X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015


“Telefon” ko‘rgazmali qurolini yasash texnologiyasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

“Telefon” ko‘rgazmali qurolini yasash texnologiyasi
1. 30x44 sm o‘lchamdagi karton qog‘ozi olinadi.
2. Karton qog‘ozini usti oq yoki boshqa rangli qog‘oz bilan muqo-
va lanadi.
3. Boshqa rangdagi karton olinib, 30x10 sm o‘lchamdagi telefon 
trub kasi shaklida qirqib olinadi.
4. Tayyor asos kartonning yo‘qori qismiga telefon trubkasi shak-
lidagi karton yelimlanadi va buklab qo‘yiladi. 
5. Asos kartonning o‘rtasi aniqlanadi va qalam yordamida belgilab 
qo‘yiladi.
6. Yana boshqa karton olininb, unga sirkul yordamida chiziladi va 
qirqib olinadi.
7. Doira teng 8 ta bo‘lakka bo‘lib chizib olinadi.
8. Har bir bo‘lak o‘rtasiga kichik doirachalar chizib va qirqib oli-
nadi. Har bir doira orasidagi masofa bir xil bo‘lishi kerak.


144
Katta doirani kartonning o‘rtasiga bolt yordamida 
mahkamlanadi.
9. Doira ichidagi kichik doirachalarning shakli kartonga chiziladi. 
Ch
i zilgan doira ichiga lotin alifbosidagi harflar soat strelkasiga teskari 
ravishda 4-5 tadan joylashtiriladi.
10. Chizilgan doirachalarning bittasi bir xil rangga bo‘yab qo‘ yi-
ladi.
11. 
Doiralardagi harflar telefon raqamiga o‘xshatib terilib so‘z lar 
ho sil qilinadi.
12. Bitta doira to‘g‘risiga rangli qog‘ozdan strelka yelimlab qo‘-
yi ladi.
13. Hosil bo‘lgan so‘zlarning rasmlari strelka ko‘rsatgan doira 
to‘g‘ risiga yopishtiriladi.
 
14. Har bir doira to‘g‘risiga rasmlar yopishtirib bo‘lgandan so‘ng 
rasm larning nomlari telefon trubka shaklidagi karton tagiga yozib 
qo‘yiladi.
15. Ko‘rgazmaning doirasi aylantirib tekshirib ko‘riladi, xato va 
kamchiliklar to‘g‘rilanadi.
Kartondan «Olmali daraxt
» 
ko‘rgazmali 
qurolini tayyorlash texnologiyasi
1. 30x44 sm o‘lchamdagi karton qog‘ozi olinadi.
2. Karton qog‘ozining usti oq qog‘oz bilan muqovalanadi.
3. Kartonning yuqori va pastki qismidan bir-biriga to‘g‘ri qilib 8 ta 
teshik belgilanadi va nina yordamida teshib chiqiladi.
4. Ochilgan teshiklardan nina yordamida qalinroq ip o‘tkaziladi 
va kartonning orqa tomonidan iplar bir-biriga bog‘lab qo‘yiladi. Ip 
teshiklardan bemalol harakatlanishi kerak.
5. Boshqa kartondan olma shakllari qirqib olinadi va shakllarga 
rangli qog‘oz yopishtiriladi.
6. Qirqib olingan olma shakllari iplarga bittadan yelimlab chiqiladi 
va orqa tomoniga oq qog‘ozdan yopishtiriladi.
7. Olma shakllarini yelimlashda ipning tuguni kartonning pastki 
qismida joylashgan bo‘lishi kerak. Olma shakllarini esa kartonning 
yuqori qismidan yelimlanadi.


145
8. Kartondan katta savat shakli chizib qirqib olinadi va unga ranglar 
yordamida ishlov beriladi.
9. Tayyor bo‘lgan savatcha asos kartonning pastki qismiga chetlarini 
yelimlab yopishtiriladi. Iplar o‘tgan joyi yelimlanmaydi.
10. Iplarni harakatlantirganda olma shakllari yerga va savat chaga 
tushishi kerak.
11. Olma shaklining orqa tomoniga, ya’ni oq qog‘ozlar ustiga har 
xil misollar, mashqlar va topshiriqlar yozib qo‘yish mumkin.
12. O‘quvchi ipni harakatlantirganda olma shakli savatchaga tush-
di. 
13. O‘quvchi shu olma shakli orqasidagi topshiriqni yozadi.
“Olmali daraxt” ko‘rgazmali qurolidan boshlang‘ich sinf barcha 
darslari jarayonida qo‘llaniladi.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin