50
tekshirilishi lozim bo’lgan masala. Demak muammo bu shunday narsaki, uni biz
bilmaymiz, bu ilm-fan rivoji va jamiyat talabi bilan paydo bo’lgan.
Muammo bekordan paydo bo’lmaydi, ular hamisha ilgari olingan
natijalardan kelib chiqadi. Muammoni to’g’ri qo’yish, tadqiqot maqsadini aniqlash,
ilgarigi bilimdan muammoni keltirib chiqarish oson emas. Shu bilan birga odatda
ma'lum bilimlar muammo qo’yishga yetarli, ammo uni oxirigacha yechish uchun
yetarli emas. Muammoni yechish uchun ilmiy tadqiqot beradigan yangi bilimlar
zarur. Shunday qilib har qanday muammo o’zaro
ajralmas ikki elementning
bog’liqligidir. Nimanidir bilmasligimiz haqidagi ob'yektiv bilim va ilgari olingan
bilimni prinsipial yangicha qo’llash yangi qonuniyatni olish imkoni borligini faraz
qilish. Bunda bu yangi bilim amalda jamiyatga zarur ekanligi faraz qilinadi.
Muammoni qo’yishning uch etapini farq qilish lozim: muammoni izlash, xususan
muammoni qo’yish va muammoni yechish.
1.
Muammoni izlash. Ko’pincha ilmiy va texnikaviy muammolar yuzada
yotadi. Ularni izlash kerak emas. Paydo bo’ladigan qarama-qarshiliklarni bartaraf
qilish yo’llarini aniqlash va ularni yechishning yangi vositalarini topishda ularga
sotsial buyurtmalar keladi. Masalan, shunday muammolar qatoriga havoni
ifloslantirmaydigan energetik qurilma yaratish muammosi. O’ta aniq va ko’rinarli
bo’lmagan muammolar ham mavjud.
-Ko’pincha muammo «Teskaridan» paydo bo’ladi. Amaliy faoliyat,
natijasida teskari yoki keskin farq qiluvchi natijalar olinganida.
-Muammoni izlash va tanlab olishda ularning yechish uchun bo’lishi mumkin
bo’lgan natijalarini amaliyotning talablari quyidagilar bilan tasdiqlanadi.
-Ayni muammoni yechmasdan belgilangan yo’nalishda
texnikaning yanada
rivojlanishi mumkinmi?
-Mo’ljallangan tadqiqot texnikaga konkret nima beradi?
-
Belgilangan tadqiqot natijalari olinadigan yangi qonuniyat, ya'ni usul va
vosita ilm hamda texnikada mavjudidan ko’p amaliy bahoga erishishi mumkinmi?
2.
Muammoni qo’yish. Yuqorida eslatilganidek muammoni to’g’ri qo’yish,
ya'ni maqsadini aniq ifodalash, tadqiqot chegarasini aniqlash va shu bilan
tadqiqot ob'yektini belgilash oddiygina ish emas va har qaysi konkret hol
uchun individualdir.
Muammo qo’yishning ma'lum umumiyligiga ega bo’lgan quyidagi asosiy
«qoida» sini ko’rsatish mumkin.
a) ma'lumni noma’lumdan qat'iy ajratish. Muammoni qo’yish
uchun shu
sohadagi fan-texnikaning yutuqlarini mukammal bilish kerak, aks holda yanglishib
ilgari yechilgan muammoni qo’yib qo’yish mumkin.
b) noma'lumni cheklash, takomillashtirish. Noma'lumning va o’rganilishi
lozimning chegarasini aniq belgilash kerak.
51
v) yechishning aniq shartlarini aniqlash, bu degani muammolar tiplarini
aniqlash degani. Tadqiqotning umumiy usulini aniqlash va o’lchash aniqligi hamda
baholash masshtabini berish.
g) noaniqligining yoki variantlarning mavjudligiga, bu ilgarigini yangi
pog’onada takrorlashga yo’l qo’yadi.
3.
Muammoni yoyish. Ilmiy yoki ilmiy – texnikaviy muammoni bir karrali
akt sifatida ko’rish mumkin emas. Muammoning yechimi ko’pincha
uning
yoyilishi bilan mos keladi, ya'ni qo’shimcha savollarining paydo bo’lishi va
ifodalanishi bilan.Ular har qanday muammoning bog’lovchi, aniqlovchi
tugunlovchi punkti bo’lgan markaziy masala atrofida guruhlanadi.
Qo’shimcha savollarni yechish tadqiqotchining qo’liga markaziy masalaga
javob izlashda ma'lumotlar, faktlar beradi.
Qo’shimcha savollarni ma'lum darajada asosiy muammoning rejalariga
(aspektlariga ) o’xshatish mumkin, ya'ni tadqiqot ob'yektini yangi aloqalar bilan
o’rganish, yangi ob'yekt bilan yoki ob'yektni yangi sharoitda o’rganishga tenglash
mumkin.
Ilmiy muammoning markaziy savoli-muammoning har xil (asperaktlari)
jihatidan bog’langan o’ziga xos tugunidir. Ular ba'zi hollarda alohida tadqiqot
mavzusi sifatida ham ko’rilishi mumkin. Alohida
kichik muammo va mustaqil
muammo ko’rinishida ham.
Qishloq xo’jalik
mashinalarini energiya bilan ta'minlash qurilmalarini
tashxislash muammosini yoyishni ko’ramiz. Bu muammo qo’qqisdan paydo
bo’lgan emas, kattaroq ilmiy-texnikaviy muammodan o’sib chiqqan qishloq
xo’jalik
mashinasining ishlatish ishonarliligidan. Bu fundamental muammoning
jihatlaridan biri. Qishloq xo’jalik
texnikasiga texnik qarov berishga bo’lgan,
buning tarkibiga qishloq xo’jalik
texnikasining texnik holati nazorati va uning
murakkab agregatlaridan bo’lgan dvigateli muammolari kirgan.
Nima uchun nazorat savoli butun boshli tashxislashga o’sib ko’tariladi? Bu
savolga javob qiyinchilik tug’dirmaydi. Hamisha tez
aniq va ayniqsa mashinani
yoki uning qismlarini bo’laklashni talab qilmaydigan texnik holatini aniqlash va
uni tiklash uchun aralashish zaruriyati va usuli mavjudligi va nazorat vositasi
o’rtasida hamisha qarama-qarshilik ko’tariladi. Bu xizmat qiluvchi xodimlarning
yuqori malakali bo’lishini talab qiladi.
Qishloq xo’jalik
mashinalari parkining tez o’sish sharoitida agregatning
uzelini to’liq yoki qismini bo’laklab nosozligi sababini aniqlash qimmat, kam
unumli , hamisha mutaxassis yetishmasligiga olib keladi.
Bo’laklamasdan bilvosita tashxis quyish usuli
va vositalarining ishlab
chiqilishi tezda ko’pgina savollar tug’diradi, chunki bu simptomlarni texnik holati
yomonlashgan dvigatelning va uning uzellarining ishlashi xususiyati xarakterlarini
52
bilmasligimiz aniq bo’lib qoladi. Tashxislashning texnikgina emas, balki
tashkillashtirish iqtisodiy xarakterdagi muammoning qator jihatlari paydo bo’ladi,
masalan tashxislashning tebranma akkustik usulida dvigatel aloqa kanali sifatida
operatsiyalarni minimumlash va tashxislashni asboblar bilan jihozlash, texnik
qarovda tashxislashning o’rni va boshqalar.
Keltirilganlardan ko’rinadiki, bir muammo boshqasiga o’sib o’tadi va bu
muammolardan yangi va yangi savollar o’sib chiqayapti,
asosiy muammoning
jihatlari ko’payadi, bunda kattagina me’yorda uning yoyilishi yotadi.
Albatta tadqiqotchi ilgarigi va hozirgi davrda qilingan va qilinayotgan ishni
bilmasdan takrorlamasligi uchun ularni aniq bilishi shart. U adabiyotlarni va
boshqa ma'lumot manbalarini puxta o’rganish shart.
Dostları ilə paylaş: