X BOB STATIK NOANIQ MASALALAR Mavzu mazmuni. Mazkur bobda statik noaniq masalalar haqida umu miy tushunchalar beriladi. Statik noaniq sistemalarni hisoblashning keng tarqalgan usuli - kuchlar usuli rama va uzluksiz balkalar misolida batafsil tushuntiriladi. Binokorlikda shunday konstruksiyalar uchraydiki, ulam i hisoblash uchun,
y a’ni ichki kuchlarini aniqlash uchun statikaning muvozanat tenglamalari ki-
foya qilmaydi. Chunki ularda ortiqcha bog‘lanishlar mavjud bo‘lib, har bir
bog‘lanishda nom a’lum reaksiyalar vujudga keladi. N om a’lumlar sonini teng
lamalar soniga tenglashtirish uchun qo‘shimcha tenglamalar tuzish talab eti
ladi. Ana shunday sistemalar
statik noaniq sistemalar deb ataladi.
Bog'lanish deganda nuqtalar va kesim larning o ‘zaro qo‘zg‘alishiga
qarshilik kursatuvchi har qanday to ‘siq tushuniladi. «Ortiqcha» bog‘lanish
atamasi bogManishning keraksizligini emas, balki «keragidan ortiqcha» ekan
ligini anglatadi. Agar statik noaniq sistemadagi ortiqcha bogManishlar tash-
lab yuborilsa, u holda statik aniq, geometrik o ‘zgarmas sistema hosil boMadi.
Demak, ortiqcha bog‘lanishlar soni sistemaning
statik noaniqlik darajasini belgilar ekan. Sistemalar shartli ravishda tashqi va ichki statik noaniq siste
malarga ajratiladi. 10.1-rasmda tashqi, 10.2-rasmda ichki statik noaniq rama
tasvirlangan. Bularning farqiga yetish uchun har ikkala ramaning noma’lum
reaksiyalarini tahlil etamiz. 10.1-rasm, b-da oltita nom a’lum tayanch reaksi
yalari ko'rsatilgan. Shulardan uchtasi statikaning muvozanat tenglamalaridan
topilsa, qolgan uchtasi statika uchun «ortiqcha» bo‘lib qoladi. Ramaning В
va С tayanchlarini ortiqcha bogManish deb qabul qilib, ularni tashlab yubo-
10.1 Umumiy tushunchalar С