MAY 2023 ISSN: 2181-3558 114
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH Jahon adabiyotida birinchi professional fantast yozuvchi Jyul Vern
hisoblanadi. Uning mashhur asarlari “Havo sharida besh hafta”, “Yer markaziga
sayohat” kabilarning adabiyot ommasiga havola etilishi bilan ilmiy fantastika janri
ham adabiyot olamida bir vaqtda paydo bo’lgan deb aytiladi. Yevropa davlatlarida
Jyul Vernning asarlari juda kata shuxrat qozondi. Uning adabiy qarashlari, adabiy
elementlari reallikka “jyul verncha” yondashish yoki ilm fanni hamma narsaga
qodir deb qarash kabi g’oyalarini yevropalik yozuvchilar o’z asarlarida
qo’llashgan.
XIX asrning 20-yillarida iste’dodli ingliz yozuvchisi Gerbert Uells ilmiy
fantastika sohasida katta burilish qildi. U jyul verncha qarashlarga, ijobiy
optimistik yondashuvlarga pessimistik ruh olib kirdi. Uning ijodining birinchi
pallasida chop etilgan “Vaqt mashinasi”, “Doktor Maro oroli”, “Ko’rinmas odam”
va “Olamlar jangi” kabi asarlari ilmiy fantastika janrining rang-barangligini yanada
boyitdi.
3
Hozirda bu yo’nalishning ijodkorlari asarlarida nafaqat Uellsning yoki
Vernning g’oyalarini balki o’zlarining boy, har xil g’oya va qarashlarini zamon
ruhiga moslashtirib olib kirdilar. XX asrning boshlarida ijod qilgan
yozuvchilarning asarlarida bizga parallel bo’lgan olamlar haqida yoki mutantlar
haqida yozish keng tarqaldi.
4
1926-yilda “Amazing stories” jurnalining chiqishi ilmiy fantastika
yo’nalishida tubdan burilish yasadi. Bu jurnalning muharriri Xyugo Gernsberg
bo’lgan. Uzoq vaqt mobaynida aynan shu jurnal jahon fantastikasida haqiqiy
bayroq bo’lib kelgan. A.Azimovning hikoyalari mazkur jurnalda birinchi bo’lib
chop etilgan.
5
1920-yillarga kelib, fantastik adabiyotda uchta asosiy yo’nalish ustunlik qildi:
fantastika, ilmiy fantastika va “qo’rqinchli” adabiyot. Bu janrlar uchun maxsus
jurnallar chop etila boshlandi. “Amazing stories” jurnali faqat ko’ngilochar ilmiy
fantastik asarlarni chop etgan bo’lsa, AQShda yana bir mashhur jurnal “Wizard
tales” paydo bo’ldi.
1930-yillarni ilmiy fantastikaning “oltin davri” deb atashadi. Bunday nomga
loyiq bo’lgan asarlar “Astounding science fiction” jurnalida chop etila boshlandi.
Bu jurnalning muharriri Kampbellning xizmatlari tufayli bu yo’nalish ilmiylikka
asoslandi va adabiyotning g’oyaviyligiga, ilmiy bilimlarning ommaviyligiga
asoslandi.
Yevropada bu janr tug’ilgan bo’lsada, biroq bu davrda biroz oqsadi. Bir
nechta fantastik asarlar paydo bo’lgan bo’lsada, bular kitobxonlar orasida katta
shuhrat qozonmagan. Bu davrning jahonga mashhur mualliflari J.Roni –
Fransiyada, G. Evers va E.Kisha – Germaniyada, K. Chapeka – Chexoslavakiyada
ijod qilishgan.
3
Sterling, Bruce. Science fiction in Encyclopedia Britannica 2008
4
ОсиповА. Н. Фантастикаот «А» до «Я» М.:1999 – Cтр.198.
5
Vanspankeren, Kathryn. Outline of American Literature – P.: Washington, 2006. – P.60-62.