World scientific research journal www.wsrjournal.com Volume-10_Issue-1_December 2022 350 maqtayveradilar. Bu esa uning taltayib ketishiga va bundan keyingi topshiriqlarni
uncha mensimay, natijasiga e’tibor bermay bajarishga olib keladi.
Maktabga tayyorlanayotgan bolalarga asta-sekin sanoq sonlarni o’rgatish ham
foydadan holi bo’maydi. Ko’pgina onalar yoki tarbiyachilar bolalarni 3-4 yoshidanoq
sanashga o’rgatadilar va bolalarni maktab yoshiga yetgach, bemalol o’ngacha sanashni
biladilar. Lekin endi siz o’ngacha bo’lgan raqamlarni kartondan yasangda, stol ustiga
yoyib chiqing. Bola uni 1 sonidan 10 sonigacha to’g’ri ketma- ketlikda yoki aksincha,
10 sonidan 1 sonigacha qo’yib chiqishi kerak.
Bolaning diqqatini jamlash uchun unga ozgina fursat bering-da, quyidagi mashqni
ham birgalikda bajarib ko’ring. 10 sonigacha bo’lgan raqamlarning orasidan ikkitasini
olib tashlang yoki boshqa ikki sonni qo’shib qo’ying. Bir ozdan so’ng bola qaysi
raqamning yo’qligi yoki ortiqcha raqamni aniqlab berishi kerak.
Asta-sekinlik bilan o’yinlarni murakkablashtirib borishingiz mumkin. Chunki
bolaning diqqat turg’un, xotirasi esa ancha rivojlangan.
Ma`lumki, maktab ta`limi mazmuniga kirgan barcha bilimlar voqeylik qanday
bo`lsa uni shundayligicha, hech bir qo`shimchalarsiz aks ettiradi. Pedagogni vazifasi
o`quvchilarga ilmiy, haqqoniy bilimlarni asli holicha tushuntirishdan, ularni bilimlarini
mustaqil o`rganishlarida o`zlashtirilgan haqiqatlar borliqdagi – inson ongidan tashqari
ob’ektiv mavjud narsalarga muvofiqligini kafolatlaydigan yo`lga solishdan iboratdir.
Hatto bolalar ta`limining birinchi pog`onasida olgan juz`iy bilimlar ham haqiqatni
buzmasligi kerak. Boshlang`ich sinf matematikaga oid qiziqarli mavzularga krossvord, rebus va
ijodiy izlanishga undaydigan mashqlarni kiritish mumkin. Bunday qiziqarli masalalar
quyidagi didaktik talablarga javob berish kerak.
1.Qiziqarli masalalar tezkor va obrazli fikrlashni rivojlantirib, ularni
yechish jarayonida ijodiy motivatsiya hosil qilishi.
2.Taqdim etilayotgan materialning o`quvchilar uchun yangi va qiziqarli
bo`lishi.
3. O`quvchilarning o`quv-biluv faoliyati darajasini oshirish maqsadida
topshiriqlarning mazmunida uni turli usullar bilan yechilishining ko`zda tutilishi.
4.Qiziqarli
masalalarning
yechish
jarayonida
bosqichma-bosqich
o`quvchilarning ijodkorligini yuzaga chiqarishga yo`naltirilishi.
5.O`quvchilarning mustaqil ishlashini taminlash uchun topshiriqlarning
variativ bo`lishi.
6.Topshiriqlarni o`quvchilarning fazoviy tasavvur va tafakkurini
rivojlantirishga qaratilishi.
Matematika o`qitishda krossvord va rebuslardan foydalanish o`quvchilarni
zeriktirmaslikka, kimyo atamalaridan so`z boyligini oshirish va tez fikrlashga
o`rgatadi. MAtematikaga oid rebursni tuzishda turmushda uchraydigan va
o`quvchilarga ma’lum bo`lgan obyektlar, shakllar yoki tajribalarni tanlash maqsadga