4- mavzu. Menejment psixologiyasi: rahbarlik va liderlik


Guruhlarda rahbarlik va liderlik



Yüklə 121,31 Kb.
səhifə3/20
tarix07.01.2024
ölçüsü121,31 Kb.
#209873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
4-mavzu

Guruhlarda rahbarlik va liderlik
Mutaxassis I. Mahmudov o`zining “Boshqaruv psixologiyasi” nomli kitobida “lider” so`zining izohiga oid quyidagi mulohazalarni keltirib o`tadi: “...Umuman olganda, adabiyotda “lider” so`zini “yetakchi” atamasi bilan almashtirish hollari ko`p uchraydi. O`ylashimizcha, “yetakchi” atamasi “lider”ga xos bo`lgan psixologik tavsifni to`la ifodalay olmaydi. “Yetakchi” so`zi guruhga munosabat sifatida, uning a`zolariga ta`sir o`tkazuvchi va maqsadga yetaklovchi shaxsga nisbatan ishlatiladi. Yetakchilik guruh tarkibini, undagi munosabatlar tizimini tahlil etish orqali aniqlanadigan shaxs holatidir. Lekin liderga xos bo`lgan fazilatni ifodalovchi yana qator jihatlar borki, ularni munosabatlar tizimi doirasidagina tahlil etolmaymiz. Bunday talqinda liderga xos bo`lgan asosiy jihatlardan yana biri – shaxsning vaziyatga muvofiq ravishda harakat qilish qobiliyatini hisobga olish zarurati tug`iladi. Biron-bir muammoli vaziyatda paydo bo`lgan qiyinchilikni bartaraf etishdagi tashabbus, topqirlik va mohirlik liderga xos fazilatlardir. Muammoni yechish bilan bog`liq qiyin vaziyatda lider boshqalarga nisbatan o`zining ilg`orligi, peshqadamligi bilan ajralib turadi. Fikrimizcha, o`zbek tilida aynan shu ikki ibora – “peshqadam” va “yetakchi” so`zlari majmuasi lider mohiyatini to`la ifodalashi mumkin. Nazarimizda, “yetakchi” so`zi shaxsning guruhni yetaklashga, boshchilik qilishga bo`lgan ishtiyoqi mavjudligidan kelib chiqadi. “Peshqadam” iborasi esa ma`lum fazilatlarga ega bo`lgan shaxs ketidan guruhning ergashishini, jamoaning o`z ixtiyoriga ko`ra o`zi ishongan odam borayotgan yo`lni tanlashini anglatadi. Aynan shu holat “lider” iborasiga nisbatan ham ishlatilishi zarur. Liderning bu xususiyati, uning hissiy jozibadorligida, o`zgalarni o`ziga jalb etish fazilatida namoyon bo`ladi”.
Guruhlardagi o`zaro munosabatlar yuqoridan pastga yoki aksincha bo`lib, guruh a`zolarining konkret mavqelari, boshliq bilan bo`ysunuvchilar o`rtasidagi munosabatlarni o`z ichiga oladi. Bu borada “lider” va “boshliq” tushunchalari o`rtasidagi farqlar haqida gapirish lozim hisoblanadi.
B. Parigin bu ikki tushunchani farqlab shunday yozadi:
(1) lider asosan guruhdagi shaxslararo munosabatlarni boshqarsa, rahbar – shu guruhdagi rasmiy munosabatlarni boshqaradi;
(2) liderlik kichik guruhlargagina xos bo`lgan hodisa bo`lsa, rahbarlikning haq-huquqlari katta guruhlar doirasida ham sodir bo`lishi, amalga oshirilishi mumkin;
(3) agar liderlik stixiyali, betartib jarayon bo`lsa, rahbarlik maqsadga qaratilgan jamiyatda ishlab chiqilgan normalar, tartiblar asosida saylovlar oqibatida sodir bo`ladigan hodisadir;
(4) liderlik rahbarlikka nisbatan vaqtinchalik hodisa bo`lib, guruh a`zolaring kutishlari, ularning kayfiyatlari, faoliyat yo`nalishiga qarab, uzoqroq muddatda yoki qisqa muddatda ro`y beradi;
