Zbekiston respublikasi


-rasm. Gidroyuritmaning ish printsipi sxemasi



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

3.2.1-rasm. Gidroyuritmaning ish printsipi sxemasi 
Chiqish zvenosining harakat turiga qarab gidroyuritmalar quyidagilarga 
bo`linadi: 

gidrotsilindrlar (ilgarilanma-qaytarma harakat); 

gidromotorlar(aylanma harakat) ; 

gidrodvigatellar (zvenoni ma`lum burchakka aylantirish). 
Afzillaklari: 
1.
Kompakt o`lchamlarga ega bo`lishiga qaramay katta quvvatlarni hosil 
qilish. Gidroyuritma o`lchami teng bo`lgan pnevnoyuritmaga nisbatan 25 marta ko`p 
quvvat hosil qiladi. Shuning uchun 500-1000 Vt va undan katta quvvatlarda 
samarador massagabarit xususiyatlarga ega; 
2.
Gidroyuritma va nasos stantsiyasi orasi katta bo`lishi mumkin 
(maksimal masofa 250-300 m); 
3.
Katta kuch hosil qilishda juda kam vaqt ketadi
4.
Silliq rostlash imkoniyati; 
5.
Katta ishlatish temperaturasi -50 dan +100
0
C gacha. Lekin shuni 


165 
narsani esda tutish kerakki, kichik temperaturalarda moyning qovushqoqligi oshadi, 
bu moy harakatini qiyinlashtiradi va sekinlashtiradi, katta temperatularda esa – moy 
qovushqoqligi kamayib, tirqishlardan oqib ketishi mumkin. 
6.
Katta F.I.K.ka ega, lekin elektrmexanik yuritmaga nisbatan past. 
Kamchiliklari: 
1.
Katta bosim va temperaturalarda ishchi suyuqlikning tirqishlardan 
chiqib ketishi oshadi; 
2.
Yuritmaning narxi yuqori va unga xizmat ko`rsatish ham qimmatroq; 
3.
Ishlashi uchun nasos kerak. 
4.
Chiqish zvenosi harakatlanganda ham, harakat to`xtaganda ham 
energiya talab qilinadi
5.
Ishining aniqligini kuzatish qiyin, buning uchun qo`shimcha qurilma 
kerak. 
Gidroyuritmalar elektr yoki pnevmatik yuritmalarga nisbatan murakkab va 
qimmatdir. Lekin 500-1000 Vt va undan katta quvvatlarda yaxshi massagabarit 
xususiyatlariga ega bo`lganligi va ularni boshqarish oson bo`lganligi uchun asosan 
og`ir va o`rta og`ir MT yuritmalari bo`lib xizmat qiladi.
Gidrotsilindr
– hajmiy gidroyuritma toifasiga kirib, suyuqlik oqimi 
gidravlik energiyasini mexanik energiyasiga o`zgartiradi va chiqish zvenosini 
(shtok, plunjer, porshen) ilgarilanma-qaytarma harakatga keltiradi.
Shtok holati bo`yicha: 

ikki pozitsiyali; 

ko`p pozitsiyaliga bo`linadi. 
Ishchi suyuqlik ta`sir yo`nalishi bo`yicha: 

bir tomonlama harakatlanadigan; 

ikki tomonlama harakatlanadigan. 
Ishchi zvenosi turi bo`yicha: 

membranali; 

silfonli;


166 

porshenli (plunjerli); 
o
bir tomonlama shtokli; 
o
ikki tomonlama shtokli. 

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin