Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan


Davlat tasarrufidagi tashkilotlar



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/54
tarix07.01.2024
ölçüsü1,13 Mb.
#208337
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI

Davlat tasarrufidagi tashkilotlar:
Madaniyat va sport ishlari 
vazirligi tizimidagi tashkilotlar; davlat aksionerlik jamiyatlari, 
153
kompaniyalar, birlashmalar: “O‘zbekkino” Milliy agentligi, “O‘ztele-
radio” kompaniyasi, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi, “O‘zbeknavo” 
estrada birlashmasi, “O‘zbekteatr” IIB, “O‘zbekraqs”, “Musavvir” 
ilmiy ijodiy ishlab chiqarish birlashmalari, “O‘zbekmuzey” bir-
lashmasi. “O‘zbekturizm” aksionerlik kompaniyasi va boshqalar.
Nodavlat va jamoat tashkilotlari: 
jamg‘armalar;
 
ijodiy 
tashkilotlar, jamiyatlar va uyushmalar; madaniy-ma’rifiy markazlar.
O‘zbekistonda quyidagi jamg‘armalar mavjud: Imom al-Buxoriy 
nomidagi xalqaro xayriya jamg‘armasi, Amir Temur nomidagi 
xalqaro xayriya jamg‘armasi, Ibn Sino nomidagi xalqaro jamg‘arma, 
“Oltin meros” xalqaro jamg‘armasi, Bobur nomidagi xalqaro 
jamg‘arma, Sodiqov nomidagi xalqaro jamg‘arma, “Sog‘lom avlod 
uchun” xayriya jamg‘armasi, “Kamolot” jamg‘armasi, Bolalar 
jamg‘armasi, “lste’dod” jamg‘armasi, “Ekosan” xalqaro ekologiya 
va salomatlik jamg‘armasi, O‘zbekiston ommaviy-axborot 
vositalarini demokratlashtirish va qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy 
jamg‘armasi, O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash 
“Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” jamg‘armasi va boshqalar.
Ijodiy tashkilotlar, jamiyat va uyushmalar: O‘zbekiston Yozuv-
chilar uyushmasi, O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi, O‘zbekiston 
Me’morlar uyushmasi, O‘zbekiston Faylasuflar jamiyati, O‘zbekis
-
ton Tarixchilar jamiyati, O‘zbekiston “Tasviriy oyina” ijodiy uyush-
masi, O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi va boshqalar.
Madaniy-ma’rifiy markazlar: Respublika Ma’naviyat targ‘ibot 
markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, O‘zbekiston 
huquqiy madaniyat markazi, Ijtimoiy fikr jamoatchilik markazi, 
O‘zbekiston ijtimoiy falsafa va milliy tiklanish markazi, O‘zbekiston 
baynalmilal madaniyat markazi, Milliy-madaniy markazlar (rus, 
ukrain, qozoq, koreys kabi yuzga yaqin markazlar) va xalqaro aloqalar 
jamiyatlari. Madaniyat tizimidagi davlat va jamoa tashkilotlari 
faoliyati. O‘zbekiston madaniyati tizimidagi tashkilotlarda hozirgi 
davrda: tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Muhim tashkiliy 
ishlar hal etilmoqda, ish mazmuni va shakli yangilanmoqda; jiddiy 
izlanishlar olib borilmoqda, jahon tajribasi o‘rganilmoqda va tajri-
balar orttirilmoqda; yangi sharoitda moddiy va iqtisodiy muammolar 
hal qilinmoqda.
Davlat tasarrufidagi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va 


176
etildi. Ular bir necha o‘nlab iste’dodlarni kashf qildi. Bu kabi tadbirlar, 
festivallar o‘tkazilishi an’anaga aylanib, xalqaro miqyosda nomoddiy 
madaniy merosni asrash yuzasidan olib bori layotgan harakatlar bilan 
uyg‘unlashib ketdi. Mustaqillik davrida professional musiqa va raqsni 
rivojlantirish ishlariga ham e’tibor qaratildi. 1996-yil “O‘zbeknavo” 
gastrol-konsert birlashmasi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti farmoni bilan 1997-yil Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi 
“O‘zbekraqs” milliy raqs birlashmasi hamda Toshkent davlat milliy 
raqs va xoreografiya oliy maktabi tuzildi. 2001-yil “O‘zbeknavo” 
estrada birlashmasi, Milliy estrada san’atini rivojlantirish va 
muvofiqlashtirish Kengashi ish boshladi. 
Istiqlol davrida tamomila yangi ko‘rik-tanlovlar, festivallar yuzaga 
keldi. 1995-yilda Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston - Vatanim 
manim” mavzuida ko‘rik-tanlov o‘tkazish yuzasidan qaror qabul 
qildi. 1996-yil mart oyidan o‘tkazilib kelinayotgan “O‘zbekiston - 
Vatanim manim” mavzuidagi ko‘rik-tanlovi mustaqillikni, Vatanni 
anglash, uni ulug‘lash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Shuning 
uchun ham 1996-yil 27-avgust kuni maxsus farmon qabul qilindi. 
Unda har-yili avgust oyining uchinchi yakshanbasi, “O‘zbekiston 
- Vatanim manim” qo‘shiq bayrami kuni deb e’lon qilindi. Tanlov 
mustaqillikni madh etuvchi yuzlab qo‘shiqlar yaratilishiga turtki 
bo‘ldi. Vazirlar Mahkamasining 1997-yildagi qarori bilan har 
ikki-yilda bir 1998-yili mamlakatimizda birinchi marta simfonik 
musiqa festivali o‘tkazildi. Mazkur festivalda dunyoning 20 ga 
yaqin mamlakatlaridan ijrochilar ishtirok etishdi.Mustaqillik-
yillari musiqa san’atini akademik, an’anaviy va zamonaviy 
yo‘nalishlarida rivojlanishiga zarur shart-sharoitlar yaratish qatorida 
uning ta’limiga ham e’tibor berildi. 2002-yilda Toshkent davlat 
konservatoriyasi O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga aylantirildi. 
Konservatoriyaning yangi binosi qurildi. 
Prezidentning qarori bilan qabul qilingan Bolalar musiqa va 
san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va 
ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha davlat dasturi ham 
muhim o‘rin tutib, uning doirasida 2009-2014-yillarda hududlarda 
278 ta musiqa va san’at maktabi foydalanishga topshirildi. “Nihol”, 
“Zulfiya” nomidagi davlat mukofotlari ta’sis etilishi, “Kamalak 
yulduzlari” respublika bolalar ijodiyoti festivali, “Sozlar navosi” 
161
o‘z tarixiy tomirlaridan kuch olib, gullab-yashnab, ajdodlarimiz 
tajribasiga tayanib, jahon darajasiga chiqib, umuminsoniyat 
sivilizatsiyasi taraqqiyotiga yana xizmat qiladi, degan umiddamiz.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin