MAY 2023 ISSN: 2181-3558 115
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH Bunday qarashlarning chegaralanganligiga qaramasdan, muharrirlar fantastik
adabiyotning gullab yashnashiga xizmat qilishdi. Shu davrni ingliz adabiyotida
“oltin davr” deb atasak bo’ladi. “Astounding science fiction” jurnalining
muharrirlari P.Xaylayn, T.Starjon, A.E.Van Vogt, L.Del-Rey kabi mualliflarni ijod
sahnasiga chiqishiga katta yordam bergan.
6
Buyuk Britaniyada ham bunday jarayonlar davom etgan. Adabiyotda bu
harakat “Yangi to’lqin” deb atalgan. Bu harakatning ilk mualliflari D.Ballrad,
D.Banner Angliyada, S.Dilini, T.Disha, X.Ellison, N.Spinrad kabilar AQShda ijod
qilishgan. “Yangi to’lqin”ning yanada yorqin tarafdorlari ilmiy fantastika
taraqqiyotida judayam radikal o’zgarishlarni kiritishdi. Hattoki ular ilmiy
fantastikani yangicha nomlashni taklif qilishdi. “Yangi to’lqin” idealogiyasi faol
ravishda adabiyotning turli yo’nalishlarida zamonaviy yutuqlarini va uning eng
oxirgi va avangard yo’nalishlarni o’zlashtirishdi.
7
Bu harakatning tarafdorlari yangi tajribalar o’tkazishga, ularni asarlarida
ifodalashga juda moyil edilar.Garchand, bu oqimning ijodkorlarining uslubi
judayam keskin ko’rinsada, “Yangi to’lqin” inqilobiy hodisa bo’lib qolaverdi.
Mazkur oqim ko’plab katta avlod yozuvchilarini mobillashishga, raqiblarining
usullarini o’zlashtirishga, g’oyalar xilma-xiligini boyitishga majbur qildi.
“Yangi to’lqin”dan so’ng ingliz adabiyotida qalam tebratuvchi har bir ijodkor
o’z asarida ilmiy fantastik g’oyalarni ifodalar ekan, ijod namunasining uslubiga va
adabiy tuzilishiga alohida e’tibor berdi. Garchi “Yangi to’lqin” shovqinli va
inqilobiy harakat bo’lsada, 1970-yillarning boshida bu harakat o’zidan sezilarli
darajada katta o’zgarishlarni qoldirdi. Shundan so’ng adabiyotshunoslarning bu
janrga nisbatan munosabatlari ham o’zgardi. Endilikda jahon adabiyotida
yozuvchilar ilmiylik g’oyasini xuddi maqsad deb emas, balki adabiy usul sifatida
ishlatishga harakat qilishdi.
8
1980-yillarning boshlariga kelib, ilmiy fantastikada gumanitar g’oyalar
shakllana boshlandi. “Yangi to’lqin” harakatiga nisbatan yanada keng tarmoqli,
xilma-xil yo’nalishga aylandi. Endilikda yozuvchilar o’z ishlarida insoniyatning
ruhiy olamiga e’tibor bera boshlashdi, uning ichki olamidagi o’zgarishlarni
tasvirlashga intilishdi. Bu yozuvchilar bir fikrda qat’iy turdilar: “Atrof muhitdagi
istalgan transformatsiyalarga qaramasdan, insondagi yaxshi sifatlar o’zgarmaydi”.
Judayam optimist ruhdagi gumanitar ilmiy fantastika yo’nalishi mustahkam
harakatga aylanmadi, unga bo’lgan qiziqish tezda so’ndi.
9
So’nggi yillarda jahon adabiyotida yangi oqimlar va yo’nalishlar kirib
kelmoqda. Xususan ilmiy fantastikada “Kiber Pank” oqimi kirib keldi. Bu harakat
katta ta’sirga ega bo’lib, informatsion inqilobga aylandi. Bu yo’nalishdagi
yozuvchilar kont madaniyatga e’tibor berishdi. Individualistik g’oyalar va adabiy
tajribalar o’tkazish ommalashdi. “Yangi to’lqin”ning bunday elementlarini “Kiber
6
Sadoul J. Histoire de la science-fiction modern - P.:,1976. – P. 23-25.
7
БритниковА.Ф. Русский советский научно-фантастический роман - Л.:1970. – Cтр. 210.
8
Ляпунов Б.В. В мире фантастики:обзор научно-фантастической литературы.- М.:, 1975. - Стр. 67.
9
Гаков Вл. Виток спирали:Зарубежная научная фантастика 60-70-х годов И.: Москва 1980. - Стр. 45-47.