162
tuzildi va uning markazlariga yuklatilgan vazifalar yurtimizda ma’-
naviyat masalalarini yuksaltirishga qaratildi.
Ma’naviyatni rivojlantirish – davlatning
bosh vazifasi deb qarash
sohaning jiddiy taraqqiy etishiga zamin bo‘ldi.
O‘zbekiston Prezidentining avvaldagi «Ma’naviyat va ma’rifat»
jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va
samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi (1996-y) farmonida “Ma’naviy-
ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy, ustuvor yo‘nalishi deb
hisoblansin”, - deb qayd qilindi.
Kino.
Mustaqillik-yillarida milliy kino san’atini rivojlantirishga
ham alohida e’tibor qaratildi. Dastlabki davrdagi moliyaviy qo‘llab-
quvvatlashlar 2004-yili “O‘zbekkino” milliy agentligi tashkil
etilgandan keyin yangi bosqichga ko‘tarildi.
2017-yil kino san’ati uchun ham muhim-yil bo‘ldi. Birgina shu-
yilning o‘zida “O‘zbekkino” milliy agentligiga davlat budjetidan
12 milliard 400 million so‘m ajratildi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 29-dekabr kuni milliy
kino san’ati xodimlari va mutasaddilari bilan uchrashdi.
Unda kino
san’atining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, madaniyat va
san’at yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari, tajriba va malaka
oshirishini tashkil etish, hududlarda kinoteatrlar qurish, ularning
faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek,
kinematografiya sohasini rivojlantirish borasida qabul qilingan
qarorlar ijrosini ta’minlash, xorijiy kinostudiyalar va kinoijodkorlar
bilan aloqalarni mustahkamlash, ular bilan hamkorlikda filmlar
yaratishni yo‘lga qo‘yish ta’kidlandi.
Muzey.
Millatimizning o‘zligini anglashda hamda milliy,
tarixiy qadriyatlarimizni tiklashda muzeylar alohida o‘rin tutadi.
Muzeylar orqali o‘tmishni, tarixni ko‘rish, eslash, sezish, o‘rganish
mumkin. Shu boisdan ham, mustaqillik-yillarida mavjud muzeylarni
ta’mirlash, ularni yangi
eksponatlar bilan boyitish, yangi muzeylar
barpo etishga alohida e’tibor berildi. 1996-yili Toshkentda
Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Olimpiya shon-shuhrati, 2002-yili
Qatag‘on qurbonlari xotirasi, Surxondaryo viloyatining markazi -
Termiz shahrida Arxeologiya muzeyi ish boshladi. O‘zbekiston
Prezidentining 1998-yildagi “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash
va takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni mamlakatimizda muzey
175
Yoshlarga e’tiborning kuchayishi. 2016-yilda “Yoshlarga oid
davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi qonuni
qabul qilindi. Unga ko‘ra, 30 yoshgacha bo‘lgan barcha toifadagi
shaxslar yoshlar ekanligi qayd etilgan. “Yoshlarga oid davlat
siyosati to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda
yoshlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustahkamlashga,
yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda davlat organlari
hamda boshqa tashkilotlar mas’uliyatini kuchaytirishga, ushbu
sohada sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan chora-
tadbirlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qildi.
Prezidentimizning 2017-yil iyuldagi “Yoshlarga oid davlat
siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston Yoshlar
ittifoqi
faoliya tini qo‘llab- quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq
mam la katimizdagi barcha harbiy akademik litseylarga “Temurbeklar
mak tabi” nomi berildi. Yoshlarni yanada rag‘batlantirish maq sa dida
“Mard o‘g‘lon” mukofoti ta’sis etildi. Shu-yil sentabrda o‘quv-
chilarning aniq fanlarning yuksak marralarini zabt etishiga ko‘ mak-
lashish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi iqti-
dorlarini aniqlash hamda qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun
zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi tasarrufida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqur-
lashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab (Al-Xorazmiy maktabi)
tashkil etildi. Ushbu maktabga o‘quvchilar 5-sinfdan
boshlab yozma
va og‘zaki sinov natijalariga ko‘ra tanlov asosida qabul qilinadi.
Dostları ilə paylaş: