir vaqtda ma’naviy merosimizni, madaniy qad-
riyatlarimizni tiklash va ularni xalqimizga yetkazish borasida keng 
ko‘lamda faoliyat olib borilmoqda. 
Madaniy meros – qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz, ota-
boboblarimizdan bizgacha yetib kelgan ma’naviy boyliklar – siyosiy, 
falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq – odob me’yorlari, ilm-
fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san’at asarlari majmuidir. Har bir 
avlod ma’naviyatni yangidan yaratmaydi, mavjud ma’naviy merosga 
157
bilan aytganda, milliy ma’naviyatimiz ham jahonga chiqadi.
Adabiyot insoniyat taraqqiyotida muhim rol o‘ynagan va hozir 
ham shunday. XX asrgacha asosiy g‘oyalar faqat adabiy asarlar 
orqali xalqqa yetib borgan. XX asr boshida milliy uyg‘onish jarayo-
nida ham, XX asr oxirida mustaqillikka erishishda ham qalam ahli 
katta rol o‘ynadi. Biroq negadir mustaqillikka erishishimiz bilan 
yozuvchi va shoirlarimiz ham ijtimoiy, ham ijodiy jihatdan bir qadar 
sust bo‘lib qolishdi. Mustaqillikka erishilgandan so‘ng yaratilgan 
yaxshi adabiy asarlarni barmoq bilan sanasa bo‘ladi. Ba’zi adiblar 
«yozuvchiman!» deya turib, o‘zi jiddiy asarlar yozmay, faqat 
“gapiruvchi”ga aylanib ketmoqda.
Mustaqillik-yillarida badiiy adabiyotda milliylik, ming-yillik 
tari xiy ijodiy an’analar, umuminsoniy qadriyatlar, erkin fikr yuri-
tish tamoyillari tiklandi. Badiiy adabiyotda mustaqillikni asrab-
avaylash, ozod va obod Vatan qurish, barkamol insonni tarbiyalash, 
milliy o‘zlikni anglash kabi masalalar bosh mavzu bo‘lib qoldi. 
Abdulla Oripov, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Xurshid 
Davron kabi ijodkorlarning tarixiy roman, pyesa va qissalarida 
ulug‘ bobokalonlarimiz Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur va 
boshqalarning siymolari umuminsoniy va milliy qadriyatlarga mos 
tarzda yangicha talqinda yoritildi. 
Mustaqillik davri adabiyotining yalovbardorlari O‘zbekiston 
qahra monlari Said Ahmad, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, O‘zbe-
kiston xalq shoiri Muhammad Yusuflar ijodiy faoliyati bilan butun 
xalqimiz faxrlanadi. Istiqlol davridagi o‘zbek adabiyotshunosligi 
oldida turgan muhim vazifalarni hal etishda O.Sharofiddinov, B.Qo-
simov, N.Karimovlarning asarlari alohida o‘rin egallaydi. Muha-
mmad Ali va T.Malikning romanlari, U.Azim, E.A’zam, S.Sayyid, 
H.Xudoyberdiyeva, H.Ahmedova, J.Ergasheva, H.Do‘stmuhammad, 
Sh. Salimova singari shoir va adiblarning badiiy barkamol, g‘oyaviy 
yetuk asarlari katta hissa bo‘lib qo‘shildi. Umuman, adabiyotga 
e’tibor madaniyatning muhim yo‘nalishi bo‘lib qoldi. Yozuvchilarni 
qo‘llab-quvvatlash borasida 2010-yil O‘zbekiston Yozuvchilar 
uyushmasi huzurida “Ijod” fondi tashkil etilib, 2011-yildan yosh 
ijodkorlarning birinchi kitoblari davlat hisobidan chop qilina 
boshlandi. 
Adabiyotga e’tibor 2017-2018-yillarda yanada kuchaydi. 2017-


156
Milliy mafkurasiz madaniyat ravnaq topishi mumkinmi, degan 
savol tug‘iladi. Balki mumkindir. Biroq bunday madaniyat mil-
latni ezgu maqsadlar sari yetaklay olmaydi. Odillik, halollik, 
imon-e’tiqodlilik, hurflkrlilik, vatanparvarlik, ma’rifatparvarlik, ta-
raq qiyparvarlik, olijanoblik, mehr-muruvvatlilik, saxovatlilik, in-
son parvarlik kabi ma’naviy omillarsiz milliy mafkura rivoj topa 
ol maydi. Bu omillarsiz madaniyat, jumladan, ilm-fan, adabiyot, sa-
n’at, ta’lim-tarbiya tizimi rivojlansa ham, jamiyat taraqqiyotida ijo-
biy emas, balki salbiy rol o‘ynaydi.
Milliy g‘oya, mafkurani amaliyotda rivojlantirishda madaniyatning 
har bir turining o‘ziga xos o‘rni bor. Ilm-fan milliy g‘oya va 
mafkurani ravnaq topishida katta ahamiyat kasb etadi. Ilm-fanda 
paydo bo‘lgan g‘oyalar, konsepsiyalar, ta’limotlar hayotni taraqqiy 
ettiradi. Shuning uchun biz ilm-fan sohasida jamiyat taraqqiyotiga 
xizmat qiladigan fikr, g‘oya, ta’limotlar paydo bo‘lishi uchun qulay 
sharoitlar yaratishimiz kerak.
San’at (musiqa, raqs, teatr, tasviriy san’at)da xalqning ongi va 
qalbini qamrab oluvchi sehrli kuch borligini inkor etib bo‘lmaydi. 
Bu mo‘jizaviy imkoniyatdan xalqimiz ongini o‘stirish va ruhini 
tetiklashtirishda samarali foydalanish zarur.
San’at asarlarida tarixiy merosga, milliy qadriyatlarimizga mu-
rojaat etila boshlangani quvonchli hol. Biroq hozirgi yaratilayotgan 
san’at asarlarining saviyasi yetarli darajada emas. Shuni bilish 
kerakki, buyuk qadriyatlar haqida past saviyada gapirib bo‘lmaydi. 
Masalan, yuksak g‘oyalarni ifoda etish uchun o‘sha darajadagi 
ijodkor kerak. Agar Ahmad Farg‘oniy haqida spektakl yaratayotgan 
dramaturg, rejissyor va aktyorning g‘oyaviy, falsafiy, ma’naviy va 
madaniy saviyalari past bo‘lsa, mantiq talab qilgan yuqori darajadagi 
teatr asari yaratilmaydi. Past darajadagi asarlar, aholining madaniy 
saviyasini yuqoriga ko‘tara olmaydi.
Shuni unutmaylikki, nazariy jihatdan bitta qo‘shiq yoki bitta badiiy 
film bilan jahonga tanilish mumkin. Qani endi, “O‘zbek kino”da yara-
tilgan bir kinofilm, jahonning turli kino va teleekranlarida namoyish 
qili 
nish darajasiga loyiq bo‘lsa! Yoki Vatanimizda yaratilgan 
ohangrabo qo‘shiq jahonning ko‘plab joylarida ham yangrashiga 
erish sak, agar milliy san’atni yuqori darajaga ko‘tara olsak, bu 
asarlar bilan birga bizning fikr, g‘oyalarimiz, fazilatlarimiz, bir so‘z 
149
tayanadi, biroq uni qanday bo‘lsa shundayligicha, ko‘r-ko‘rona 
qabul qilavermaydi, taraqqiyparvarlik, insonparvarlik, adolat nuqtai 
nazaridan qabul qiladi va rivojlantiradi. 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng demokratik 
fuqarolik, odil jamiyat qurish maqsad qilib olindi. Madaniyat komil 
insonni shakllantirishga xizmat qila boshladi. Bu borada ulkan 
tarixiy va jahonshumul ishlar amalga oshirildi. Jumladan: 

qadimiy tariximizning haqqoniy, chuqur va har tomonlama 
o‘rganilishi, tarixiy mavzulardagi sovet davrida taqiqlangan 
asarlarning chop etilishi xalqimiz milliy-tarixiy ongini shakllantirishda 
muhim rol o‘ynamoqda;

sovetlar davrida man qilingan yoki cheklangan madaniy 
qadriyatlar: tarixiy xotira, milliy ong, milliy ruh, diniy e’tiqodlar, xalq 
odatlari, davlat tili, xalq ijodi, milliy o‘yinlar, tarixiy me’morchilik 
san’ati, ko‘pgina an’anaviy ijod turlari tiklandi; 

xalq odatlari, marosimlari va bayramlari (Navro‘z, Ro‘za 
hayiti, Qurbon hayiti kabilar)ning tiklanishi va yangi bayramlar 
(Mustaqillik kuni, O‘qituvchi va murabbiylar kuni, Xotira va 
qadrlash kuni kabilar)ning joriy etilishi xalq ma’naviy hayotiga 
yangi ruh va mazmun bag‘ishlamoqda; 

diniy qadriyatlarning tiklanishi, eski machit va madrasalarning 
ta’mirlanishi, yangilarining barpo etilishi, diniy adabiyotlar nashr 
etilishiga keng imkoniyatlar yaratilishi respublikamizda vijdon 
erkinligini ta’minlamoqda;

o‘zbek tilining davlat tili darajasiga ko‘tarilishi dilni qu-
vontirmoqda. O‘z navbatida, jahon tillarini o‘rganish ehtiyoji bizni 
olamga “yuz tutishimiz”ga, jahon hamjamiyatiga qo‘shilishga, 
umum 
insoniy qadriyatlarni yanada kengroq o‘zlashtirishimizga 
yordam bermoqda;

xalq ijodi, milliy amaliy san’atimiz jonlanib, rivoj topib. 
Vatan doshlarimiz va xorijliklarni lol qoldirmoqda. Xalq ijodi bo‘yi-
cha respublika va xalqaro anjumanlarning o‘tkazilishi, ajdodla rimiz 
merosi, milliy-axloqiy madaniyat durdonalari yoshlarni tarbiyalashda 
muhim omil bo‘lmoqda. Bu borada o‘tkazilayotgan rang-barang 
tadbirlar, jumladan, xalq hunarmandchiligi va tasviriy san’at 
ko‘riklari, oilaviy ansambllar va lapar ijrochilari tanlovlari, “Alla” 
ijrochilarining ko‘riklari, folklor-etnografik ansambllar festivallari, 


150
dorbozlar, an’anaviy sirk san’ati, qo‘g‘irchoq teatri jamoalarining 
ko‘rik-tomoshalari, qadimiy qo‘shiqlar, urf-odatlar va marosimlar 
namoyishlari kabi boshqa ko‘plab anjumanlar vatanimizda 
xalqimizning boy ijodiy merosiga katta e’tibor berilayotganligidan 
dalolat beradi.

Respublikamizda madaniyat sohasining yangi tizimi vujud-
ga kela boshladi. Jumladan, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat 
kengashi”, “Ta’lim markazi”, “O‘zbekkino”, “O‘zbeknavo”, “O‘zbek-
raqs”, “O‘zbekmuzey”, “O‘zbekteatr”, “Badiiy akademiya”, “Milliy 
madaniy markazlar” kabi ko‘plab madaniy-ma’rifiy tashkilotlarning 
tuzilishi respublika ma’naviyati asosiy sohalarining ravnaq topishiga 
zamin bo‘ldi.

ko‘plab nodavlat, notijorat tashkilotlari vujudga keldi.
Jahon madaniyatiga munosib hissa qo‘shgan ajdodlarimiz vakil-
lari tavalludlarining yirik sanalarini nishonlash ham xalqimizning 
eng ulug‘vor an’analariga aylanmoqda. Masalan, YUNESKO orqali 
xalqaro miqyosda:

1993-yil - Bahouddin Naqshbandiyning 675-yilligi;

1993-yil - Zahiriddin Muhammad Boburning 510-yilligi, 
2003-y. 520-yilligi:

1994-yil - Mirzo Ulug‘bekning 600-yilligi, (Samarqand, 
Parij);

1995-yil - Mahmud Zamahshariyning 920-yilligi;

1995-yil - Najmiddin Kubroning 850-yilligi;

1996-yil - Amir Temurning 660-yilligi (Samarqand, Parij);

1998-yil - Imom al-Buxoriyning 1225-yilligi;

1998-yil - Ahmad Farg‘oniyning 1200-yilligi;

2000-yil - Burhoniddin Marg‘inoniyning 910-yilligi;

2000-yil - Kamoliddin Behzodning 545-yilligi;

2001 -yil - Alisher Navoiyning 560-yilligi;

2003-yil - Abdulxoliq G‘ijduvoniyning 900-yilligi kabi 
buyuik ajdodlarimizning yubileylari, shuningdek:

1999-yil – “Alpomish” eposining 1000-yilligi (Termiz);

2001-yil – “Avesto”ning 2700-yilligi (Urganch);

2005-yil - Ma’mun akademiyasining 1000-yilligi (Xorazm) 
kabi sanalarga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi.
155
diy va ma’naviy yordam berib turilibdi, mablag‘ini ko‘paytirish ma-
qsadida tijorat ishlarini olib borishga ruhsat berilgan, soliqdan ozod 
etilgan. Biroq ular ishni yo‘lga qo‘yish uchun ajratilgan mablag‘lar-
dan maqsadga muvofiq foydalanishmayapti. Ishga eng zaruriy nar
-
salar o‘rniga bu tashkilotlarning rahbarlari o‘zlari uchun qulayliklar 
yaratishmoqda. Shuningdek, madaniyat tizimi o‘zini o‘zi mablag‘ 
bilan ta’minlash ishlarini ham yaxshi yo‘lga qo‘yishi zarur;
b) madaniyat va san’at sanoati yo‘lga qo‘ymasdan bu sohani 
taraqqiy ettirib bo‘lmaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kino sanoati 
(ssenariy yaratish, kino olish, ularni targ‘ib qilish, ijara ishlarini 
amalga oshirish), musiqa sanoati (musiqiy asarlarni yaratish, ijro 
qi lish, ovoz yozib olish va ularni tarqatish), tasviriy san’at sanoati 
(tasviriy durdonalar yaratish, ularni targ‘ib qilish, ko‘rgazma-
savdolar, auksionlar uyushtirish) kabilarni yanada yaxshi yo‘lga 
qo‘yish zarur bo‘lmoqda;
d) madaniyat tizimi faoliyatini yaxshilash uchun unga, albatta, 
ko‘proq faol qiziquvchi, tashabbuskor va izlanuvchi ijodkorlarni jalb 
etish muhim ahamiyatga ega. Ko‘pgina joylarda madaniyat sohasida 
hamma ishlayverishi mumkin, degan tushuncha mavjud. Bunday 
tushuncha bilan madaniyatni rivojlantirib bo‘lmaydi. Madaniyat 
jonkuyar, tashabbuskor tashkilotchilar bilan tirik. Ularsiz madaniyat 
tizimi ishlay olmaydi va inqirozga uchraydi.
Bugungi globallashuv sharoitida milliy g‘oya va mafkura muhim 
ahamiyat kasb etmoqda. Milliy g‘oya - bu, jamiyatni birlashtiruvchi, 
ruhlantiruvchi va olg‘a yetaklovchi kuchdir.
Milliy g‘oyaga birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning:
- yurt tinchligi;
- vatan taraqqiyoti;
- xalq manfaatiga oid fikrlari asos bo‘ladi.
Milliy g‘oya va mafkurani targ‘ib qilish uchun unga xizmat 
qiluvchi barcha vosita, usul va shakllardan samarali foydalanishimiz 
zarur. Bu borada, ayniqsa, madaniyatning o‘rni benihoya kattadir. 
Boshqacha qilib aytganda, madaniyatsiz, ya’ni, adabiyot, san’at 
(musiqa, kino, teatr, tasviriy ijod), ma’rifat, ilm-fan, odat, marosim, 
bayram kabilarsiz milliy mafkura o‘z ifodasini topishi qiyin. O‘z 
navbatida, milliy mafkura milliy madaniyatning ravnaq topishi va 
ezgu maqsadlar sari intilishiga yordam beradi.


154
sport ishlari vazirligi bosh-qosh bo‘lmoqda va ulkan ishlarni amalga 
oshirmoqda.
Davlat tizimida yangidan tuzilgan ko‘pgina tashkilotlar, masalan, 
“O‘zbekteleradio” kompaniyasi, “O‘zbekkino”, “O‘zbekiston Badiiy 
Akademiyasi”, “O‘zbeknavo”, “O‘zbekteatr”, “O‘zbekturizm” kabi-
lar samarali faoliyat ko‘rsatishmoqda.
Ijodiy tashkilotlar orasida esa yozuvchilar, bastakorlar, me’morlar 
uyushmalarining faoliyati diqqatga sazovor.
Madaniy-ma’rifiy markazlar ichida O‘zbekiston baynalmilal 
markazi, ijtimoiy fikr jamoatchilik markazi, Huquqiy madaniyat 
markazi va boshqalar ibratli ishlarni amalga oshirishmoqda.
Madaniyat tizimidagi muammolar. Jamiyatimiz madaniyat va 
ma’rifat “bino”sini baquvvat va go‘zal bo‘lishi uchun hali ko‘p 
ishlarni amalga oshirishimiz lozim bo‘ladi. Bu sohada bajarilishi 
lozim bo‘lgan ishlar talaygina. Ularning bazilariga to‘xtalamiz: Res-
publika va viloyatlar darajasida ulkan ishlar amalga oshirilayotgan 
bo‘lsa ham, ba’zi joylarda, jumladan, tuman, mahalla va qishloqlarda 
jiddiy e’tibor berish lozim bo‘lgan ishlar mavjud. Ko‘pgina joylarda-
gi mahalliy rahbarlar hanuzgacha madaniyat sohasiga yetarlicha e’ti-
bor berishmayapti.
O‘zbekiston hududlarining mushtarakligini ta’minlashda madani-
yat va san’atning o‘rni katta. Bu borada “Viloyatlar kuni”, ya’ni 
viloyatlarda bir-birining kunlarini o‘tkazish yaxshi samara beradi. 
Bunday tadbirlarni tumanlararo ham o‘tkazish mumkin.
Hozirgi davrda yoshlar ma’naviyatiga alohida e’tibor berish lozim 
bo‘lmoqda. Ba’zi yoshlar ongida va ma’naviy hayotida bo‘shliqning 
paydo bo‘lishiga mahalliy madaniyat muassasalarining talab dara-
jasida ishlamayotganligi sabab bo‘lmoqda. Klublar, madaniyat uy-
lari, kutubxonalar, istirohat bog‘lari mahalliy aholi va yoshlarning 
bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga va ularni g‘oyaviy, ma’naviy 
kamol topishiga samarali xizmat qilishi lozim.
Madaniyat tizimining moddiy negizini yaxshilash muhim muam-
molarning biri sifatida namoyon bo‘lmoqda, bu borada ko‘pgina 
ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, hali qator muammolar ham 
mavjud:
a) madaniyat sohasida tuzilgan yangi (davlat, jamoa va nodavlat) 
tashkilotlariga hukumatimiz katta mablag‘lar ajratgan. Ularga mod-
151

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin