Yuridik atamalar lug‘ati advokat — yuridik va jismoniy shaxslarga professional huquqiy yordam ko‘rsatuvchi fuqaro. Affekt


Safdan chiqish. Boshliq oldiga borish va safga turish



Yüklə 1,91 Mb.
səhifə17/32
tarix03.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#106581
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32
Guruh qo\'llanman

Safdan chiqish. Boshliq oldiga borish va safga turish

Harbiy xizmatchi safdan chiqish uchun «Oddiy askar To‘- rayev, safdan falon qadam oldinga chiq» yoki «Oddiy askar Karimov, oldimga kel (oldimga yugurib kel)» komandasi beriladi. O‘z familiyasini eshitgan xizmatchi «Men», safdan chiqish to‘g‘risida komanda berilganda «Xo‘p bo‘ladi», debjavob beradi. Birinchi komanda berilganda, harbiy xizmatchi shaxdam qadam bilan aytilgan masofaga chiqadi, bunda o‘z qadamini birinchi sherengadan boshlab sanaydi, to‘xtab, saf tomonga buriladi. Ikkinchi komanda bo‘yicha harbiy xizmatchi birinchi sherengadan to‘g‘ri bir qadam yurib, ketayotgan joydan boshliq tomonga buriladi, eng qisqa yo‘l orqali shaxdam qadam bilan (yugurib) uning oldiga boradi, unga ikki, uch qadam qolganda to‘xtab, yetib kelgani to‘g‘risida ma’lum qiladi. Masalan, «O‘rtoq leytenant, oddiy askar Xolmatov buyrug‘ingizga binoan yetib keldi».
Harbiy xizmatchi ikkinchi sherengadan chiqmoqchi bo‘lsa, chap qo‘lini sekin o‘zidan oldingi qatorda turgan harbiy xizmat- chining yelkasiga qo‘yadi, oldinda turgan harbiy xizmatchi oldinga chap oyog‘i bilan bir qadam tashlab, o‘ng oyog‘ini chap oyog‘i yoniga qo‘ymasdan o‘ng tomonga yana bir qadam tashlaydi, orqasidagi harbiy xizmatchini o‘tkazib yuborib, yana o‘z joyiga qaytib turadi. Birinchi sherengada turgan harbiy xizmatchi safdan chiqqan vaqtda uning o‘mini orqasida, ya’ni ikkinchi sherengada turgan harbiy xizmatchi egallaydi. Harbiy xizmatchi ikki, uch (to‘rt) nafar kolonnadan dastlab o‘ng (chap)ga bir qadam qo‘yib, eng yaqin qanotga chiqadi. Agar uning yonida boshqa bir harbiy xizmatchi turgan bo‘lsa, u o‘ng (chap) oyog‘i bilan bir qadam yonga tashlab, o‘ng (chap) oyog‘ini chap (o‘ng) oyog‘i yoniga qo‘ymay, u bilan orqaga bir qadam tashlaydi va safdan chiqa- yotgan harbiy xizmatchini o‘tkazib yuboradi.
Harbiy xizmatchi safga qaytish uchun «Oddiy askar To‘- rayev, safga tur» yoki faqat «Safga tur» komandasi beriladi. «Oddiy askar To‘rayev» komandasi berilgach, safga yuzlanib turgan harbiy xizmatchi o‘z familiyasini eshitishi bilan, «Men», deb javob beradi, «Safga tur» komandasi berilganda esa, agar u qurolsiz yoki «Orqaga» holatidagi quroli bilan bo‘lsa, o‘ng qo‘lini bosh kiyimiga taqab «Xo‘p bo‘ladi», deb javob beradi, so‘ngra harakat qilishi kerak bo‘lgan yo‘nalishga burilib, bir qadam yurish bilan qo‘lini tushiradi, eng yaqin yo‘ldan safdagi o‘zjoyiga borib turadi. Agar, «Safga tur» komandasi berilsa, harbiy xizmatchi oldindan boshlig‘i tomon burilmay, safga qaytadi.
Harbiy xizmatchi safga turmagan vaqtda, boshliqning yoniga borayotib, 5—6 qadam qolganda, shaxdam qadam tashlay boshlaydi, ikki, uch qadam berida to‘xtaydi, shu vaqtning o‘zida o‘ng qo‘lini bosh kiyimiga taqab, yetib kelganini ma’lum qiladi. Ma’lum qilgach, qo‘lini tushiradi.
Boshliqning yonidan ketishda harbiy xizmatchi ruxsat olgach, o‘ng qo‘lini bosh kiyimiga taqab, «Xo‘p bo‘ladi» deydi, harakat qilishi kerak bo‘lgan yo‘nalishga burilib, bir qadam bosishi bilan qo‘lini tushiradi va uch-to‘rt shaxdam qadam tashlagandan so‘ng oddiy qadam bilan yurib ketadi. Boshliq harbiy xizmatchiga safga turish uchun komanda, ketish uchun ruxsat berayotib, qo‘lini bosh kiyimga qadaydi va tushiradi.


  1. Yüklə 1,91 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin