O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta


Butun tana mushaklari uchun mashqlar



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə45/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

9.1.4. Butun tana mushaklari uchun mashqlar

  1. Qo'l harakatlarini gavdaning oldinga (orqaga, yon tomonga) engashtirish va bir oyoqni oldinga (yon tomonga, orqaga bukib), keng qadam tashlash bilan bir vaqtda bajarish.

  2. Oldinga engashib, cho'qqayib qo'llarni oldinga (yuqoriga, orqaga) uzatish.

  3. Qo'llarni yuqoriga ko'targan holda oyoqlarni navbatma-navbat bukib va to'g'rilab gavdani aylanma harakatlantirish (gavda o'ng tomonga engashganda chap oyoq, chapga engashganda o'ng oyoq bukiladi).

  4. Tayanib yotish holatida qo'llarni bukib-yozish bilan bir vaqtda oyoqlarni ko'tarish va tushirish.

  5. Tana bilan to'lqinsimon harakatlar (harakat qo'llardan bosh- lanadi, keyin gavda va oyoqlar bilan davom ettiriladi) qilish.

  6. Chalqancha yotgan holatdan va orqaga engashib gimnastika devorchasiga orqa bilan turgan holatda sheriklari yordamida va mustaqil «ko'prikcha» mashqini bajarish.

  7. Gimnastika devorchasida orqa bilan osilib turgan holatda oyoqlarni ko'tarib, oyoq uchini unga tekkizish. Shuning o'zini oyoqlar bilan yuklar (to'ldirma to'p, qum to'la qopcha) ko'tarib bajarish.

  8. Tik turgancha bukilib orqa tomon bilan osilish holatidan (gimnastika devorchasida) oyoqlarni bukib va to'g'ri tutib, kerilib osilish holatiga o'tish; shuning o'zini oyoqlar bilan yuklar (to'ldirma to'p, qumli qopcha) ko'tarib bajarish.

  9. Butun tana mushaklarini bo'shashtirish mashqlari:

    1. yotgan holatdan butun tana mushaklarini bo'shashtirish;

    2. yotgan holatda tana mushaklarini maksimal taranglatib, keyinchalik bo'shashtirish;

d) bir guruh mushaklarni asta-sekin bo'shashtira borib, ayni vaqtda ikkinchilarini taranglatish.

  1. Qomatni shakllantiruvchi mashqlar (navbatdagi bo'limda yoritilgan).

9.2. Jismoniy tarbiyaning umumrivojlantiruvchi mashqlari yordamida yechiladigan ayrim vazifalar
Umumrivojlantiruvchi mashqlarga xos xususiyatlarni va ularning tasnifini o'rganib, bu mashqlarning ta'sirini va umumlashtiruvchi mashqlar orqali jismoniy tarbiyaning qanday vazifalari hal qili- nishini aniqlab olmoq zarur.


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin