g‘ildirak kanallaridagi tezlikning notekisligi katta ta’sir qiladi. Ish g‘ildiragi
kanallaridagi tezlikning notekisligini ko‘z oldimizga keltirish uchun kanal tamom yopiq
bo‘lganda (2.7-rasm, a) va qisman yopiq bo‘lgandagi (2,7-rasm, b) harakatni ko‘z
oldimizga keltiramiz. Birinchi holda kanalda suyuqlik g‘ildirak aylanishiga teskari
yo‘nalishda sirkulyasion harakat qiladi. Ikkinchi holda kanalning botiq devorida harakat
oqimcha shaklida bo‘lib, qavariq devorida uyurmali harakat paydo bo‘ladi. Natijada
qavariq devor tomondan bosim kamayib, kavitasiya hodisasini vujudga keltiradi.
Kavitasiya natijasida gidravlik yo‘qotish ko'payib ketadi. Nasoslarda energiyaning
umumiy yo‘qotilishi foydali ish koeffisienti yordamida hisoblanish mumkin.
Umumiy FIK mexanik, hajmiy va gidravlik foydali ish koeffisientlarining
ko‘paytmasiga teng:
Dostları ilə paylaş: