X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Ish joyini to‘g‘ri tashkil etish: 
O‘qituvchi stolning ustiga dasturxon 
yozib, o‘ng tomoniga qaychi, yelim uchun cho‘tka, chizg‘ich, qalam, 
o‘chirg‘ich joylashtiradi. O‘quvchining old tomoniga yelim, qiyqimlar 
uchun quticha va sochiq joylashtiriladi. O‘quvchining chap tomoniga, 
ish vaqtida halaqit bermaydigan qilib rangli qog‘oz to‘plami, qog‘oz 
to‘plami va kerakli materiallar joylashtiriladi.
Sanitariya-gigiyena talablari: 
O‘quvchi ish stolida ishlayot-
ganda kiyimlarini kir qilmaslik uchun maxsus ish fartuklari va yenglar 
kiyib olinadi. Ish qurollaridan foydalanishda har bir asbobni yoki ish 
qurolini tartib bilan ishlatishni, ya’ni bitta ish qurolidan foydalanib 
bo‘lib o‘z joyiga qo‘yib, keyin ikkinchisini qo‘lga olish talab etiladi. 
Bunda o‘quvchini ish stoli batartib bo‘ladi. Ish vaqtida o‘quvchi 
qo‘lini kiyimlariga, boshiga, yuziga tekkizmaslik, zarur bo‘lganda 
qo‘lini sochiqqa artib keyin qo‘lini harakatlantirishi mumkin. Ishni 


120
tugatgandan so‘ng ish qurollari va asboblarini o‘z g‘ilof yoki idishlariga 
solib tartib bilan sumkasiga yoki maxsus javonga joylashtirib qo‘yishi 
kerak.
To‘g‘ri o‘tirish qoidalari: 
O‘quvchilar ish vaqtida to‘g‘ri o‘tirish 
qoidalariga amal qilishlari kerak. Har bir asbob yoki ish qurolidan 
foydalanayotgan vaqtida qo‘llarni keskin harakat lantirmaslik, o‘rni-
dan turmaslik, orqasiga qaramaslik, yoniga o‘girilmaslik, o‘r tog‘ iga 
gapir maslik kerak. Ish vaqtida gavdani to‘g‘ri tutish, bir tomonga qiy-
shaymaslik, oyoqlarini to‘g‘ri joylashtirish, qo‘llarni stol ustida hara-
katlantirish, asbob va ish qurollarni gavdasiga yaqin olib kelmaslik, 
ish stolida to‘g‘ri o‘tirish kerak. Shunda o‘quvchi charchab yoki to li-
qib qolmaydi.
Ustaxonadagi asbob-uskunalar.
O‘quvchilar ustaxonada ishlayot-
gan larida har xil asboblar va moslamalardan foyda lanishadi. Qay chi, 
qa lam, chizg‘ich, igna, angishvona, yelim, yelim cho‘tkasi, bi giz, tag-
lik taxtachalar, pichoq, gazlama, rangli qog‘oz to‘plami, plas tilin, turli 
urug‘lar, barglar, mato bo‘laklari, karton to‘plami, sochiq, chiqindilar 
uchun quticha, stol ustiga klyonka.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin