144
Katta doirani kartonning o‘rtasiga bolt yordamida
mahkamlanadi.
9. Doira ichidagi kichik doirachalarning shakli kartonga chiziladi.
Ch
i zilgan doira ichiga lotin alifbosidagi harflar soat strelkasiga teskari
ravishda 4-5 tadan joylashtiriladi.
10. Chizilgan doirachalarning bittasi bir xil rangga bo‘yab qo‘ yi-
ladi.
11.
Doiralardagi harflar telefon raqamiga o‘xshatib terilib so‘z lar
ho sil qilinadi.
12. Bitta doira to‘g‘risiga rangli qog‘ozdan strelka yelimlab qo‘-
yi ladi.
13. Hosil bo‘lgan so‘zlarning rasmlari strelka ko‘rsatgan doira
to‘g‘ risiga yopishtiriladi.
14. Har bir doira to‘g‘risiga rasmlar yopishtirib bo‘lgandan so‘ng
rasm larning nomlari telefon trubka shaklidagi karton tagiga yozib
qo‘yiladi.
15. Ko‘rgazmaning doirasi aylantirib tekshirib ko‘riladi,
xato va
kamchiliklar to‘g‘rilanadi.
Kartondan «Olmali daraxt
»
ko‘rgazmali
qurolini tayyorlash texnologiyasi
1. 30x44 sm o‘lchamdagi karton qog‘ozi olinadi.
2. Karton qog‘ozining usti oq qog‘oz bilan muqovalanadi.
3. Kartonning yuqori va pastki qismidan bir-biriga to‘g‘ri qilib 8 ta
teshik belgilanadi va nina yordamida teshib chiqiladi.
4. Ochilgan teshiklardan nina yordamida qalinroq ip o‘tkaziladi
va kartonning orqa tomonidan iplar bir-biriga bog‘lab qo‘yiladi. Ip
teshiklardan bemalol harakatlanishi kerak.
5. Boshqa kartondan olma shakllari qirqib olinadi va shakllarga
rangli qog‘oz yopishtiriladi.
6. Qirqib olingan olma shakllari iplarga
bittadan yelimlab chiqiladi
va orqa tomoniga oq qog‘ozdan yopishtiriladi.
7. Olma shakllarini yelimlashda ipning tuguni kartonning pastki
qismida joylashgan bo‘lishi kerak. Olma shakllarini esa kartonning
yuqori qismidan yelimlanadi.
145
8. Kartondan katta savat shakli chizib qirqib olinadi va unga ranglar
yordamida ishlov beriladi.
9. Tayyor bo‘lgan savatcha asos kartonning pastki qismiga chetlarini
yelimlab yopishtiriladi. Iplar o‘tgan joyi yelimlanmaydi.
10. Iplarni harakatlantirganda olma shakllari yerga va savat chaga
tushishi kerak.
11.
Olma shaklining orqa tomoniga, ya’ni oq qog‘ozlar ustiga har
xil
misollar, mashqlar va topshiriqlar yozib qo‘yish mumkin.
12. O‘quvchi ipni harakatlantirganda olma shakli savatchaga tush-
di.
13. O‘quvchi shu olma shakli orqasidagi topshiriqni yozadi.
“Olmali daraxt” ko‘rgazmali qurolidan boshlang‘ich sinf
barcha
darslari jarayonida qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: