Ishni bajarish tartibi
1.Talabalar
o`qituvchi
tomonidan
berilgan
yuqoridagi
amaliy
mashg`ulotdagi kinematik sxemelardagi ma`lumotlar asosida 1 ta mexatronik
yuritma uchun kerakli quvvatni hisoblab, elektrodvigatelni tanlab oladi.
261
2.Talaba bajargan ishlari bo`yicha o`qituvchiga yozma hisobot tayyorlab
topshiradi.
Takrorlash uchun savollar
1.
Mextronik yuritmalarni energetik hisoblashda qanaqa ishlar bajariladi?
2.
Ilgarilanma va aylanma harakatda yuritma quvvati qanday aniqlanadi?
3.
Elektrdvigatelning nominal quvvati qanday hisoblanadi?
4.
Yuritmaning umumiy F.I.K. hisoblash formulasi?
AMALIY MASHG`ULOT №8
Mexatronika gidravlik yuritmalarini hisoblash
Mashg`ulot maqsadi:
Talabalarda mexatronik gidravlik yuritmalari uchun
kerakli parametrlarni aniqlash amaliy ko`nimalarni shakllantirish.
Nazariy ma`lumotlar
Gidrotsilindr
– hajmiy gidroyuritma toifasiga kirib, suyuqlik oqimi
gidravlik energiyasini mexanik energiyasiga o`zgartiradi va chiqish zvenosi (shtok,
plunjer, porshen)ni ilgarilanma-qaytarma harakatga keltiradi.
262
8.1-rasm.
Bir tomonlama shtokli gidrotsilindr
1-shtok; 2-oldingi qopqoq; 3-gilza; 4-porshen’; 5-gayka; 6-orqadagi qopqoq; 7-
chiqindini tozalovchi; 8-shtok manjeti; 9-shtokni yo`naltiruvchi xalqa; 10-porshen
manjeti; 11-rezina xalqa; 12-porshenni yo`naltiruvchi xalqa.
8.2-rasm. Gidrotsilindrning shtok va porshen bo`shlig`i
Gidravlik silindrdagi porshenning ishlash printsipi.
Gidrotsilindr
bo`shlig`iga kelgan suyuqlik porshen yuzasiga ta’sir qiladi. Porshen va gilza,
porshen va shtok orasidagi chirqishlardan suyuqlik oqib o`tmasligini zichlagichlar
ta`minlaydi. Porshen suyuqlik energiyasi ta`sirida gilza ichki yuzasi bo`ylab
harakatlanadi, shunday qilib, gidravlik energiya mexanikka aylanadi. Porshen
gidrotsilindrni 2 qismga: shtok va porshen bo`lig`iga bo`ladi (8.2-rasm).
|