Wps presentation


“Qiyosiy pedagogika”da metodologik yondashuvlar



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə5/8
tarix06.02.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#83066
1   2   3   4   5   6   7   8
Qiyosiy pedagogika 1-mavzu

“Qiyosiy pedagogika”da metodologik yondashuvlar
Melioristik yondashuv
Melioristik yondashuv (M.A.J.Parijskiy): boshlangich, o‘rta, oliy ta’lim kabi talim bosqichlari va xotin-qizlarning ta’lim olishi, o‘qituvchilarni tayyorlash kabi muammolar bo‘yicha savollardan iborat bo’lgan so‘rovnoma hamda kuzatuvlar asosida o‘tkazilgan tahlillardan iborat.
Tarixiy-falsafiy yondashuv vakillaridan biri rus pedagogi K.D.Ushinskiy bo'lib, u har bir ta’lim tizimining milliy xususiyatlarini saqlash tarafdori edi, bu esa chet el tajribasini tadbiq etishga birmuncha to‘sqinlik qilardi. Ingliz komparativistikasining klassik vakili M.Sendler ham ma’naviy va madaniy omillami bilmasdan turib, milliy ta’lim tizimini taqqoslash mumkin emas deb hisoblardi. XX asr boshlarida qiyosiy pedagogikada tizimli-sotsiologik yondashuv yuzaga keldi, bunda iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy, g'oyaviy xarakterdagi omillar qiyosiy tadqiqotlarning asosi deb qabul
qilindi.
Fanlararo yondashuvda, birinchidan, ta’lim tizimi rivojlanishining mamlakat iqtisodi bilan, demak, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy fanlar bilan bog’liqligi, ikkinchidan, tadqiqotlarda didaktika, tarbiya nazariyasi, etnopedagogika, pedagogika tarixi, oliy maktab pedagogikasi kabi sintezining zarurligi bilan bog’liqdir.
Ma’lumotli yoki mamlakatshunoslikka oid yondashuvda aniq davlatlardagi ta’lim tizimi rivojlanishining hozirgi holati tavsifiy bayon etiladi.
Resursli yondashuv qiyosiy pedagogik tadqiqotlarda ta’lim tizimining resursli ta’minot muammolarini o'rganishni nazarda tutadi: qonunchilik va siyosiy resurslar, ijtimoiy-siyosiy muhit va sharoit, moddiy-moliyaviy resurs, inson resurslari, ta’lim sohasidagi axborot resurslari majmui shular jumlasidandir.
Etnomadaniy yondashuv ayrim davlat, hudud va global miqyosda xalq ta’limi va madaniyatining rivojlanishidagi umumiy qonuniyatlar va milliy xususiyatlami aniqlashni nazarda tutadi, bu yondashuv hozirgi kunda juda muhim sanaladi, milliy ta’lim tizimlarining globallashuv va integratsiyalashuv yo'nalishi qiyosiy pedagogik tadqiqotlarda mazkur yondashuvning asosiy tamoyillarini ajratib ko rsatish imkonini beradi
Qiyosiy pedagogik tadqiqotlarning dolzarb yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
    • ta’lim iqtisodiyoti: turli davlatlardagi samaradorligining tahlili, moliyalashtirish, ayollarning ilm olishi, ta’lim va mehnat bozori, ta’lim xizmatlari, malaka oshirish, ta’lim va yoshlar ilmsizligi;
    • ta’lim sohasida siyosat va rejalashtirish: ta’limni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish, ta’lim sifati va menejmenti tizimi, demografik omillarni hisobga olish, ta’lim rivojlanishining strategiyasi va taktikasi;
    • ta’lim tizimlari: ta’lim tizimini loyihalashga invariant yondashuvlar, turli ta’lim trayektoriyasini tadbiq qilish, ta’lim tizimini bosqichli va profilli tabaqalashtirish hamda prognostic modellashtirish va h.k;
    • shaxs rivojlanishi (bola rivojlanishi nazariyasini qiyosiy o’rganish): didaktik aspektlar, ta’lim sifati, bolalarning kognitiv qobiliyatini rivojlantirish va h.k. ;
    • ta’lim mazmuni: maktab ta’limi yaxlit mazmuni - umumiyligi va o’ziga xosligi, shuningdek, ayrim o’quv sikl va fanlar bo’yicha ta’limda izchillik va variativlik, davlat standartlarining asosnomasi, darslik va h. (xalqaro tajribalar)
    • boshlang’ich va o’rta ta’lim: ushbu ta’limning tuzilishi va tashkil etilishi, boshqarish va moliyalashtirish, dunyoda mazkur ta’lim turining o’ziga xosligi, maxsus dasturlar;
    • maktabgacha va oila ta’lim-tarbiyasi: maqsadning variativligi, pedagogik jarayonning tuzilishi, funksiyalari, o’ziga xosliklari va xalqaro tajribasi, muassasalar tipologiyasi, boshqaruv muammolari;
    • oliy ta’lim: bu ta’limning tashkiliy masalalaridagi xalqaro tajriba, akademik fanlar bo’yicha ta’lim mazmunini ishlab chiqish, shakl va metodlar, subsidiyalar va stipendiyalar, ta’lim mazmimi asosnomasiga fanlararo yondashuv, pedagogik jarayonning axborot ta’minoti, o’z-o’zini boshqarish muammolari, sifat baholari, fan va ta’lim integratsiyasi va boshqalar;
    • noformal ta’lim va kattalar ta’limi: mustaqil o’qishning xalqaro aspektlari, kattalar ta’limini tashkil qilish bo’yicha xalqaro tajribalar, tashkilotlarning o’ziga xosliklari, tizimli yondashuv va ta’minot va h.;
    • innovatika: innovatsion texnologiyalarni o’quv jarayoniga tadbiq etishning psixologik va pedagogik asoslari, innovatsion ta’limni baholash muammolari, innovatsion jarayonlarni bashorat qilish, ta’lim jarayonini tashkil qilishda innovatsion texnologiyalar, ta’lim sohasida innovatsion faoliyat darajalari.


Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin