4- mavzu. Menejment psixologiyasi: rahbarlik va liderlik



Yüklə 121,31 Kb.
səhifə17/20
tarix07.01.2024
ölçüsü121,31 Kb.
#209873
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
4-mavzu

Og‘zaki muloqot – rahbarning xodimlari bilan birgalikda faoliyat yuritayotganda va suhbat paytida o`z fikrlarini aniq ifoda eta olish qobiliyati.
Partisipativlik uslubi – bu rahbarning tashkilot maqsadiga erishish yo`lida xodimlar bilan gorizontal yo`nalishdagi munosabatlarni rivojlantirish uslubi.
Personal – tashkilotdagi barcha inson resurslari yig`indisi. Bunga tashkilot xodimlari, biron loyihani joriy etishda qatnashuvchi hamkorlar, tadqiqot o`tkazish uchun, strategiya ishlab chiqish, biron tadbirni amalga oshirishda qatnashishga taklif etilgan ekspertlar ham kiradi (Bazarov T.). P. – avvalo odamlardan iborat bo`lib, ular o`ziga sifat va xossalarning murakkab majmui bilan ajralib turadi. P. – boshqaruv tizimining asosiy elementidir. U ayni bir vaqtda boshqaruvning ham ob`yekti, ham sub`yekti sifatida maydonga chiqishi mumkin.
Personalni o‘qitish – xodimning kasbiy mahoratini oshirish yo`lidagi asosiy tadbir bo`lib, ushbu omil nafaqat kasbga oid mutaxassisliklar, balki rahbarlik mahoratini oshirishga ham tegishlidir.
Professiogramma – u yoki bu kasbga qo`yiladigan talablardan kelib chiquvchi shaxsga xos bilim, malaka va ko`nikmalarning uyg`unlashgan yig`indisidir. P. – biror kasbning ijtimoiy-iqtisodiy, ishlab chiqarish va texnik, sanitariya-gigiyena, psixologik va boshqa xususiyatlarini bayon etish demakdir. P. – kasbning turli ob`yektiv xarakteristikalari tasnifi.
Professional mutaxassisning mehnat faoliyati jarayonida o`ziga qo`yilgan vazifalarni yuqori darajada bajarishga erishgan holati.
Professional (kasbiy) kar’yera shaxsning aql, mahorat va malaka borasidagi o`sishi. P.k. – odatda ixtisoslik (masalan, chuqurlashtirilgan, tanlangan boshlang`ich bir kasbiy harakat yo`li) yoki kasbiy kengayish (masalan, insonning hayotiy faoliyat tajribasini boshqa sohalar bilan uyg`unlashuvi va kengayishi) yo`nalishlarida shakllantiriladi.

Yüklə 121,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin