X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

1-guruh:
Yengil to‘ldiriladigan o‘yinchoq (tovuq, qo‘g‘irchoq 
may mun cha, pingvin, o‘rdakcha, kuchukcha, filcha, quyoncha, ayiq-
cha, xo‘tikcha, jirafa).
2-guruh:
Qo‘g‘irchoq teatri uchun qo‘g‘irchoq (cho‘chqacha, ku-
chuk cha, ayiqcha, maymuncha, qo‘g‘irchoq, mushuk, sim sixga o‘rna-
til gan o‘yinchoq, buratino, tulki va boshqalar).
O‘yinchoqlarni yasash bolalarning fikrlash qobiliyatini rivoj-
lantiradi, sa viya sini kengaytiradi, ijodiyotga qiziqishini tar bi yalaydi. 
Ular o‘z 
lari yasagan o‘yinchoqlarga o‘zlarining ajo 
yib-g‘aroyib 
istaklarini, mu hab batlarini, mehnatlarini sarfl aydilar. Shunung uchun 
ularning meh natlarini qadrlash va meh nat qilishga qiziqtirish lozim. 
Bu esa ular da maqsadga inti luvchanlik, tashabbuskorlik, tirishqoqlik, 
o‘zaro yor 
dam berish, mehnatsevarlik, e’tiborlilik, batartiblikni 
tarbiyalaydi. 


114
Savollar:
1. O‘yinchoq qanday predmet?
2. Qanday gazlama turlarini bilasiz?
3. Andoza nimadan tayyorlanadi?
4. O‘yinchoqlar nechta usulda tayyorlanadi?
Mavzu: Loyihalashtirish va modellashtirish 
darslarini tashkil etish metodikasi
Texnik modellash mashg‘ulotlarida namuna rasm va chizmalar 
berilgan o‘lcham konstruktor jamlanmasining detallari yoki turli 
mate riallarni qo‘llab og‘zaki tasvirlash bo‘yicha texnik o‘yin choqlar, 
mo dellar va maketlar tayyorlash nazarda tutiladi. Bu mashg‘ulotlarda 
o‘quv chilar texnik o‘yinchoqlar va modellarni ish latib namoyish 
qilish lari, ularni boshqarishlari, shuningdek, namoyish jarayonida 
kons truksiyaning detal va qismlari nomini aytishlari, ularning nimaga 
mo‘l jallanganligini bilishlari kerak. Mashg‘ulotning bu turi o‘quv chi-
larda konstruktor-texnik tafak kurni, mustaqil rejalashtirish va o‘ylab 
qo‘ yi lgan texnik buyum (kema, avtomashina, samolyot, raketa va shu 
kabilar) modelini amaliy bajara olish ko‘nikmalarini o‘stirishda juda 
muhim o‘rin tutadi. 
Modellash obyektlari ijtimoiy foydali yo‘nalishga ega bo‘lishi, 
ta’lim jarayonini ko‘rgazmali qurollar bilan jihozlashga yordam beri-
shi kerak. O‘qituvchi chizmachilikka doir ishlarni asta-sekin ki ritib 
bora di.Texnik modellashda metall konstruktor bilan ishlash katta aha-
miyatga ega. 1-sinfdagi texnik modellash bo‘yicha ishni bajarish jara-
yonida:
1. O‘quvchilar mashina, uning modeli va maketi haqida tasav vurga 
ega bo‘ladilar;
2. Qo‘l asboblari va moslamalarning tuzilishi bilan tanishadilar, 
chun ki ularning har ikkalasi bir izchilikka asos qilib olingan;
3. Qo‘l asboblarining tuzilishi va nimalarga mo‘ljallanganligini 
bilishi bolalarning politexnik bilim doiralarini kengaytiradi;
4. O‘quvchilar avval o‘qituvchi yordamida, so‘ngra mustaqil tarzda
modelni ko‘ra bilishlari: ularning xususiyatlarini, ayrim qismlarini, 
qismlar o‘lchovining bir-biriga munosabatlarini ajrata bilishlari;


115
5. Modelni tayyorlash uchun qanday material zarurligini aniq lay 
olishlari;
6. Ish joyini jihozlashlari;
7. Belgilash, o‘lchash, ishlov berish, montaj va pardozlash bosqich-
larini bajarishlari;
8. Modelni sozlash va boshqarishni bilishlari lozim;
9. O‘zini-o‘zi nazorat qilish va o‘z mehnatini hisobga olishlari ke rak.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin