165
narsani esda tutish kerakki, kichik temperaturalarda moyning qovushqoqligi oshadi,
bu moy harakatini qiyinlashtiradi va sekinlashtiradi, katta temperatularda esa – moy
qovushqoqligi kamayib, tirqishlardan oqib ketishi mumkin.
6.
Katta F.I.K.ka ega, lekin elektrmexanik yuritmaga nisbatan past.
Kamchiliklari:
1.
Katta bosim va temperaturalarda ishchi
suyuqlikning tirqishlardan
chiqib ketishi oshadi;
2.
Yuritmaning narxi yuqori va unga xizmat ko`rsatish ham qimmatroq;
3.
Ishlashi uchun nasos kerak.
4.
Chiqish zvenosi harakatlanganda ham, harakat to`xtaganda ham
energiya
talab qilinadi;
5.
Ishining aniqligini kuzatish qiyin, buning uchun qo`shimcha
qurilma
kerak.
Gidroyuritmalar elektr yoki pnevmatik yuritmalarga nisbatan murakkab va
qimmatdir. Lekin 500-1000 Vt va undan katta quvvatlarda yaxshi massagabarit
xususiyatlariga ega bo`lganligi va ularni boshqarish oson bo`lganligi uchun asosan
og`ir va o`rta og`ir MT yuritmalari bo`lib xizmat qiladi.
Gidrotsilindr
– hajmiy
gidroyuritma toifasiga kirib, suyuqlik oqimi
gidravlik energiyasini mexanik energiyasiga o`zgartiradi
va chiqish zvenosini
(shtok, plunjer, porshen) ilgarilanma-qaytarma harakatga keltiradi.
Shtok holati bo`yicha:
•
ikki pozitsiyali;
•
ko`p pozitsiyaliga bo`linadi.
Ishchi suyuqlik ta`sir yo`nalishi bo`yicha:
•
bir tomonlama harakatlanadigan;
•
ikki tomonlama harakatlanadigan.
Ishchi zvenosi turi bo`yicha:
•
membranali;
•
silfonli;