4- mavzu. Menejment psixologiyasi: rahbarlik va liderlik


Imij – shaxsning jamiyat a`zolari tomonidan tashqi qabul qilinuvchi obrazi. I



Yüklə 121,31 Kb.
səhifə12/20
tarix07.01.2024
ölçüsü121,31 Kb.
#209873
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
4-mavzu

Imij – shaxsning jamiyat a`zolari tomonidan tashqi qabul qilinuvchi obrazi. I. tovar obrazi, uning biron narsani eslatishi, o`xshashi va aks ettirishi, tovar bozori iqtisodiyotiga chambarchas bog`liq bo`lgan ijtimoiy-psixologik holat. Tovar imiji tovarning reputatsiyasi, tovar markasi, tovar ishlab chiqarilgan korxona va mamlakat bilan assosiasiyalashadi.
Individuallik – shaxsning betakror biosotsiologik xususiyatlari.
Intiluvchanlik – yaxshilik, qulaylik hamda doimo foydaga intilish qobiliyati.
Ishonchli bo‘lish – boshqaruvchining o`zini mas`uliyatli, ishonchga arziydigan shaxs ekanligini ko`rsata olish qobiliyati.
Ishontira olish – axborot oqimining shaxs tomonidan tadqiddan xoli, erkin ravishda o`zlashtirishiga erishishni ko`zlagan psixologik ta`sir etish metodi.
Ishontiruvchi muloqot – rahbardagi kerakli odamlarni ishontirish uchun ma`lumotlarni (og`zaki yoki yozma) yetkazib berishni tashkil eta olish xususiyati.
Istiqbolli fikrlash – bu rahbardagi vaziyatning natijasi, ochilmagan qirralarini topa olish va shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo`lgan holatga tayyor turish uchun zarur bo`lgan chora-tadbirlarni ko`rish kompetentsiyasi.
Jamiyat – muayyan hududda istiqomat qiluvchi, yagona siyosiy hokimiyatga itoat qiladigan va o`zlarini boshqa qo`shni guruhlardan farqlaydigan odamlar guruhi. J. tabiatning bir qismi, ya`ni ijtimoiy borliq bo`lib, odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar o`rtasida amal qiladigan juda ko`plab munosabatlar yig`indisidir.
Jamoa – maqsadlari jamiyat maqsadiga mos keladigan umumiy faoliyat bilan birlashgan odamlar guruhi.
Jins (sex) biologik kategoriya sifatida – mavjud genlar va jinsiy a`zolar birligi, tug`ilishgacha, o`smirlik va katta yoshlilarga xos bo`lgan gormonal to`plam. J. (sex) ijtimoiy kategoriya sifatida u inson tug`ilishida belgilangan. J. (sex gender) o`xshashlik – o`zini mazkur jinsga tegishli ekanligini anglash. J. (gender) jarayon sifatida – o`rgatish, o`rganish, rolni qabul qilish, muayyan gender maqomiga mos keladigan xatti-harakatlarni o`zlashtirish. J. (gender) maqom va tuzilma sifatida – individning gender maqomini jinslararo belgilangan munosabatlar qismi sifatida, ayniqsa, hukmronlik va bo`ysunishning tarkibi sifatida ko`rinishiga barham berish.

Yüklə 121,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin