4- mavzu. Menejment psixologiyasi: rahbarlik va liderlik



Yüklə 121,31 Kb.
səhifə19/20
tarix07.01.2024
ölçüsü121,31 Kb.
#209873
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
4-mavzu

Strategik komanda – kelajakka yo`nalgan maqsad va vazifalarni belgilash uchun tashkil etilib, mazkur komanda rahbar, uning muovinlari, yordamchilari va tashkilotdagi malakali mutaxassislardan iborat bo`ladi. Bundan tashqari komandaga ekspert sifatida chetdan mutaxassislar ham taklif etilishi mumkin. Bunday komandalar muhim tadbir yoki korxona kelajagini rejalashtirish bo`yicha tashkillashtiriladi.
Stresslarni boshqarish – rahbarning bosim o`tkazilganda va ziddiyatli vaziyatlarda o`zini qo`lga ola bilish xususiyati.
Tashabbuskorlik – rahbardagi tegishli ko`rsatmalar olish yoki kuchli zarurat tug`ilgunga qadar nima qilish kerakligini ko`ra olish qobiliyati.
Tashkilot ichidagi kar’yera – xodimning bir tashkilot doirasidagi rivojlanish bosqichlarining izchillik bilan almashinib borishi va harakat trayektoriyasi bilan bog`liq o`sishi.
Texnika sohasidagi kompetentsiya – rahbarning texnika sohasidagi chuqur bilim va ko`nikmalarini ko`rsata olish qobiliyati.
Texnologik yondashuv – bu tasvirlash emas, balki loyihalashtirilgan nati-jalarni amalga oshirish imkonini beruvchi amaliy ko`rsatmali tuzilma.
Tushuntiruvchi fikrlash – rahbardagi yaxlit, mavhum va nazariy fikrlash yordamida samarali yechimni topa bilish qobiliyati.
Uslubiy kompetentsiya – rahbarning bilgan narsalari, shaxsiy malaka va ko`nikmalari, turli loyihalar xususidagi ma`lumotlar, topshiriqlarni tez, to`g`ri va tushunarli tarzda xodimlarga yetkaza olish qobiliyati.
Vazifa – maqsad va uni amalga oshirish bosqichlarining oydinlashtirilishi.
Vertikal kar’yera – lavozimda o`sish.
Vijdonlilik – rahbardagi o`zining va o`zganing ishi to`liq bajarilgani, ma`lumotlar esa tekshirilganiga ishonch hosil qilish, taqdimot (prezentatsiya) va konferentsiyalarga qattiq tayyorgarlik ko`rish, boshqa hamkasblar bilan birgalikda shartnomalar hamda majburiyatlar to`liq bajarilayotganini kuzatib borish kompetentsiyasi.
Xayrixohlik – rahbarning ustunlikka intilmaslik, o`z hissiyotini nazorat etish, ma`lumotni e`tiroz bildirmay qabul qilish, salbiy hisning yo`qligi, optimal nutq tempi.

Yüklə 121,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin