Министерство высшего и средне-специального образования республики узбекистан



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə28/39
tarix06.04.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#93881
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39
РБТ..маърузалар матни

Nazorat savollari.
1) Nikelning asosiy xususiyatlari?
2) Nikel rudalari va minerallari?
3) Qaysi elementlapHi yo’ldosh elementlar deyishimiz mumkin?
Ma’ruza № 12.
Oltin rudalarini boyitish texnologiyasi
Reja:
1. Oltinning fizik-kimyoviy xossalari va qo’llanilishi
2. Oltinning minerallari va rudalari


Tayanch so’zlar: Oltin, Sulfidli minerallar, Temir oksidining, Oksidning qora pardalari, selektiv flotatsiya, zararli qo’shimchalar, yo’ldosh elementla, qattiq foydali qazilma, boyitish mahsulotlari


1. Oltin juda qadim zamonlardan beri odamzod tomonidan ishlatilib kelinadigan metallardandir. Oltin odamlar ibtidoiy bo’lib yashagan paytlarda ham mahlum bo’lib, uni daryo va ko’l suvlaridan yuvib olar edilar. Uning quyoshdek tovlanib, issig’u sovuqda turli tuman aralashma va eritmalarda o’zgarmay, erimay va o’z xususiyatini zarracha o’zgartirmay qola olishi, uning qadri qiymatini oshirib yubordi. Uning yer qobig’idagi miqdori 0,000001% xolos (10-5%). Yer yuzasining bir kilometr chuqurlikkacha boradigan tashqi pustlog’ida kamida 5000 000 000 (5 mlrd.) t. oltin bor. Oltinning solishtirma og’irligi 19,258 g/sm3.
Erish temperaturasi 1063 0S. Qaynash temperaturasi 2200 va 2598 0S. Oltin boshqa metallarga qaraganda yumshoq, shu sababdan undan 1/250000 dyuym yoki 1/1000 mm zar qog’oz (folg’ga) yasash mumkin. 1 gr oltinni salkam 3 km uzunlikka cho’zish mumkin.
Nodir metallar guruhiga oltin bilan bir qatorda palladiy, iridiy, osmiy, radiy va ruteniylar kiradi. Oltinning eng yaqin xususiyatini o’zida jamlagan, ammo havoda uzoq tursa oksidlanib, qorayib qoladigan, ayrim kislotalarda eriydigan kumush ishlab chiqarish va xalq xo’jaligida ishlatilishi jihatidan oltindan keyingi o’rinda turadi. Oltin o’zining o’zgarmas va nodir xususiyatlari bilan davlatlararo pul muomilasi o’pHida, valyuta sifatida keng ishlatiladi. Bundan tashqari u davlatlapHing jaxon banklaridagi boylik jamg’armalari sifatida undan foydalanib boylik orttirib daromad keltiruvchi vazifani ham bajaradi.
Davlatlararo tovar ayrboshlashda oltin birdan bir ishonchli muomala vositasidir.
Fan va sanoatda oltin (yuvelir) zargarlik, tish protezlash, miditsinada, kosmik laboratoriyada va stantsiya qurilmalarida qotishma-metall sifatida, o’tga va kislotaga chidamli asbob uskunalarda ishlatiladi.
Oltin-oltin rang, sariq, yengil bolg’alanuvchan, yumshoq metall, tomonlari markazlashgan kub shakl kristallik panjaraga ega, a= 4,0704 A, kumush ham yumshoq metall bo’lib, fakat ranggi kumushsimon ok, a=4,0772 A. Ularning fizik kimyoviy xususiyatlarining o’ta yaqinligidan, bir-biridan cheksiz eriy oladigan qotishmalar qatorini hosil qilish mumkin.
Oltin kimyoviy faol bo’lmagan element. Elektronga nisbatan olganda eng nodir metaldir. Hatto yuqori temperaturalarda ham kislorod, azot, vodorod va uglerod bilan kimyoviy reaktsiyaga kirishmaydi. Kimyoviy birikmalarda u bir va uch valentlidir. Ammo uning birikmalari uncha kuchli bo’lmay, tezda metall holiga qaytarila oladi. Suvli suyuk eritmalarda, masalan: Ai = Ai + ye; elektron potentsiali  = 1,686 va Ai = Ai + 3v reaktsiyasi uchun, elektron potentsiali;  = 1,506. SHuning uchun oltin ishqorlarda, kislotalarda (azot, sulg’fat, xlor, organik) erimaydi. Biroq oltin kislotalar aralashmasi: xlor bilan azot, sulg’fat bilan marganetsli, sulg’fat bilan azotlarda eriydi. «SHox arog’i» deb ataluvchi, bir hissa azot va 3 hissa xlor kislotasi aralashmasi, sulg’fat va marganets kislotasi, sulg’fat va azot kislotasi aralashmalarida eriy olishi mumkin. «SHox arog’i» eritmasida oltin quyidagi reaksiya bo’yicha eriydi:
Au + HNO3 + 4HCl = HAuCl4 + NO + 2H2 O
Bu eritma sekin–asta bug’lantirilsa oltin xlor vodorodi sariq kristallari cho’kmasi hosil bo’ladi: HAuCl4 x 3H2 O. SHuningdek, oltin Na va K sinil tuzlarida kislorod va havo yordamida eriydi:
2Au + 4KCN + H2 O + ½ O2 = 2KAu (CN)2 + 2KOH
Oltin oksidlari Au2O va Au2O3 quyidagi gidrooksidlapHi qizdirish yo’li bilan olinadi: AuOH va Au (OH) 2
AuO, yahni oltin ikki oksidi kulrang binafsha tusli kukun, 200 oS da elementar moddalarga parchalanib ketadi. Oltinning kislorodli birikmalari beqarordir. Ular tez parchalanib ketadilar. Oltinning bir valentli tuzlari ham beqaror, ular ham tez parchalanadi.
3Au+ = Au 3++ 2Au
Ular ammiak bilan kompleks hosil qiladilar: (AuCl , NH2; AuCl [2NH3] va h.k.) oltin sinal kompleks tuzlari beqaror va ular suvda yaxshi eriydilar: [Au(CN);
140-150 oS da xlorli havoda qizdirilgan oltin, oltin xloridi hosil qiladi. AuCl3 va 180-190 oS da AuCl hosil qiladi.
Oltin monogalogenadi turlicha tovlanuvchi sariq tusga bo’yaladi.
Oltin monoftoridi AuF faqat bug’ holida mavjud. Oltin tragalogenadi AuS - suvda eriydi. Oltin ftori AuF- zangori rangda, 500 oS da parchalanadi. Oltin xlor tuzlari AuCl – nina shaklidagi kristallar bo’lib kizil rangga egadir. Erish temperaturasi 288 oS.
Oltin brom tuzi AuBr - to’q ko’ng’ir rangli, suvda erimaydi. Qaliy bromli eritmada oltin brom tuzi hosil bo’ladi:
K[AuBr4 ]
Oltin yod AuI3 – tuzi to’q yashil, suvda erimaydi. Oddiy temperaturada oltin yod birikmasi AuI3 hosil bo’ladi. Oltin sinil kompleks tuzlari K[Au(CN)2]; Na[Au(CN)2]; Ca[Au(CN)2] suvda yaxshi eriydilar. Ular katta amaliy ahamiyatga egadirlar.
Tiomochevina eritmasida oltin erib tiokorbomid oltin tuzi hosil qiladi. Ammo bu reaksiyaning borishi uchun oksidlovchi bo’lishi shart. SHunda u AuCl∙2CS (NH2)2 – hosil qiladi.

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin