Reja: Falsafa fanining mazmuni, funksiyalari va yangi soxalari


«Substansiya» tushunchasi ko‘plikda qo‘llanilishi mumkin emas



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə59/96
tarix07.01.2024
ölçüsü0,77 Mb.
#206200
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   96
1 mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Falsafiy (1)

«Substansiya» tushunchasi ko‘plikda qo‘llanilishi mumkin emas. Uning ko‘pligi g‘oyasi mazkur tushunchaning ta’rifiga zid, chunki mazkur maqomga da’vogar ikki yoki bir necha narsa mavjud bo‘lgan taqdirda, ularning birontasi ham substansiya hisoblanmaydi.
Alximiklar mazkur atamani ko‘plikda qo‘llab, «substansiyali shakllar», «substansiyaga xos sifatlar» to‘g‘risida so‘z yuritganda, unga qo‘pol fizik ma’no yuklaganlar. Ayni holda substansiya moddaga tenglashtirilgan. Ular substansiyaning xossa va shakllari o‘zgarmas, lekin tegishli ta’sirlar natijasida bir-biriga aylanishi mumkin, degan noto‘g‘ri xulosaga kelganlar.
Real va virtual borliq. Borliqning biz uchun mavjud qismi real borliq deyiladi. Real borliqni naqd borliq ham deyish mumkin. Ammo borliqning shunday qismi ham borki, uning bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin. Borliqning bunday qismi ehtimoliy mazmunga ega. U hali reallikdan uzoqda. Mana shunday mazmundagi borliq virtual (lot. virtuales - ehtimol) borliq deyiladi.
Tabiiy va ijtimoiy borliq. Tabiiy borliq deganda odatda atrofimizdagi jismoniy narsalar (jismlar), jarayonlar, tabiatning holatlari nazarda tutiladi. Tabiiy borliq ikki qismga ajraladi: birinchisi - azaliy tabiiy borliq, ya’ni tabiatning tabiiy borlig‘i. U insondan ilgari insonning ishtirokisiz mavjud bo‘lgan. Buni birlamchi tabiat deb ham atashadi; ikkinchisi - inson ishtiroki bilan vujudga kelgan narsalar (jismlar), hodisa va jarayonlarni o‘z ichiga oluvchi hosilaviy tabiiy borliq. Uni ikkilamchi tabiat deb ham atash mumkin.
Ikkilamchi tabiat doirasida borliqning quyidagi ko‘rinishlarini kuzatish mumkin:
- inson borlig‘i - insonning narsalar dunyosidagi borlig‘i va maxsus insoniy borliqdan iborat;
- ma’naviy borliq - individuallashgan va ob’ektivlashgan (individuallikdan tashqaridagi) ma’naviy borliqdan iborat;
- sotsial borliq - ayrim odamning jamiyatdagi va tarix jarayonidagi borlig‘i hamda jamiyatning borlig‘i - ijtimoiy borliq.
Olamda nimaiki mavjud bo‘lsa, ularning hammasi birgalikda keng ma’noda «yaxlit dunyo» ni tashkil etadi va uni ba’zan «haqiqiy borliq» deb ham atashadi. Forobiy barcha mav­jud narsalarning yig‘indisi dunyoni tashkil qiladi, «hamma narsaning umumiy jinsi olamdir» va «olamdan tashqarida hech nima yo‘qdir» deb hisoblagan. YAxlit holda butun dunyoning asosida nima yotadi? Bu savolga javob berishda faylasuflar turli xil konsepsiyalarda fikr Yuritishadi. Bu joyda asosan uch xil muhim konsepsiyani ko‘rsatish mumkin. Ularga monistik, dualistik va plYuralistik konsepsiyalar kiradi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin