MAY 2023 ISSN: 2181-3558 113
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH Shuningdek, bu janr ilmiy tasavvurlarni uyg’otib, kelajak haqida, ilm fanning
naqadar kuchli imkoniyatlari haqida o’rganishga majbur etadi.
Bu masalaga yanada kengroq qaraydigan bo’lsak, bu yo’nalish ilmiylikka
asoslanadi, shuningdek, ertakona, afsonaviy g’oyalardan yiroq turgan holda,
undagi voqea hodisalar ilohiy yoki qandaydir mo’jizaviy tushuntirishlarni emas,
balki ilmiy isbotlangan asoslarni talab etadi.
Hozirgi kungacha ilmiy fantastikaning tematik kenligi, yondashuvlar ko’lami
quyidagi mavzular bilan chegaralanib qolgan:
Kosmosga sayohat – ushbu yo’nalishda yozuvchilar quyosh tizimiga yaqin
bo’lgan sayyoralar va ularga amalga oshirilgan parvozlar haqida yoki
sayyoramizga yaqin bo’lgan yulduzlar haqida yozishadi. Shuningdek, bu mavzu
doirasidagi asarlarda yerliklarning turli sayyoralarni egallab olishlariga doir
sarguzashtlar yoritib beriladi.
Vaqt mashinasi bilan sayohat mavzusi ilmiy fantastikaning eng ommalashgan
mavzulardan biri hisoblanib, bunda vaqt mashinasi ixtiro qilinadi va kelajakka yoki
insoniyat tarixiga nazar solinadi.
Parallel olamlar haqida shu uslubda yaratilgan asarlarda parallel bo’lgan
olamlar, sayyoralar haqida yoziladi. Mazkur olamlarning turli-tumanligi va kelib
chiqish tarixini yozish fanastikada yana bir yo’nalish – tarixiy fantastikani
yaratilishiga asos bo’ldi.
Evolyutsiya yoki insoniyatning mutatsiyaga uchrashi – bu mavzudagi
asarlarda kelajakda insoniyatning ilohiy, mo’jizaviy qudratga ega bo’lishi, yangi
imkoniyatlarning paydo bo’lishi shuningdek, psixologik-telepatiya va prokinez
hodisalari tasvirlanadi.
Keyingi yo’nalishda jamiyatni yangicha modellashtirish g’oyasi asosiy o’rin
tutadi. Bu mavzuda yaratilgan asarlarning eng mashxuri Tomas Morning
“Utopiya” romani hisoblanadi. Mazkur asarda turli ijtimoiy muammolarning
yechimini ko’rsatish uchun idealogik jamiyat tasvirlangan. Bunday asarlar sirasiga
turli jamiyat shakllari haqidagi hikoyalar, hozirgi kunda, zamonaviy
jamiyatimizda, mavjud lekin Yerning izolyatsiya qilingan qismlarida: Tibetdagi
vodiylarda, Tinch okeanining chekka orollarida sodir bo’ladi. Bunday adabiy
asarlarni kreptio-tarixiy asarlar deb nomlanadi, bunda zamonaviy qandaydir sirli
kuchlar ta’sirida rivojlanadi.
2
Ilmiy fantastika janrining bosh obrazi doim taraqqiy etuvchi, rivojlanuvchi
inson timsolidir. Bu qahramon evolyutsion rivojlanuvchi, taraqqiy etuvchi
hisoblanadi.
Ko’pchilik adabiyotshunoslar tahlillariga binoan ilmiy fantastika janri ilk
marotaba amerikalik yozuvchi Edgar Allan Po asarlarida ko’zga tashlangan. Uning
ba’zi hikoyalari konseptual asosga ega, ya’ni inson faqat o’zi egallagan bilimlari
yordamida tabiatning tushunarsiz, noaniq qonuniyatlarini ocha oladi. Uning bu
qarashlari “Gans Haolyaning sarguzashtlari” nomli asarida o’z aksini topgan.
2
Чернышева. Т. Научная фантастика и современное мифотворчество И.: “Наука”. 1989. – Cтр. 25-27