Министерство высшего и средне-специального образования республики узбекистан



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə26/39
tarix06.04.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#93881
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39
РБТ..маърузалар матни

GapHierit, yoki numeit, - murakkab va o’zgaruvchan kimyoviy tarkibli nikel silikati. Nikel miqdori 35% gacha. Tarkibidagi aralashmalarga qarab (magniy, alyuminiy i temir) yashil-sariq va to’q yashil rangli. Nikel silikatli rudalar tarkibiga kiradi.
Nikel asosan mis - nikelli rudalar konlaridan ajratib olinadi (umumiy qayta ishlanadigan nikelning 65%). Bu konlar rudalari tarkibiga kiradigan asosiy minerallar - pirrotin, pentlandit, xalg’kopirit, millerit, violarit, xamda platina, galenit, sfalerit, bopHit guruxlari minerallari. MDX xududida bu tarkibli rudalar kolsk yarim orolida va va Norilsk xududida joylashgan. Kanada 40 dan ortiq sulfidli mis - nikel rudalari qazib olinadi, ulardan eng yiriklari Falkonbridj, Kreyton, Frund, Linn-Leyk. Bu rudalar Janubiy Afrika, Avstraliya, Finlyandiya, SHvetsiya, Norvegiyava AQSHda qazib olinadi.sulfidli rudalarda nikel miqdori 0,3% dan 4 %gacha, kam misli rudalarda mis va nikel nisbati 0,5 dan 0,8 gacha, yuqori misli rudalarda esa 2 dan 4 gacha.Bu rudalarda mis va nikeldan tashqari kobalt, oltin, platina, palladiy, ruteniy, selen, tellur xam uchraydi.
Minerallar tuzilishi hususiyatlariga qarab sulfidli rudalar quyidagi turlarga bo’linadi:
- zarrador rudalar– sulfidli nikel rudalari orasida keng tarqalgan xisoblanadi. Bu rudalarda sulfidli minerallar serpentizlangan olivin va piroksen orasida joylashgan. Nikel, mis va kobalt nisbati 55 – 50:28 – 23:1ga teng.
- brekcha ko’rinishidagi rudalar boy sanoat rudalari turiga kiradi. Tog’ jinslarida miqdori 2%dan 25%gacha. Bu turdagi rudalar mayda zarrali sulfidli massaga tsementlangan serpentinit, fillit, tuffit, bo’laklaridan tashkil topgan bo’lib tarkibida 60-75% pirrotin, pentlandit i xalg’ko­pirit bo’ladi. Nikel, mis va kobalt nisbati — 56 : 22 : 1;
- butun sulfidli rudalar quyi qismida brekcha ko’rinishidagi rudalar bilan chambarchas bog’liq. Ular asosan pirrotin (60—80%), pentlandit i xalg’kopiritdan tashkil topgan bo’ladi. Pentlandit zarrachalari kattaligi 5-10mmga yetishi mumkin. Metamorfizm jarayonida bu rudalarda desulg’fidizatsiyava birlamchi sulfidlar oksidlanishi boradi, va natijada pirit, magnetit, siderit va violarit xosil bo’ladi. Nikel, mis va kobalt nisbati 35—25 : 17—14 : 1;

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin