Maxsus va inklyuziv ta’lim uchun samarali pedagogik texnologiyalar



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə33/50
tarix07.01.2024
ölçüsü0,52 Mb.
#206403
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50
Инклюзив педагогика

Ilmiy asoslash
Sinfdagi psixologik iqlim va uning o'quv samaradorligi va bilish ko'rsatkichlarga ta'siri bo'yicha ko'plab tadqiqotlar mavjud. Afsuski, men maxsus ta'lim ehtiyojlari mavjud bo'lgan o'quvchilarga bunday ta'sir ko'rsatish bo'yicha tadqiqot topa olmadim, ammo natijalar barcha guruh o`quvchilariga tegishli ekanligiga aminman.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan 11ta mamlakatda olib borilgan tadqiqot, sinfda ijobiy psixologik iqlimni yaratish o'qituvchining ish sifatining asosiy ko'rsatkichi ekanligini ko'rsatdi.
Gollandiyalik tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki,bolalarni tushunadigan, ularga yordam berishga tayyor, do'stona, uncha yetakchilik fazilatlarini ega bo`lmagan o'qituvchilar o'quvchilarga katta natijalarga erishishda yordam berishdi. O`quvchilar tomonidan ishonchsiz, norozi va qattiqqo`l deb qabul qilingan o'qituvchilarning ko'rsatkichlari esa yomonroq edi.
Avstraliyalik tadqiqot sinf muhitining bilish ko'rsatkichlarga ta'sirini, ya'ni o'quvchilarning o'z qobiliyatlarini qanday baholashini o'rganib chiqdi. Matematika darslarida 1055 o'rta maktab o'quvchilari savollarga javob berishdi va ta’sirni o'lchash uchun 10 balli shkala ishlatildi. O'quvchilarning ishtiyoqi, o'qituvchilar tomonidan qo'llab-quvvatlanishi, vazifalarni bajarishga yo'naltirilganligi, hamkorlik, o'quvchilarning umumiy javobgarligi va o`zaro muloqoti tekshirildi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, muhit bolalarning bilish ko'rsatkichlarga ijobiy ta'sir ko'rsatgan.
Yangi Zelandiyada o'tkazilgan tadqiqot sinfdagi psixologik iqlimning o'rta maktab ingliz tili darslarida o'quvchilarning motivatsiyasi bilan bog'liqligini ko'rib chiqdi. Psixologik iqlim besh o'lchov bilan o'lchandi: raqobat (o'quvchilar baholar uchun bir-biri bilan raqobatlashishi), tartib-intizom (qoidalar to'plamini o'rnatish va unga rioya qilish), o'qituvchi nazorati (qoidalarni yuklash) va o`quvchilar o'rtasidagi aloqalar (do'stlik va do'stona munosabat). Yuqorida tavsiflangan"Asosiy g'oya"bo`limida barcha maktablar sinfda qulay iqlimni shakllantirishning uchta asosiy omilini aniq ko'rsatdi.
Motivatsiya sinfdagi uchta xatti-harakatlar asosida baholandi:ishtirok etish, jalb etilish va vazifalarni bajarish. Natijalar shuni ko'rsatdiki, sinfdagi iqlim bu motivatsiya ko'rsatkichlari bilan bevosita bog'liq. Eng muhim omil o`quvchilarning (do'stlik va do'stona munosabatlari) edi.
1970 yilda nashr etilgan klassik tadqiqotda AQShning 80 ta boshlang'ich maktablari bo'yicha olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan bo'lib, ular "sinfda guruh ta'limi intizomi va boshqaruvi"kitobining asosini tashkil etdi.Tadqiqot sinfi har doim tartibda bo`lgan, harakatlarning buzilishi minimal,o`quvchilarni topshiriqlar bajarishga undaydigan o'qituvchiga "samarali menejer" deb ta'rif berdi. Shuningdek, intizomning buzilishiga o'qituvchilarning "samarali" va "samarasiz" javoban xatti-harakatlaridagi farq ahamiyatsiz ekanligi aniqlandi. Asosiy farq salbiy xatti-harakatlarning oldini olish qobiliyatidir. Bunga quyidagilar kiradi:

  1. "siz hamma narsani ko'rasiz": o'qituvchilar o'zlarining xatti-harakatlari bilan nima ko`rganligi va o`quvchilar nima bilan mashg`ulligini ko`rsatadilar;

  2. "faoliyatni birlashtirish": o'qituvchilar o'quvchilarning xatti-harakatlariga chalg`imasdan bir vaqtning o'zida bir nechta faoliyat bilan shug'ullanadilar;

  3. "darsni o'tkazish tezligini tanlash": o'qituvchilar darsni o'tkazish tezligini o'zgartirishdan foydalanadilar-uni bir tekisda olib boring, agar kerak bo'lsa, tezlikni oshiring;

  4. "guruhlarni o'zgartirish": o'qituvchilar butun sinfni bajarilgan vazifaga jalb qilishadi; va

  5. "rivojlantiruvchi vazifalari": o'qituvchilar o`quvchilarga turli xil rivojlantiruvchi vazifalarini berishadi.

Amaldagi yangi Zelandiya tadqiqot loyihasi "Kotahitanga" (birlik) Maori (yangi Zelandiyaning tub aholisi) o'quvchilari — o'rta maktab o'quvchilarining o'quv jarayonini yaxshilashga nima yordam bergani haqidagi tasavvurlarini o'rganadi. Eng muhimi, o'quvchilar va o'qituvchilaro'rtasidagi shaxsiy aloqa va sinf munosabatlarining sifati edi. Natijalar asosida to'rtta maktabda 11 o'qituvchidan iborat guruh foydalanilib, "samarali o'quv reglamenti" ishlab chiqildi. Natijada Maori o`quvchilari orasida bilish ko'rsatkichlari, xulq-atvori va davomatining yaxshilanishi qayd etildi.Bundan tashqari, Maori o`quvchilarining past ko'rsatkichlari uchun asosiy to'siq va omil o'qituvchilarning noto'g'ri qarashlari va past umidlari ekanligi ma'lum bo'ldi. Afsuski, tadqiqotda alohida ta'lim ehtiyojlariga ega bo'lgan o'quvchilar alohida guruhga ajratilmagan, garchi Maori o'quvchilarining guruh sifatida umumiy ko'rsatkichlari past bo'lsa-da, ularni maktabdan chetlashtirilish ehtimoli uch baravar ko'p va boshqa millat o`quvchilariga qaraganda yomonroq ko'rsatkichlari bilan maktabni tugatadilar (mos ravishda 19% ga nisbatan 38%).



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin