173
Ishlash aniqligiga qarab ikki pozitsiyali va ko`p pozitsiyalilarga bo`linadi.
Oxirgi konstruktsiyalarga pozitsionerlar ishlatiladi.
Porshenli pnevmatik yuritmalar.
Ular
katta diapazonda asosiy
parametrlarga ega: porshen
diametri:
2,5 - 320,0 mm; ishchi yurish o`lchami: 1 -
2000 mm; hosil qiladigan kuchi: 2 - 50 000 N; chiqish zvenosining harakat tezligi:
0,02 - 1,50 m/s.
3.2.12-rasm. 3D-
formatdagi
pnevmatik porshenli
silindr qirqimi
3.2.13-rasm. Dinamik
pnevmomotor sxemasi
1- stupitsa; 2- kurak; 3-
pnevmomotor kuraklari
bo`lgan aylana; 4-soplo
3.2.14-rasm. Plastinali
aylantiruvchi
pnevmodvigatel
1-plastina; 2-chiqish vali;
3-silindrik ichki yuza;
4-korpus; 5-cheklovki
Funktsional imkoniyatlariga asosan ular bir tomonlama amal qiladigan va
ikki tomonlama harakat qiladigan pnevmotsilindrlarga bo`linadi:
Bir tomonlama amal qiladigan pnevmotsilindrlarda
qisilgan havo ishchi
organning bir tomonlama
harakatlanishi uchun beriladi,
teskari harakat silindr
ichida o`rnatilgan va porshenga mahkamlangan prujina bikrligi hisobidan amalga
oshiriladi.
Bunday pnevmotsilindrlar (3.2.15-rasm) asosan himoyalash armaturalarida
(yopuvchi klapanlarda) va vitalkivatellarda, qisish qurilmalarida (зажимные
устройства) ishlatiladi.