Tilni bilib olish (masalan, rus, o‘zbek, ukrain va hokazo tillami bilib
olish) —shu tilning fonetikasini, lug‘at tarkibini va grammatik tuzilishini
bilib olish demakdir. Til va nutqning fonetika jihati Odam o‘z fikrlarini boshqalarga bildirmoq uchun shu fikrlarni seziladigan, ya’ni sezgi organlari orqali ta’sir qiladigan moddiy vositalarda ifodalashi lozim. Odam ovozini tovushlari va tovushlar birikmasi nutqining
mana shunday moddiy vositalaridir. Odamlar nutq orqali bir-birlari bilan muomala qilishda foydalanadigan tillarning hammasi tovush tilidir.
Odam nutqining tovushlari odatda fonemalar deb ataladi.
Bu tovushlarning alohida belgilari bor. Masalan, a fonemasining o‘z
belgilari, b fonemasining o‘z belgilari, sh fonemasining va hokazolarning
ham o‘z belgilari bor, biz shu belgilarga qarab, ayrim so’z lami fahmlaymiz. Bu belgilar, odatda, fonematik belgilar deb ataladi. Biz gapirayotganimizda, odatda, mimika va imo-ishoralardan foydalanamiz. Lekin mimika va imo-ishoralarni alohida til deb hisoblab bo‘lmaydi. Mimika va imo-ishoralar nutqning emotsional (hissiyot) tomonlarini ifodalab beradigan ixtiyorsiz harakatlardan iborat bo‘ladi, yoki gapiruvchi odam o‘z nutqining ayrim joylarini uqtirmoq, bo‘rttirib ko‘rsatmoq uchun atayin ixtiyoriy ravishda qiladigan harakatlaridan iborat bo‘ladi.
Ba’zan odamlar vaziyatga qarab, mimika va imo-ishoralardan nutqning qo'shimcha vositasi tariqasida foydalanadilar. Masalan: zarur jimlikni buzmay biror fikmi bildirmoq uchun yoki nutqni eshittirish qiyin bo‘lgan,
lekin o‘zi ko‘rinib turgan masofaga biror fikrni xabar qilmoq uchun mimika va imo-ishoralardan foydalaniladi. Lekin bu hollarda mimika va imoishoralar tovush tilining so’z va gaplarini ifodalovchi faqat belgi bo‘lib,
ayrim so’z lar va gaplarning o‘rnida ishlatiladi. Odamlarning imo-ishoralarini, mimikasini va pantomimikasini eslatuvchi xilma-xil harakatlarni biz hamisha hayvonlarda, ayniqsa, oliy hayvonlarda — maymunlarda ham borligini ko'ramiz. Biroq, hayvonlarning bu harakatlarini odamlarning imo-ishoralari, mimikasi bilan bir xildagi harakatlar deb hisoblash mumkin emas. Odamlar o‘zlarining imoishoralarida, mimikalarida va o‘zlarining ayrim tovush birikmalarida
o‘zlarining ichki his va tuyg‘ularini ifodalaydilar. Lekin, shu bilan bir
vaqtda, odam bu harakatlardan nutq elementlari tariqasida ham foydalanishi
mumkin, jumladan, odam shular orqali narsalaming ma’nosini ifodalanishi,
u yoki bu narsalami ko‘rsatishi, narsalami tasvirlab berishi mumkin.
Kar-soqov (gung) odamlar imo-ishora va mimikadan aloqa vositasi
tariqasida foydalanishga majburdirlar, chunki ular og‘zaki nutq tovushlarini
eshitmaydilar. Yozuv ham nutqning moddiy vositasidir. Lekin yozuv tilning qandaydir alohida turi emas, yozuv — tildan foydalanishning faqat alohida usulidir. Og‘zaki nutqda ham, yozma nutqda ham biz ayni bir tovush tilidan foydalanamiz.
Og‘zaki nutq eshitish organlari vositasi bilan idrok qildirishga mo‘ljalIangan
nutqdir. Yozma nutq esa harflarva belgilaryordami bilan tovushlami, so’z larni,
gaplarni ko‘z bilan idrok qildirishga mo‘ljallangan nutqdir.
Ko‘rlar uchun o‘ylab chiqarilgan maxsus yozuv (Brayl sistemasi) bor, u
muskul-teri sezgisi organlari yordami bilan idrok qildirishga moijallangan
nutq vositasidir. Bu yozuv ham tovush tili asosiga ko‘rilgan yozuvdir.
Kar-soqovlar (gunglar) ham o'qitish natijasida yozma nutqni bilib
oladilar, ular shu nutq vositasi bilan tovush tilining butun boyligini ham
bilib oladilar. Ular yozma nutqdan foydalanib, boshqa kishilar bilan to‘lato‘kis aloqa bog‘laydigan bo‘lib oladilar va hamma normal kishilar singari
kamol topaveradilar. Nutqning fonetika jihatini bilib olish ma’lum bir tildagi har bir tovushni va har bir so’z ni og’zaki nutqda to‘g‘ri aniq va ravshan qilib ayta olish
demakdir, yozma nutqda esa shu tildagi har bir so’z ni to‘g‘ri yozish demakdir.