MAY 2023 ISSN: 2181-3558 116
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH pank” oqimi tarafdorlari ham davom ettirishdi. Aholining katta qismi virtual olam
bilan mashg’ul bo’lganligi uchun ular asarlarida kompyuterlashgan jamiyatni
tasvirlashadi. “Kiber pank”ning mashhur namoyondalari V.Gibson, B.Sterling,
R.Ryukerlar hisoblanadi.
10
G’arb adabiyotida 90-yillarning oxirida va XXI asrning boshlarida yaratilgan
ilmiy fantastik asarlarda eski uslublar, shakllar va erishilgan yutuqlardan
foydalanilayotganini ko’rishimiz mumkin. Zamonaviy jahon adabiyotida ancha
vaqt oldin qilingan adabiy “kashfiyotlar” modernizatsiya qilinmoqda, 20-yillarda
ommalashgan uslublar qo’llanilmoqda. Misol uchun adabiyotga yangi kirib kelgan
“kosmik opera” oqimi ilmiy fantastikada renessans davriga aylandi. Bu mavzu XX
asr boshlarida paydo bo’lgan bo’lib, “Kosmosga sayohat” va “Planetalar urushi”
kabi adabiy g’oyalarni qamrab olgan. “Kosmik opera”ning yangicha varianti
hattoki muhim va biroz hazilomuz nomlandi – “barokko uslubidagi kosmoopera”.
“Kosmik opera”ni yangilash uchun personajlar ustida qayta ishlandi.
Mualliflarning asosiy e’tibori tushuntirish va detallarga, asardagi chalkash
jumboqlar va tez-tez uchraydigan bema’ni kosmik g’oyalarga qaratildi. Biroq
shunisi ma’lum bo’ldiki, keyinchalik “kosmik opera” taraqqiy etmadi, bu yo’nalish
hamjahon adabiyoti ilmiy fantastikasida katta burilish yasay olmadi.
Amerika zamonaviy adabiyoti vakili Ezra Paundning “Doimiy yangilanishda
bo’l” chaqirig’i ham XX asring aks-sadosi bo’ldi. Yangi davr yozuvchilari nasrda
va nazmda yozgan o’z asarlarida yanglik olib kirishga g’ayrat bilan kirishdilar. Bu
asrga kelib zamonaviy psixologiyaning adabiyotga ta’siri ham kuchli bo’ldi.
Ko’pchilik buyuk yozuvchilar inson idroki mavzusiga qiziqish bildirdilar.
Adabiyotda “stream of consciousness”(sezgi oqimi) paydo bo’ldi. Shu oqim
namoyondasi Gertrud Steyn o’z asarlarida takroriy gaplardan foydalandi.
Zamonaviy uslubni amalda qo’llagan Irlandiyalik yozuvchi Jeyms Joysning
“Ullisses” asari shu uslubning o’ziga xos namunasidir. Joysning hissasi katta
bo’ldi, undan keyin ijod qilgan yozuvchilar o’z asarlarida Joysning uslubidan
foydalanishga e’tibor qaratishdi.
Ko’pchilik adabiyotshunoslar tahlillariga binoan ilmiy fantastika janri ilk
marotaba amerikalik yozuvchi Edgar Allan Po asarlarida ko’zga tashlangan. Uning
ba’zi hikoyalari konseptual asosga ega, ya’ni inson faqat o’zi egallagan bilimlari
yordamida tabiatning tushunarsiz, noaniq qonuniyatlarini ocha oladi. Uning bu
qarashlari “Gans Haolyaning sarguzashtlari” nomli asarida o’z aksini topgan.
Lekin E. Po hech qachon oddiygina ilmiy fantast yozuvchi bo’lishga harakat
qilmagan, u fantastikaning boshqa yo’nalishlarida ham ijod qilgan.
Bugungi kunda ilmiy-fantastik janr nafaqat rivojlangan Yevropa va Amerika
davlatlari uchun xos bo’lmasdan, balki oldinlari bunday mustaqil janrga ega
bo’lmagan o’zbek, qoraqalpoq, qozoq, qirg’iz adabiyotlarida shakllanib, rivojlanib
bormoqda. Bu adabiyotlarda ilmiy-fantastik janrning shakllanishi fan-texnika
10
Erich Schneider. “Cyberpunk as a Science Fiction Genre” P.: 2008. – P. 50-57.