(5) rahbarning liderdan farqi yana shundaki, u liderda yo`q bo`lgan jazolash va rag`batlantirish tizimiga ega bo`lib, shu asosda xodimlariga o`z ta`sirini o`tkazish mumkin;
(6) lider guruhda u yoki bu qarorlar, ko`rsatmalar tashabbuslarni o`z ixtiyoricha bevosita chiqarishi mumkin, rahbarda esa, bu yo`nalishda ko`plab ko`rsatmalar, rejalar, normalar, buyruqlar mavjudki, rahbar ular doirasidan chiqib ketishi, o`zboshimchalik qilishi qiyin;
(7) liderning faoliyati faqat kichik guruhlar doirasida amalga oshirilsa, rahbar shu guruhning kengroq ijtimoiy doiradagi, jamiyatdagi vakili bo`lganligi uchun, uning vakolatlari ham keng, faoliyat imkoniyatlari ham ortiqdir.
Lider hech qachon yolg`iz bo`lmaydi, u doimo guruh a`zolari davrasida qaraladi, shu guruh a`zolarini u yoki bu harakatlarga chorlaydi. Chunki lider shu guruh a`zolarining psixologiyasi, ularning kayfiyatlari, intilishlari, qiziqishlari va hokazolarini hammadan yaxshi biladi, ularning ichida eng tashabbuskoridir. Agar tashkilot doirasida qaraladigan bo`lsa, turli xil lider borligini aniqlash mumkin. Masalan, guruh a`zolari ichida eng bilimli, aql o`rgatuvchi, topqir intellektual lider, xodimlar ichida hazilkash, dilgir, xushchaqchaq, ko`ngil so`rovchi, o`zgalarni tushuna oladigan – emotsional lider, guruhni ish faoliyatga chorlay oladigan, dadil, qat`iyatli, irodali – irodaviy liderlar bo`lishi mumkin. Ular ayni vaziyatlarda vaziyat talabiga ko`ra paydo bo`ladilar hamda xodimlar ongida o`z sifatlariga ko`ra obro`-e`tibor qozonadilar. Lider sifatlari ichida yaxshi va yomonlar ham bo`lishi mumkin, lekin guruh liderga erishganda, uni ibrat sifatida tanqidsiz qabul qiladi va shuning uchun ham barcha ishlariga ergashib, ko`rsatmalariga amal qiladi. Xodimlar ichida xulqi tashkilot qabul qilgan normalarga to`g`ri kelmaydigan liderlarning borligi, ular ma`lum guruh ichida so`zsiz obro`ga ega ekanligi ham shu bilan tushuntiriladi. Masalan, lider “ketdik” deb ko`rsatma bersa, unga ergashganlarning ishni ham tashlab keta olishi shu bilan tushuntiriladi. Shuning uchun ham, xoh quyi bo`g`in, xoh yuqori bo`g`in rahbari o`z qo`l ostidagi rasmiy liderlar bilan ishlash bilan cheklanmaydi, balki norasmiy liderlarni ham aniqlay bilishi, ular bilan hamkorlikda ishlashi zarur. To`g`ri, ba`zi hollarida rasmiy va norasmiy lider bir shaxs bo`lishi mumkin. Bu juda qulay, lekin liderlik vaziyatga bog`liq bo`lgani uchun ham ularning o`zgarib turishini hisobga oladigan bo`lsak, rahbarning boshqarish mahorati yoki sa`ati uning norasmiy liderlar bilan samarali ishlash usulidir.
Shunday qilib, har qanday lider obro`ga ega. Obro`lilik shaxsning shunday xususiyatiki, u boshqa shaxslarga ham hissiy-emotsional, ham irodaviy ta`sir 48 ko`rsata olish qobiliyatiga egadir. Norasmiy obro`lilik, ya`ni shaxslararo munosabatlar mahsuli sifatida orttirilgan obro`-e`tibor samaralidir. Xodimlar ko`ngliga yo`l topish, ularni turli vaziyatlarda tushuna olish, ishonch va shunga o`xshash kabi omillar obro` orttirish me`zonlaridir.

Yüklə 121,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin