141
Modullarni buklashdan oldin, rangli
qog‘ozni kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchaklar
shaklida kesish kerak. Agar siz kerakli
o‘lchamdagi stiker (maxsus o‘lchamdagi)
qog’ozlarni ishlatsangiz bunga hojat yo‘q
albatta.
Eslatma:
Hamma modullarni oldindan
tayyorlash shart emas. Ularni ish
jarayonida ham tayyorlasangiz bo‘ladi
,bunda shakllarni, ranglarni miqdorini
o‘zgartirishingiz mumkin.
Mavzu: Qog‘oz va kartondan turli ko‘rgazmali
materiallarni tayyorlash texnologiyasi
REJA
1. Kartondan “Telefon” ko‘rgazmali qurolini tayyorlash texno lo-
gi yasi
2. Kartondan “Olmali daraxt” ko‘rgazmali qurolini
tayyorlash tex-
no logiyasi
3.Kartondan “O’yla, izla, top” ko‘rgazmali qurolini tayyorlash
tex no logiyasi
O‘quv mashg‘ulotning maqsadi:
Talabalarga karton va uning tur-
lari haqida ma‘lumot berish va kartondan ko‘rgazmali qurollar tay-
yorlash texnologiyasini o‘rgatish
Ta’lim usullari: “Aqliy hujum”,
amaliy ish, taqdimot
Ta’lim vositalari: karton qog‘ozi, turli rangli qog‘oz, chizg‘ich,
qaychi, qalam, flamaster, skoch, serkul, bolt.
Ko‘rgazmalar:
Metodik qo‘llanmalar,
slaydlar, turli rasmlar, kar-
ton dan yasalgan ko‘rgazmali quroldan namunalar(“Telefon”, “Olmali
daraxt”, “O‘yla, izla, top”)
142
Pedagogik vazifalar:
• Talabalarning kartondan yasaladigan ko‘rgazmali qurollar haqi-
dagi bilimlarini aniqlash;
• Ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish bo‘yicha ma’lumotlar berish;
• Karton qog‘ozi va uning turlari
haqida tushunchalar berish;
• Kartondan turli ko‘rgazmali qurollarni tayyorlash va ulardan
foydalanish haqida tasavvurlarini shakllantirish
• Kartondan “Telefon”
, “Olmali daraxt”, “O‘yla, izla, top” ko‘rgaz -
ma li qurollarini tayyorlash texnologiyasini o‘rgatish.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarni bilimlarini aniqlash
va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum”
metodi asosida
savollar beriladi.
1. Kartondan ko‘rgazmali qurol tayyorlash uchun
ish joyini tashkil
qilish fanday amalga oshiriladi?
1. Nima uchun darslarda ko‘rgazmali qurollardan foydalanish
maqsadga muvofiq ekanligi aytiladi?
2. Yana qanday ko‘rgazmali qurollarni bilasiz?
3. O‘z qo‘limiz bilan qanday ko‘rgazmali qurollarni tayyor lashimiz
mumkin?
4. Ko‘rgazmali qurolni tayyorlash o‘quvchilarning qaysi tomon-
larini rivojlantiradi va takomillashtiradi?
5. Kartondan tayyorlanadigan yana qanday ko‘rgazmali qurollarni
bilasiz?
6. Ko‘rgazmali qurol turlari va ulardan foydalanish yo‘llari?
7. Kartondan ko‘rgazmali qurol tayyorlash uchun ish joyini tashkil
qilish qanday amalga oshiriladi?
8. Karton qog‘ozi deb qanday qog‘ozga aytiladi?
9. Kartonning xususiyatlari qanday?
10. Kartonning qanday turlari mavjud?
Ko‘rgazmali qurollardan boshlang‘ich sinflarning barcha fanlarida
qo‘llaniladi. Ko‘rgazmali qurollar darslarni samarali tashkil etishga va
o‘quvchilarni egallanayotgan bilimlarni mustahkam egallashga yordam
berdi.
Ko‘rgazmali qurollarni tayyorlashni o‘quvchilarning o‘zlari
ham bajarish mumkin. Bu egallagan bilimlarni mustahkamlashga yor-
dam beradi.