164
ijodi va madaniy-ma’rifiy ishlar markazi”ning xizmati kattadir. Xalq
ijodiga oid ma’naviyatimiz durdonalarini aniqlash va ularga tegishli
ko‘mak berish borasida respublikamizda
amalga oshirilayotgan
diqqatga sazovor tadbirlarga murojaat qilamiz:
- xalq hunarmandchiligi, amaliy va tasviriy san’at, havaskor
ijodkorlar ko‘rigi, savdo-ko‘rgazmalari amaliy san’at ixlosmandlarini
rag‘batlantirib, ularning ilhomiga ilhom qo‘shib yubordi;
- “Alla” ijrochilarining Respublika ko‘rik-tanlovlari bola
kamolotida muhim o‘rin tutadigan Ona shaxsini e’zozlashga oid
ko‘plab qo‘shiqlarning yuzaga kelishiga imkon berdi;
- folklor jamoalari Respublika seminar-kengashi faoliyati
xalq ijodiyoti sarchashmalarini aniqlash, tiklash va targ‘ib qilishda
folklor-etnografik ansambllarning muhim o‘rin tutishini namoyon
etdi;
-
oilaviy ansambllar, katta ashula, lapar ijrochilari Respubiika
ko‘rik- tanlovlari o‘zbek xalq ijodining
barcha tur va janrlariga
Xalqaro darajada ham katta qiziqish bilan qaralayotganligidan
dalolat berdi.
- “Chashma” Respublika folklor ko‘rik-tanlovi xalq ijodi
bitmas-tuganmas va boy ma’naviy “buloq” ekanligini ma’lum qildi
va ayni chog‘da bu sohadagi qator muammolarni davlat miqyosida
ijobiy rial etilishiga turtki berdi;
-
maqomchilar Respublika ko‘rik-tanlovlari bu mumtoz san’at
dovrug‘ini yanada keng yoyib, ko‘plab iqtidorli iste’dodlarni yuzaga
chiqardi.
-
mashhur xalq baxshilari yubileylari baxshilik san’ati hozirgi
kunda qaysi yo‘llar, janrlar va qaysi ijodiy maktablar doirasida
ravnaq topayotganligini namoyon qildi;
- “Oilaviy ansambllar Respublika ko‘rik-tanlovlari”
vatanimizda oilaviy ijodni targ‘ib qilishda va ommalashishida
muhim omil bo‘ldi;
- “Turkiston – umumiy uyimiz!” ruknida Markaziy Osiyo
baxshi-shoirlarining ko‘rik-tanlovi o‘z atrofiga 100 dan ortiq
baxshilarni yig‘ib, mintaqa ko‘lamida Turkmaniston, Qozog‘iston,
Qirg‘iziston, Qoraqalpog‘iston baxshilarining o‘zaro ijodiy boyishiga
xizmat qildi;
- dorbozlar, an’anaviy sirk san’ati va qo‘g‘irchoq
teatri
173
munosib o‘rnini egallashga ko‘maklashish, ularning manfaatlarini
himoya qilish, yosh yigit-qizlarning o‘z aql-zakovati, kuch-g‘ayratini
to‘la namoyon etishi uchun zarur shart-sharoit yaratib berish, yosh
avlodning tayanchi va suyanchi bo‘lishdan iboratdir. Harakatning
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va
shahar bo‘limlari, ta’lim muassasalari, harbiy qismlar,
huquq-tartibot
organlarida boshlang‘ich tashkilotlari tuzildi. Ular 14 yoshdan 28
yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari - yoshlarni o‘z saflarida
ixtiyoriy ravishda birlashtirgan holda faoliyat ko‘rsatdi.
2017-yil 30-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy
harakati (YoIH) qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Bu qurultoyda “Kamolot”
YoIH tashkiloti tugatilganligi va “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi”
tashkil etilganligi e’lon qilindi. Yoshlarning muammolari hamda
tashabbuslari O‘zbekiston Prezidentining to‘g‘ridan-to‘g‘ri e’tiborida
bo‘lishini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” raisi
bir paytning o‘zida Prezidentning Davlat maslahatchisi lavozimida
bo‘lishi ham belgilab qo‘yildi.
Yoshlarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi. Millat
kelajagi ham ma’nan, ham jismonan baquvvat, sog‘lom yoshlar
qo‘lida. O‘zbekiston aholisining 60 foizdan ortig‘ini 30
yoshgacha
bo‘lgan yoshlar tashkil etadi.
1996-yil «Kamolot» yoshlar jamg‘armasi tuzildi. 2001-yil bu
jamg‘arma «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatiga aylantirildi. 2017-
yil mazkur harakat faoliyati tugatilib, «O‘zbekiston yoshlar ittifoqi»
tashkil etildi. 30-iyun sanasi «Yoshlar kuni» sifatida nishonlanadigan
bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yildagi “O‘zbekis-
ton Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga
qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining qabul
qilinishi mamlakatimizda yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin
fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan
har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish
borasidagi ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Ushbu qaror ilm-fanni
yanada rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni, jumladan,
qizlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga
chiqarish uchun yanada
keng sharoitlar yaratishga qaratilgan.
172
loyeva. J.Usmonov, A.Isayev, E.Is’hoqovlarning yangi, qiziqarli
asarlari tomoshabinda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Musavvirlarimiz yangi tarixiy bosqichda madaniy aloqalarni
qayta tiklash, yagona ma’naviy makon yaratishga yo‘naltirilgan
uslub va yo‘nalishlarni umuminsoniy tamoyillarga bo‘ysundirishga
intilmoqda. So‘nggi-yillarda kelajak poydevorini bugundan barpo
etish maqsadida, yoshlarga va o‘sib kelayotgan yangi avlodga
alohida e’tibor qaratilmoqda. Bularni bo‘lib o‘tayotgan festivallar,
tanlovlar, badiiy ko‘rgazmalar misolida ko‘rishimiz mumkin. An’ana
tusiga aylanib qolgan “San’at haftaligi”, “Ustoz-shogird” kabi
qator ko‘rgazmalar shular jumlasidandir. Ushbu ko‘rgazmalarning
barchasida tanlovlar e’lon qilingan bo‘lib, bir-birlari bilan ijodiy
raqobatga kirishgan yoshlarni ma’naviy rag‘batlantirish orqali
iqtidorlar tanlab olinmoqda va ularga keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Shuni guvohi bo‘lamizki, yosh rassomlar o‘z qiziqishlari va
intilishlariga ko‘ra hamohang mavzu va o‘z
uslublarini tanlashlari
mumkin bo‘lsa-da, akademik san’at poydevor vazifasini o‘tamoqda.
Yosh rassomlar ijodida o‘ziga xos milliy san’at rivojlanganligi
kishini quvontiradi. Shuningdek, jahon zamonaviy san’atining yangi
shakllari va konseptual g‘oyalari bilan muloqotlari faolligini yuqori
baholash mumkin.
Dostları ilə paylaş: